Jane Grey(Lady Jane Grey,1537— 12-fevral 1554), 1553-yil 25-maydan boshlab Jane Dudley bilan nikohda boʻlgan — 1553-yil 10-dan 19-iyulgacha Angliyaning tojsiz qirolichasi, xalq tili bilan aytganda „toʻqqiz kunlik qirolicha“. Qirol Henry VII ning evarasi, Suffolk gersogining qizi protestant muhitida oʻsgan va oʻz davri uchun juda yaxshi maʼlumotga ega boʻlgan. Qirol Edward VI hayotligi davomida u taxt vorisi nomzodlari qatorida toʻrtinchida turardi va taxtga oʻtirishni faqat xayolida tasavvur qilishi mumkin edi holos: qirolning vorisi uning oʻsmir opasi Mary edi. 1553- yilda Noyib Jhon Dadlining talabiga binoan, Jane bu nikohga qarshi boʻlganiga qaramay, uning oʻgʻli Guilford Dadliga turmushga chiqdi. Biroq, 1553-yil iyun oyida jiddiy kasal bilan ogʻrigan Edward va Jhon Dadli katolik Maryni merosdan chetlatishdi va oʻn olti yoshli protestant Janeni voris qilib oldilar. Edward vafotidan keyin u Londonda qirolicha deb eʼlon qilindi va Mary esa Sharqiy Angliya qurolli qoʻzgʻoloniga rahbalik qildi. Toʻqqiz kun oʻtgach, Maxfiy kengash, kuch nisbatlarini baholab, Janeni taxtdan qulatdi va unga Maryni chaqirdi. Jane Gray va uning eri minorada qamalib, xiyonat uchun oʻlimga hukm qilingan va yetti oy oʻtgach boshidan judo qilingan.

Jane Greyning fojeasi ingliz madaniyatida tarixdagi haqiqiy mohiyatiga nisbatan juda yuqori oʻrinni egalladi. Ushbu tafovutning kelib chiqishi oʻsha yillar va keyingi voqealarning siyosiy muhitiga yashiringan. Maʼlumki, afsona qatldan soʻng darhol shakllana boshladi: „Qonxoʻr Mary“ () quvgʻin qilgan protestantlari uchun Jane ingliz aksil-islohotining birinchi qurboni hisoblanar edi. Maryning vorisi, uning ota bir singlisi, oʻzining protestant eʼtiqodiga qaramay, bir-biri bilan dushman munosabatda boʻlgan katolik va reformistlarni yarashtirish yoʻlida sobitqadam Elizabeth davrida, Jane tarixi diniy maʼruzalari, shuningdek „yuksak“ oqsuyaklar adabiyoti va xalq asotirlari doirasida mustahkam oʻrin oldi. XVI-XVII asrlarda ommabop boʻlgan shahidlik va sevgi mavzulari vaqt oʻtishi bilan ikkinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi: XIX asrning koʻplab asarlarida Jane Grey Viktoriya davri ayolining mukammal idealidir. Uning shaxsiyati xaqidagi tarixiy dalillar kam va faqatgina uning uning ustozlari va xorijiy diplomatlarining yozishmalaridangina maʼlum. Hayotligi davridagi chizilgan birorta ishonchli portreti saqlanib qlmagan; uning tashqi koʻrinishini goʻyoki holisona tasvirlab bergan yagona "dalil " XX asr boshidagi soxta rasm hisoblanadi.

Kelib chiqishi

Thumb|Oila daraxti, Tudorlar sulolasi

1485-yildan 1603-yilgacha Angliyani boshqargan Tudor sulolasida odamlar siyrak edi. Ayniqsa oʻgʻil bolalar kam uchrardi. Sulola asoschisi Henry VII (1457-1509) ning uchta qonuniy oʻgʻillari boʻlgan, ulardan Uels shahzodasi Artur (1486-1502) oʻn besh yoshida va kenja Edmund (1499-1500), erta bolalikda vafot etgan. Toj tirik qolgan yagona oʻgʻil Genrix VIII ga (1491-1547) meros boʻldi. Uning opasi Margarita (1489-1541) Shotlandiya qirolichasi, singlisi Mariya (1496-1533) — Fransiyaning qisqa vaqtli qirolichasi: uning birinchi eri Lyudovik XII toʻydan uch oy oʻtgach vafot etdi.

Tarix keyinga avlodda yana takrorlandi. 1991-yil 1-oktabrdabuyuk Britaniya boshchiligidagi hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi federal hukumat tuzildi. Margarita avlodidan faqat James Vning oʻgʻli (1512-1542) va ikkinchi nikohidan qizi Margarita Duglas (1515-1578) omon qoldi. Shotlandiya, Tudor ipining bir necha avlodlari XVII asrning boshlariga qadar Angliya toji uchun kurashda magʻlub qilindi. Angliyaga qaytib kelgan va Charlz Brandonga ikkinchi marta turmushga chiqqan Maryning (Henry VII ning qizi) avlodidan ikki qiz voyaga yetgan: Eleanor (1519-1547) va Frensis (1517-1559) — Jane Greyning onasi. Erkak merosxoʻrlarning yoʻqligi 1553-yildagi sulolaviy inqirozga olib keldi va Janeni yoʻq qildi.

Tashqi koʻrinishi jozibali Frensis Brandon, qirolning nabirasi va nufuzli amaldorning qizi, hasadgoʻy kelin emas edi. Brendonlar boshqa Tudorlarga qaraganda koʻp farzandli edi (1533-yilda Frensisning 7 opa-ukasi boʻlgan) shuning uchun kuyovlar na meros uchun va na boylik uchun kurashishmasdi. Charlz Brandon oʻz davrining eng yorqin kuyoviga qizini berishga qodir emas edi; buning oʻrniga u graf Arundel qizi bilan unashtirilgan Henri Grey, Dorset markizini mish mishlar orqali ularning unashtiruvni buzdi. 1533-yilda oʻn besh yoshli Frensis va oʻn olti yoshli Henri Grayga turmushga chiqdi; Brandon qiziga hadya puli berishni istamasligi yoki bera olmaganligi tufayli shohning oʻzi tomonidan toʻlangan. Ular oilasida tugʻilgan Caterine (1540—1568) va Mary Grayni (1545—1578) keksaygunga qadar tugʻilishini kutishdi.

Oʻsmir qirol Edward VI Angliya taxtidagi Tudor oilasining uchinchi va oxirgi erkagi edi. Uning boshqaruvi davrida Henry VIII haqida taxt vorisligi qonuni va uning 1546-yilda tugatilishi taxt vorisligi tartibi amal qildi. Edwardga uning singlisi Mary va uning ortidan Elizabeth, uchunchi navbatda Frensisning tugʻilmagan oʻgʻillari yoki nabiralari, ularning ortidan esa Eleonor Kliffordning 1547-yilda vafot etgan avlodlari voris edi. Ushbu sxemada Jane Grey nafaqat boshqaruvchi Qirolicha balki qirolicha onasi ham boʻlolmasdi, lekin boshqaruvchi- qirol oʻgʻli ostida noib boʻlish mumkinligi haqida xayoliy imkoniyatga ega edi. Edwardning oʻz farzandlarining paydo boʻlishi bilan ular taxt vorislariga aylanardi shuningdek, opa-singillar va uzoq qarindoshlarning vorislikka turish navbatlari amaliy maʼnosini yoʻqotardi. Biroq, Edward oʻn besh yoshida vafot etdi va hayotining soʻnggi oylaridagi voqealar zanjiri „toʻqqiz kunlik qirolicha“ Jane Greyni taxtga yetaklab keldi.

Taʼlim right|thumb|200x200px|Bradgeyt Xaus. XIX asrda „ijodiy tiklangan“ Janening tugʻilgan sanasi va joyi nomaʼlum., u 1537-yil oktyabr oyida bradgeyt xausLeysester yaqinidagi otasining ov qal`asida tugʻilgan, boʻlajak Qirol Edward bilan bir oyda va hayotning oʻn ettinchi yilida vafot etgan. Erik Ives va Leanda De Lylening fikriga koʻra, Jane Stranddagi London Dorset uyida 1537-yilning bahorida tugʻilgan. Stiven Edwardsning soʻzlariga koʻra, Jane 1536-yilning ikkinchi yarmida ham tugʻilgan boʻlishi mumkin.

Bredgeytda saqlanib qolgan „Jane Grey minorasi“ (1990-yil 1-oktyabrda Nyu-York shahri (1990-yil 1-oktyabrda tashkil etilgan) tarxan Jane bilan aloqador emas: Jane unib oʻsgan asosiy uyi butunlay qayta tiklangan va XVIII asrda yongʻinda yoʻq qilingan. 1545-yilda uning taʼlimi bilan Kembridj bitiruvchisi Djon Elmer shugʻullangani haqidagi maʼlumotdan boshqa uning bolaligi haqida maʼlumotlar saqlanib qolmagan. left|thumb|200x200px|Sadli qal’asi-Tomas Seymurning mulki, Katerina Parrning vafot etgan joyi. Henry VIII vafotidan bir necha kun oʻtgach, Thomas Seymur oʻz uyida Greyga uning qizini tarbiyalashni taklif qildi. Ijtimoiy mavqei boʻyicha teng yoki katta oilalarda bolalarni tarbiyalash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga olardi: bola aloqa va dunyoviy hayot tajribasini oʻrganadi, oʻqituvchilar oʻzining nikoh rejalarini tashkil qilish imkoniyatga ega boʻladilar: ota — onalar vafot etgan taqdirda-ularning merosi oʻqituvchi ulushi boʻladi; ota-onalar, bu ulush hisobidan oʻqituvchilardan pul olardi.

1547- yil yanvar oyida uylanmagan Seymour beva qirolicha Katerina Parrning qoʻlini soʻramoqchi boʻldi. Grey buni qatʼiy rad etganidan keyin Seymour Edvard VIga Jane Greyni turmushga berish rejasini oshkor qildi va Greydan buning uchun ikki ming funt talab qildi. Bir hafta oʻylagan Grey bunga rozi boʻldi va va Jane bir yarim yil Seymour va Parrning uyiga koʻchib oʻtdi. Seymourning yana bir oʻquvchisi boʻlgan oʻn toʻrt yoshli Elizabeth bilan uchrashishib yurgani, Grey va Seymouning munosabatlariga taʼsir qilmadi. Henry Grey qizini 1548-yil sentyabr oyida Katerina Parr vafotidan keyin qaytarishga harakat qildi, ammo Seymour qizni oʻzi bilan birga olib qolishga muvaffaq boʻldi: uni ustidan nazorat qilish eng muhim siyosiy aktiv edi. Janening oʻzi, saqlanib qolgan yozishmalarga koʻra, Seymuour uyining erkin rejimini ota uyining qattiq qoidalaridan koʻra afzal koʻrgan.

1549-yil yanvarda maxfiy kengash Thomas Seymourni davlat toʻntarishida ayblab uni hibsga oldi. Qulagan admiralning eng yaqin ittifoqchisi sifatida Henry Grey, beshta soʻroqdan keyin regent Edward Seymour oʻgʻliga qizini berish vaʼdasi bilan erkinlik sotib oldi. Yozda Edward Seymour ham hibsga olindi, Henry Grey yangi regent jon Dadli partiyasiga muvaffaqiyatli qoʻshildi va saroyda foydali lavozimlarga ega boʻldi. Jane saroyga taqdim etildi, saroy marosimlarida bir necha bor ishtirok etdi, lekin koʻp vaqtini otasining yerlarida oʻtkazdi. Yozuvchi-gumanist Rodger Ashem Janening ota- onasi ovga ketishganida Bredgeyt Xausga 1550-yil avgustda tashrif buyurgan, Jane qadimgi yunon „Fedon“ ni oʻqiyotganda uning oldiga kirib qoldi. Ashemning soʻzlariga koʻra, qiz ota-onasining uyida yashab, har qanday aybi uchun qattiq jazolardan shikoyat qilgan. Megan Hikkerson va Elison Ploudenning fikriga koʻra, Ashemning hikoyasi nafaqat aqlli balki gʻazabli kibr tabiatlilikga guvohlik beradi.

Oʻn toʻrt yoshida Jane kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini yoʻqotdi: endi u kiyim-kechak va musiqa bilan koʻproq band edi. Jhon Elmer bir necha bor Syurix ilohiyotchisi Henry Bullingerdan Janega taniqli malika Elizabethning koʻrinishi va xatti-harakatlarini namuna qilib undan oʻrnak olishi kerakliligini miyyasiga quyib berishini soʻradi. Ehtimol, nasihat ish berdi: Elmerning soʻzlariga koʻra, Jane malika Mary sovgʻa qilgan qimmatbaxo taqinchoqlarni taqib yurishni toʻxtatdi.

Shaxsiyati Janening taʼlimiga oid koʻplab dalillar saqlanib qolgan, ammo guvohlarning noaniqligi tufayli uning taʼlim darajasi va isteʼdodini ob’ektiv baholash qiyin. Ashem, uni Elizabethdan intellektual jihatdan ustun ekanini taʼkidladi, Fox esa Eduard VI ga qaraganda koʻproq isteʼdodli deb hisoblagan. Aniq maʼlumki, Jane 14 yoshlarida lotin yozuvini mukammal bilgan ammo, qadimgi yozuvda yoza olmagan. James Taylorning Jane sakkiz tilda, shu jumladan xaldey va arab tillarida gaplasha oganligi haqidagi fikrlari tarixchilar tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi.

Janening qamalda yozilgan keng maktublari uning asosan Muqaddas Yozuvlarni va Apokrifani mukammal bilimidan dalolat beradi: u oʻrta asr mualliflari singari xotirada saqlangan Bibliyadagi iqtiboslar tilida yozgan.Devid Starki va Leanda De Lylening soʻzlariga koʻra, Jane Grayning asl tasviri Levin Teerlinkning yel universiteti yigʻilishidagi miniatur ishlarida koʻrsatilgan. Starkning fikriga koʻra, koʻkrakdagi toʻgʻnogʻich 1553-yil 14-iyulda Jane ixtiyorida xazinaga topshirilgan narsalardan biridir. Toʻgʻnogʻich eman shoxlari va gullar bilan bezatilgan. Taxminlarga koʻra, bu Guilford Dadlining shaxsiy emblemasi dala chinnigullari. Erik Ivesning soʻzlariga koʻra, miniatyurada chizikgan gullar chinnigullar emas, balki ertagullar, A° XVIII yozuvi esa 17 yoshga toʻlmay vafot etgan Janega tegishli emas.

Turmushi right|thumb|179x179px| Jhon Dadli, Nortumberlend gertsogi, lord prezident va 1550-yil yanvardan 1553-yil 19-iyulgacha diktator boʻlgan. 1553-yil fevral oyida qirol Edward ogʻir kasal bilan kasal boʻlib qoldi. Aprel oyida, Edwardning tuzalishi ehtimoli shubhasiz boʻlganida, Henry Gray va noib Jhon Dadli, Elizabeth Parr vositachiligida, Jane Greyni regentning kenja oʻgʻli Guildford bilan unashtiruvi toʻgʻrisida shartnoma tuzdilar. Boʻlib oʻtgan unashuvning birinchi asosi 24-aprel sanasi: shu kuni Dadlining xizmatkorlari kelin va qaynilarning uylariga toʻy sovgʻalarini yetkazib berishdi. Bundan keyin Henry Grey oʻrtancha qizini Pembrok grafining toʻngʻich oʻgʻliga unashtirdi. Qoʻshaloq toʻy 21-may kuni Whitsunda boʻlib oʻtdi.

Toʻqqiz kun left|thumb|300x300px| London Traueri.