Georgia Marie Stanway (1999-yil 3-yanvarda tugʻilgan) - ingliz futbolchisi, Frauen-Bundesliga klubi "Bavariya" va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. U shuningdek, turli yoshlar toifasida Angliya terma jamoasida oʻynagan.
2016-yildaStanway BBC tomonidan yilning eng yaxshi yosh sportchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2017- yilda u PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2018-yil iyun oyida u UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2019-yilda yana bir bor PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi.
Yoshlik yillari Stanway Barrou-in-Furnessda tugʻilgan, ammo futbol oʻynash orzusini amalga oshirish uchun 16 yoshida koʻchib ketgan. U Alan Shirerni oʻziga kumir qilib oʻsgan va "Nyukasl Yunayted" ga muhlislik qiladi.
Klubdagi faoliyati
Blackburn Rovers Stanway oʻz faoliyatini Blackburn Roversda boshlagan va u yerda yoshlar jamoasida oʻynagan oxir-oqibat Angliya Premer-ligasida kattalar jamoasiga qoʻshilgan.
Manchester City left|thumb| Stanway 2017-18-yilgi Chempionlar ligasida "Manchester City" safida toʻp surgan. 2015-yilning 18-iyulida Stanway «Manchester City» ga borib qoʻshildi. 29-iyul kuni Stenvey "Manchester City" safida Qit'a kubogida " Dyurem " ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qildi. 27-avgust kuni u "Everton"ga qarshi oʻyinda (2:0) ilk golini kiritdi. U oʻzining birinchi mavsumini klubning Rising Star mukofoti bilan yakunladi. 2016-yilda u Nissan tomonidan "Mavsumning eng yaxshi goli" sovrinini qoʻlga kiritdi. 2017-yilning yanvarida u klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klubning 2017-18-yilgi mavsumdagi oʻyinlari uni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi jamoasi nomiga sazvor qildi. Keyingi mavsumda Stanway PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi mukofotiga sazovor boʻldi.
2019-yil 17-noyabrda Stanway “Vest Xem United” ga qarshi ligada 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita sariq kartochka oldi bu oʻz oʻzidan qizil kartochkaga olib keldi va u maydondan chetlashtirildi, lekin qizil kartochka olishdan oldin ikkita gol urishga ulgurgan edi. U 2020/21-yilgi mavsumni Aston Villaga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etish bilan boshladi.
2021-22-yilgi mavsumdagi birinchi Manchester derbisida Stanway 35-daqiqada Lea Galtonga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, “Manchester City” 2:2 hisobida durang qayd etdi. Stanway 2021-yil dekabrida FA WSLda oyning eng yaxshi goli sovrinini qoʻlga kiritdi. right|thumb| Stenvey(oq) 2019-yilda Angliya terma jamoasi safida
Yoshlar jamoasi 2016-yilda Stanway 17 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasini 2016-yilgi Yevroda uchinchi oʻrinni egallab, Jahon chempionatiga yoʻllanma olishiga yordam berdi. 2018-yilda Stanway Angliyaning 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati musobaqasida muhim rol oʻynadi. Stanway olti marta gol urdi ("Oltin butsa" sohibi Patricia Guijarro bilan bir xil, ammo Patricia golli uzatmalarda Stanwayni ortda qoldirgan) Angliya uchinchi oʻrinni egalladi.
Terma jamoa Stanway 2018-yilning 8-noyabrida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) Angliya termasidagi ilk golini debyut uchrashuvida urdi Stanway ikkinchi xalqaro golini 2019-yil sentabr oyida Norvegiyaga 2:1 hisobida ga'laba qozonilgan uchrashuvda kiritdi 2021-yil 27-may kuni Stanway 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga kechiktirilgan Buyuk Britaniya ayollar olimpiya terma jamoasining beshta hujumchisidan biri sifatida tanlangani e’lon qilindi.
Faoliyat statistikasi +Mavsumda koʻrsatilgan statistikaKlubSeasonLigaFA KubogiLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBlackburn Rovers2014WPL Northern56————56Manchester City2015WSL 131002100—522016104312110—166201750000020—702017–18145104372—26102018–19WSL1911326220—30152019–20134104021—2052020–21215204063103482021–2292001000—102Umumiy94321032372061014848Karyerada umumiy99381032372061015354
Yil Angliya Buyuk BritaniyaOʻyinGolOʻyinGol 2018 2 1 colspan=2 2019 14 1 colspan=2 2020 3 0 colspan=2 2021-yil 7 2 4 0 2022 5 4 colspan=2 Jami 31 8 4 0
Xalqaro maydonda kiritlgan gollar +Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 8-noyabr BSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, AvstriyaAvstriya 2–0 3–0 Doʻstona 2 2019-yil 3 sentabr Brann Stadion, Bergen, Norvegiya Norvegiya 1–0 1–2 Doʻstona 3 2021-yil 26 oktabr "Daugava" stadioni, Riga, Latviya Latviya 9–0 10–0 2023 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 4 2021-yil 30-noyabr Keepmoat stadioni, Donkaster, Angliya Latviya 10–0 20–0 5 2022-yil 8-aprel Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya Shimoliy Makedoniya 5–0 10–0 6 8–0 7 2022-yil 12-aprel Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 4–0 5–0 8 5–0
Yutuqlari Manchester City
FA Ayollar Superligasi : 2016-yil FA Ayollar Ligasi kubogi : 2016, 2018–19, 2021–22 Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi : 2016–17, 2018–19, 2019–20
Angliya U17
17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchinchi oʻrin: 2016
Angliya U20
FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2018
Angliya terma jamoasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati : toʻrtinchi oʻrin 2019 SheBelieves kubogi : 2019 Arnold Klark kubogi : 2022
Shaxsiy yutuqlari
UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionat ramziy jamoa a'zori: 2016-yil FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush butsasi: 2018 PFA yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi : 2018–19
Manbalar
Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari