Anna Petra Sofia Johansson (oldin Larsson ; 1988-yil 30-sentabrda tugʻilgan) — Sobiq shvetsiyalik mahoratli futbolchi, yarim himoyachi ampulasida terma jamoa va futbol klublarida faoliyat yurtigan. U ilgari Linköping klubida oʻynagan va 2012-13-qishgi mavsumda u Avstraliyaning W-Liga jamoasi Melburn Victory" jamaosi bilan shartnoma imzolab uning sharafini himoya qilgan.
Klubdagi karyerasi 2016-yil noyabr oyida Johansson Avstraliyada oʻtkazgan omadli bir yillik futbol faoliyatini yakunlaganidan Eskilstuna Unitet jamoasi bilan shartnomaga erishdi va ommaviy axborot vositalarida oʻz klubiga qaytganini eʼlon qildi, shu vaqt ichida u turmushga chiqdi va familiyasini Larssondan oʻzgartirdi oradan vaqt oʻtib u qizi Norahni dunyoga keltirdi.
Xalqaro karyera Johansson terma jamoadagi debyutini 2009-yilning 19-avgustida Enköpingda Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) oʻtkazgan. Johanssonni milliy terma jamoa murabbiyi Tomas Dennerbining UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 uchun terma jamoasiga, tovonidan jarohat olgan Nilla Fisherni oʻrniga roʻyhatga qoʻshgan.
Besh yillik tanaffusdan soʻng, Johansson 2015-yil oktabr oyida Daniya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda terma jamoa safiga qaytdi. Keyingi oy u oʻzining shaxsiy hayotiga koʻproq eʼtibor qaratish uchun 27 yoshida futbol bilan xayrlashi va butsalarini mixga osdi. Bu qaror Johanssonni 2016-yilgi UEFA ayollar olimpiya saralash turniri uchun terma jamoaga chaqirishni rejalashtirayotgan milliy terma jamoa murabbiyi Pia Sundxageni hafsalasi pir qildi.
Manbalar
Havolalar
Shvetsiya futbol assotsatsiyasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar