Yahyo Qurbonmurodovich Imomov (1989-yil 24-dekabrda tugʻilgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumani, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 81 kg vazn toifasida ishtirok etadi. XXX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati gʻolibi, dzyudo boʻyicha Gran-pri va “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi va sovrindori.

Sport faoliyati Imomov Yahyo 2012-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda (Oʻzbekiston) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 81 kilogramm vazn toifasida yarim finalda Koreya Respublikasi boʻlajak chempion Kim Je Bomga yutqazib qoʻygandi. Keyinchalik Imamov taskin beruvchi raundda qozogʻistonlik dzyudochi Islom Bozbayevni magʻlub etib, qit’aning bronza medalini qoʻlga kiritadi. Imomov Londonda boʻlib oʻtgan (Buyuk Britaniya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 81 kg vazn toifasida 1/16 finalda Kim Chje Bom bilan boʻlgan bellashuvda imkoniyatni boy berdi. U Moskvada (Rossiya) boʻlib oʻtgan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirda finalda rossiyalik dzyudochi Murat Xabachirovga magʻlub boʻlib, kumush medal olishga sazovor boʻladi.

U 2013-yilda Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida 81 kg vazn toifasida finalda gruziyalik dzyudochi Avtandil Chrikishvilini magʻlub etadi. Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 81 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik Takonori Nagasaga yutqazib, kumush medal sohibi boʻladi. Soʻng u Abu-Dabi (BAA)dagi Gran-prida bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Yahyo Imomov 2014-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda oʻtkazilgan Gran-prida finalda yunonlik dzyudochi Roman Mustopulosga (hozirgi Vedat Albayrak) imkoniyatni boy bergan edi. 2015-yilda Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha Gran-prida birinchi oʻrinni egallagan, 2016-yilda Toshkentdagi bellashuvda unga yana omad kulib boqadi. Imomov 2017-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda oʻtkazilgan Gran-pri musobaqasida u bor-yoʻgʻi bronza medalini olishga muvaffaq boʻladi.

Manbalar

Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar