Charos Qayumova (tugʻ. 1999-yil 1-iyul) — oʻzbekistonlik taekvondochi, 53 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2021-yilgi Osiyo chempioni, 2022-yilgi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida chempioni.

Faoliyati 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u ayollar oʻrtasida 57 kg gacha vazn toifasida chiqish qilgan. U birinchi uchrashuvida gʻalaba qozondi, keyin esa keyingi bahsda Tailand sportchi Vipawan Siripornpermsakga imkoniyatni boy berdi. Oʻsha yili Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati gʻolibi boʻldihttps://sports.uz/oz/news/view/Taekvondo-Charos-Qayumova-Fransiya-ochiq-chempionati-golibi-boldi-17-11-2018.

2019-yilda Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi, ammo magʻlub boʻldi. Oʻsha yili Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 53 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://web.archive.org/web/20191112134942/https://results.wuhan2019mwg.cn/file/RESULTS-7th%20CISM%20Military%20World%20Games-%E6%80%BB%E6%88%90%E7%BB%A9%E5%86%8C.pdf. Keyin birinchi davrada „Katta Dubulgʻa“ turnirda magʻlub boʻldihttps://sports.uz/oz/news/view/katta-dubulga-charos-qayumova-turkiyalik-raqibasiga-yutqazib-qoydi-19-12-2019.

2021-yilda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos Qayumova 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida Xitoy Respublikasi sportchi Su Po-yani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://uzreport.news/sports/charos-kayumova-stala-chempionkoy-azii. 2022-yilda Eronda „Fajr Open“ xalqaro musobaqasi 53 kg gacha vazn toifasida Charos Qayumova finalga qadar etib bordi va eronlik taekvondochi Nahid Kiyanichandehga 6:7 hisobida yutqazib qoʻyib, kumush medal sohibasiga aylandi.

2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Charos 53 kg gacha vazn toifasida final bahsida eronlik sportchi Nahid Kiyanchandehni yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritdihttps://olympic.uz/oz/news/2910.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston taekvondochilari Turkum:2018-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:Osiyo oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sovrindorlar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar