„Oʻzbegim“, toʻliq nomi Oʻzbegim: Sheʼrlar — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2005-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi lotin yozuvida 10 ming nusxada chop etilgan.
Toʻplamga shoirning 1953-yildan 1996-yilgacha yozilgan sheʼrlari, jumladan, „Oʻzbegim“ va „Inson“ qasidalari hamda Matmusa obrazi haqidagi hajviyalari kiritilgan. Kitobda eʼtirof etilishicha, unga kiritilgan sheʼrlarni Vohidovning oʻzi saralab bergan.
Manbalar
Havolalar „Oʻzbegim“ toʻplami „Turon“ axborot-kutubxona markazi saytida „Oʻzbegim“ toʻplami Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi saytida
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari