Claudia Christiane Endler Mutinelli (23-iyul 1991-yil) – chililik futbolchi, Fransiyaning Lyon klubi darvozaboni va Chili terma jamoasi sardori.

Karyera Bolaligida u tennis, suzish, basketbol, voleybol va gimnastika bilan shugʻullangan. U 10 yoshida Santyagodagi nemis maktabida tahsil olayotganda hujumchi sifatida futbol oʻynay boshlagan. U Santyago Oriente bolalar jamoasida ham toʻp surgan.

2007-yilda maktab turnirlaridan biridan soʻng u 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa yigʻiniga chaqiruv oldi. Shu bilan birga, terma jamoa bosh murabbiyi Marko Kornes uni birinchi marta darvozaga qoʻydi.

2008-yilda u Chili chempionatida Union La Kalera uchun oʻynay boshladi. 2008 va 2009-yillarda u Chilining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

2010-yilda u Everton Vina del Mar bilan shartnoma imzoladi. Jamoa bilan birgalikda u milliy chempionatning kumush medali sovrindori boʻldi va Chili kubogini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili u Libertadores kubogining eng yaxshi darvozaboni va uchinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2010-yilgi Libertadores kubogi final oʻyinidan soʻng u Santosdan shartnoma taklifini oldi, ammo Chilida qolishni tanladi va Colo-Cologa koʻchib oʻtdi. Klub bilan u 2011-yilgi mavsumning Apertura va Klausura chempionligini qoʻlga kiritdi va Libertadores kubogi finaliga chiqdi.

2012-yilda u yana Colo-Colo bilan milliy chempionat gʻolibiga aylandi. Libertadores kubogining soʻnggi oʻyinida braziliyalik Foz Kataratasga qarshi oʻyindan keyingi seriyada u ikkita penaltini qaytarib, jamoasiga gʻalaba keltirdi.

2011-yil oktyabr oyida u Janubiy Florida universitetidan stipendiya taklifini qabul qildi. 2012-yildan 2014-yilgacha u NCAA chempionatida kollej jamoasida oʻynadi.

Oʻqish paytida uni Chelsea ustozi Emma Xeys koʻrib qoldi va 2014- yilning aprel oyida klub bilan shartnoma imzoladi. 2014 -yilgi Amerika kubogiga tayyorgarlik koʻrayotganda unga menisk yirtilgani tashxisi qoʻyilgan. Chelsea davolanish xarajatlarini toʻladi, ammo Endler tiklanganidan keyin klub bilan shartnomani uzaytirmadi.

2015-yilda u Colo-Colo bilan shartnoma imzolab, Chiliga qaytib keldi. 2015-yilda klub bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi va Libertadores kubogining finaliga chiqdi, unda Chili klubi Ferroviariyaga yutqazdi. 2015-yil oxirida Endler toʻrtinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2016-yilda u Valensiya bilan shartnoma imzolab, Yevropaga qaytdi. U klub safida 23 ta oʻyin oʻtkazib, atigi 9 ta gol oʻtkazib yuborgan. U Ispaniya ayollar ligasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan darvozabonga berilgan Zamora kubogini qoʻlga kiritgan birinchi xorijlik futbolchi boʻldi.

2017-yil 5-iyulda u Parij Saint-Germanga koʻchib oʻtdi. 2017-yilda u beshinchi marta Chilining eng yaxshi futbolchisi sovrinini oʻziniki qildi.

2020/21-yilgi mavsumda u Fransiya chempionatining 22 oʻyinida 4 ta gol oʻtkazib yubordi va 1-divizionning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va mavsumning ramziy jamoasiga kirdi. 2021-yil 21-iyunda u Fransiyaning Lyon klubiga oʻtdi, uning shartnomasi 2024-yilning 30-iyuniga qadar.

Yutuqlar

Klubdagi yutuqlari

Everton

Chili kubogi gʻolibi: 2010-yil

Colo-Colo Chili chempioni: 2011 (apertura), 2011 (klausura), 2012 (apertura), 2015 (apertura) Libertadores kubogi gʻolibi: 2012-yil

Parij Saint-German

Fransiya chempioni : 2020/21

Shaxsiy yutuqlar

Chilida yilning eng yaxshi futbolchisi (6): 2008, 2009, 2010, 2015, 2017, 2018 Fransiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni: 2020/21 UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining mavsum jamoasi (2): 2019/20, 2020/21 Fransiya chempionatining mavsum jamoasi: 2020/21

Shaxsiy hayoti U Oliver Kahnni oʻzining kumiriBIOGRAPHY deb ataydi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chililik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli darvozabonlari