Ante Rebić ((); 1993-yil 21-sentabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbolchi. Serie Ada "Milan" klubi hamda Xorvatiya terma jamoasida vinger sifatida toʻp tepadi. U ikkala qanotda ham, ikkinchi hujumchi sifatida ham maydonda harakat qila oluvchi kam sonli futbolchilardan biridir.

U oʻzining professional faoliyatini RNK Split jamoasida boshlagan va 2013-yilda nomaʼlum miqdordagi toʻlov evaziga A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining koʻp vaqtini asosiy jamoada emas, balki ijarda: RB Leipzig, Hellas Verona va Ayntraxt Frankfurt kabi jamoalar tarkibida ijarada oʻtkazadi, keyin esa 2018-yil iyul oyida doimiy ravishda asosiy tarkibdan oʻrin egallashga erishadi. 2019-yil sentabrida u Italiya futboliga qaytadi va „Milan“ga dastlab ikki yillik ijara asosida, bir yildan soʻng esa toʻlaqonli jamoa aʼzosi sifatida qoʻshiladi.

Rebich 2013-yilda Xorvatiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yili u Xorvatiya sportida yilning eng yaxshi umidli futbolchisi deb topildi. Futbolchi terma jamoa sharafini 2014-yil va 2018-yillarda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon Chempionatida himoya qilgan. Oʻzining ikkinchi jahon chempionatida finalga qadar yetib borgan, shuningdek, UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.

Klublardagi faoliyati

Yoshlik yillari Rebich oʻz faoliyatini Vinjani uchun yoshlar jamoasida toʻp surishdan boshlagan. U 2008-yilda Imotskiga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki mavsum oʻtkazdi. 2010-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan turnirdagi yaxshi oʻyinlaridan soʻng, u "Hayduk Split " yoshlar jamoasi bilan birga borgan Rebichni RNK Split jamoasiga oʻsha paytlardagi jamoa bosh murabbiyi Darko Butorovich olib keladi.

RNK Split Rebich asosiy jamoadagi debyutini 2011-yil 21-may kuni Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi 2010—11-yilgi mavsumda Prva HNLning soʻnggi turida ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Rebich oʻz goli bilan hisobni tenglashtirdi. 2011-yil avgust oyida Rebich RNK Split bilan professional uch yillik shartnoma imzoladi. 2011—12-yilgi mavsumda Rebich 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi, ulardan 4 tasi zaxiradan maydonga tushganida kiritdi. 2012—13-yilgi mavsumda Rebich 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan

Fiorentina tarkibida left|thumb|250x250px| Rebich 2015-yilda „Fiorentina“ futbol klubi tarkibida harakat qilgan. 2013-yil 28-avgustda Rebich Italiyaning „Fiorentina“ klubi bilan nomaʼlum miqdordagi summa evaziga besh yillik shartnoma imzolaydi. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan soʻng, unga 9-raqamli futbolka beriladi. U 30-sentabr kuni maydonga, 36-daqiqada jarohat olgan jamoadoshi Juzeppe Rossining oʻrniga, mezmon sifatida oʻtayotgan baxsda „Parma“ ga qarshi oʻyinda (2:2) maydonga tushadi. Debyut uchrashuvida u jarohat olib, uch haftaga safdan chiqadi. Rebich 2014-yilning 8-yanvarida oʻzining birinchi golini urishdan oldin „Fiorentina“ tarkibida yana uchta oʻyinda maydonga tushdi va Italiya Kubogi 1/8 finalida "Kyevo Verona "ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 18-may kuni u A Seriyadagi ilk golini Manuel Paskualni almashtirgandan ikki daqiqa oʻtib Stadio Artemio Franchida „Torino“ jamaosiga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritadi.

2014-yil 3-avgustda Rebichni quyi Bundesliganing „Leipzig“ klubi bir mavsumga ijaraga oladi. „Leipzig“dagi ijara muddati tugaganidan soʻng, Rebich „Fiorentina“ga qaytadi va unga avvalroq Xuan Kuadrado kiygan va asosan chap qanotda foydalanilgan 11-raqamli futbolka beriladi. U 1-oktabr kuni Yevropa Ligasida Belenensesga qarshi oʻyinda (4:0) klub bilan Yevropadagi debyutini oʻtkazadi. Oʻsha musobaqadagi navbatdagi oʻyinda Rebich "Lex Poznan "ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlganida, qoʻshib berilgan vaqtda ehtiyotsizlik natijasida maydondan chetlatiladi. 1-noyabr kuni u A Seriyadagi ilk golini „Frozinone“ga qarshi oʻyinda (4:1) kiritadi. 

„Fiorentina“ tarkibida bor-yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushib, bir marta gol urgan Rebich 2016-yilning 14-yanvarida „Hellas Verona“ jamoasiga ijaraga beriladi. Biroq u 9 uchrashuvda gol ura olmaydi va Verona B Seriyaga tushib ketadi. 20-mart kuni Jaampaolo Pazzinining oʻrniga oʻyinda maydonga tushib, „Marc’Antonio Bentegodi“ stadionida „Karpi“ga 2:1 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.

Eintracht Frankfurt left|thumb| Rebich 2017-yilda Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi tarkibida harakat qilgan. Rebich 2016-yilning 11-iyulida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi va terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach bilan yana birlashdi. Mononukleoz bilan qisqa muddatli kurashdan soʻng, Rebich 17-sentabr kuni "Bayer "ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Zaxiradan maydonga tushdi va Marko Fabianga, gʻalaba keltirgan golga, assistentlik qildi (2:1). 2017-yilning 5-fevralida u Commerzbank Arenada Hessening boshqa jamoasi SV Darmshtadt 98 ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yangi jamoasi uchun birinchi golini kiritdi. 27-may kuni u 2017-yilgi DFB-Pokal finalida hisobni tenglashtirdi, ammo Frankfurt Dortmundning „Borussiya“siga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

2017-yilning 31-avgustida Rebich ikkinchi marta „Ayntraxt“ga sotib olish opsiyasi bilan yana bir yilga ijaraga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u barcha musobaqalarda toʻqqizta gol urdi va uchta golga assistentlik qildi. Ushbu mavsumda u 19-may kunidagi 2018-yilgi DFB-Pokal Finalida ikkita gol kiritilgani, 3:1 hisobidagi gʻalaba uning klubiga 1988-yildan buyon ilk kubokni taqdim etgani va „Bavariya“ dublini chipakka chiqargani bilan omma eʼtirofiga tushadi. Mavsum oxirida Frankfurtning „Ayntraxt“ klubi Rebichni 2 million yevro evaziga doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalanib qoladi.

2018-yilning 10-avgustida Rebich 2022-yilning iyuniga qadar davom etadigan yangi shartnoma imzoladi. Uni "Manchester Yunayted ", „Tottenxem“, „Bavariya“ va "Sevilya " kabi klublar kuzatib borishgan va „Ayntraxt“ „Bavariya“ga bosh murabbiy sifatida qoʻshigan Kovachdan tashqari bir nechta yulduz futbolchilarini yoʻqotgan edi. Ikki kundan soʻng, „Ayntraxt“ 2018-yilgi DFL-Superkubogini oʻz uyida aynan oʻsha jamoaga boy berdi, Rebich 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

2019-yil 11-avgustda u DFB-Pokal oʻyinida Valdhof Mannheimga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi, bu oʻyinda „Ayntraxt“ 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.

AC Milan

2019-20-yilgi mavsum 2019-yil 2-sentabrda Rebich Italiyaga qaytib keldi va „Milan“ bilan ikki yillik ijara shartnomasini imzoladi.

Mavsumning birinchi yarmini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazganidan soʻng, terma jamoada klubdan koʻra koʻproq daqiqa harakat qilgan Rebich 2020-yil 19-yanvarda "Udineze"ga qarshi oʻyinda (3:2) ligadagi dastlabki ikkita golini kiritadi. Bir hafta oʻtgach, u „Breshiya“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan yagona gol bilan super zaxiradan tushgan holda kiritiluvchi – subgollar seriyasini davom ettiradi. 9-fevral kuni u Derbi della Madonninada hisobni ochib beruvchi golga mualliflik qiladi. Ammo oʻyin 4:2 hisobidagi „Inter“ ning gʻalabasi bilan yakunlanadi. Toʻrt kundan soʻng u Italiya kubogi doirasida „Yuventus“ ga qarshi oʻyinda (1:1) „Milan“ning yagona golini kiritadi. 17-fevral kuni u „Torino“ga qarshi oʻyinda (1:0) yagona gol muallifiga aylanadi. 12-iyun kuni klubning COVID-19 pandemiyasidan keyingi birinchi oʻyinida, Italiya Kubogining „Yuventus“ga qarshi javob oʻyinida Rebich „Yuventus“ himoyachisi Daniloga qoʻpollik qilgani uchun oʻn olti daqiqadan soʻng maydondan chetlatilgan edi. 4-iyul kuni u chempionlikka daʼvogar „Latsio“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, uchinchi golini kiritadi, bu ularning mavsumdagi ilk oʻz maydonida magʻlubiyatga uchrashi boʻladi. 7-iyul kuni u penaltini ishlab oladi, golli uzatmani amalga oshiradi va „Yuventus“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilishiga oʻzining katta hissasini qoʻshadi. Oʻsha mavsumda Rebich 12 ta golga mualliflik qiladi va 4 ta golli uzatmani amalga oshiradi.

2020-21-yilgi mavsum: hissalar va ikkinchi oʻrin 2020-yil 12-sentabrda „Milan“ Rebichni doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalangan va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. 27-sentabr kuni u penaltini ishlab oladi va Frank Kessi unumli foydalagan ushbu gol yordamida Krotone ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Ushbu oʻyinda u birinchi golga assistenlik qiladi, ammo oʻyinning 58-daqiqasida u qarshi hujumda yiqilib, tirsagini chiqarib yuboradi. U 1-noyabr kuni „Udineze“ ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabaning 71-daqiqasida Rafael Leao oʻrniga maydonga tushib, jamoaga qaytadi. 23-dekabr kuni u oʻzining mavsumdagi ilk golini kiritadi, bu gol „Latsio“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz koʻmagini beradi. 2021-yil 6-yanvarda Rebichda COVID-19 testi ijobiy chiqadi va „Yuventus“ga qarshi derbida ishtirok eta olmaydi. Bu uchrashuvda Milan 3:1 hisobida magʻlub boʻladi. Ushbu magʻlubiyat ular uchun mavsumdagi dastlabkisi edi. 28-fevral kuni u „Roma“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan golga mualliflik qiladi. 9-may kuni u „Yuventus“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ajoyib gol urib, „Milan“ga Chempionlar ligasi saralashi uchun muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi. Oradan uch kun oʻtib, „Torino“ga qarshi oʻyinda (7:0) u Teo Ernandes tomonidan kiritilgan toʻrtinchi golga assistentlik qiladi va shu bilan birga oʻzi uchun xet-trikni rasmiylashtirib qoʻyadi. Bu mavsumda umumiy hisobda Rebich 11 ta gol kiritadi va 3 ta golga assistentlik qiladi.

2021-22-yilgi mavsum: jarohatlar 2021-yil 12-sentabrda u „Latsio“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ikkala golga ham assistentlik qilgan edi. Uch kundan soʻng Rebich Chempionlar ligasidagi debyutini "Liverpul"ga qarshi 3:2 hisobidagi oʻyindagi „Milan“ning birinchi goliga mualliflik qiladi. 19-sentabr kuni u „Yuventus“ga qarshi oʻyinda (1:1) hisobni tenglashtirdi, bu oʻzining „Yuventus“ darvozasiga umumiy ligadagi 3-goli sifatida qaydnomasiga kiritib qoʻyiladi. 24-noyabr kuni Rebich mashgʻulotlarda jarohat olgani va bir oyga safdan chiqishi kutilayotgani xabar qilinadi. Ammo, u 2022-yilning 9-yanvarigacha „Venesiya“ga qarshi maydonga qaytmaydi. 19-fevral kuni u Salernitanaga qarshi safarda 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda 25 metrdan kuchli zarba yoʻllagan holda hisobni tenglashtirdi, bu uning 5 oydagi birinchi goli sifatida roʻyxatga kiradi.

Terma jamoadagi faoliyati thumb|278x278px| Rebich Xorvatiya terma jamoasi safida 2018-yilgi Jahon chempionatida harakat qilmoqda. 2013-yilning 31-iyulida Lixtenshteyn bilan mehmonda oʻtkaziladigan oʻrtoqlik oʻyini oldidan Rebich ilk bor milliy terma jamoaga chaqirildi. U oʻyinda Ivitsa Olichning oʻrniga 63-daqiqada maydonga tushdi va toʻrt daqiqa oʻtib 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyindan soʻng uni bosh murabbiy Igor Shtimac maqtadi.

Xorvatiya U21 terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach kelganidan soʻng, Rebich 2013-yil noyabr oyida Islandiyaga qarshi jahon chempionatining hal qiluvchi pley-off oʻyinlariga chaqirildi. U har ikkala oʻyinda ham zaxiradan maydonga tushdi. umumiy hisobda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Rebich Braziliyada boʻlib oʻtadigan turnir uchun Kovachning 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. U San-Pauluda mezbonlarga qarshi oʻtkazilgan ochilish oʻyinida 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan edi. U keyingi ikki oʻyinda hamda xorvatlar guruhdan chiqib ketishlari oldi Meksikaga qarshi soʻnggi oʻyinida maydonda harakat qiladi. Karlos Penyaga qarshi qoʻpolligi uchun 80-daqiqada maydondan chetlatiladi.