Baghrir yoki begʻrir (البغرير) — Magʻrib mamlakatlarida ishlatiladigan blin, quymoqli xamir. Kichik, gʻovak-gʻovak, bugʻdoy yormasi va undan tayyorlanadi. Boshqa ingrediyentlar: tuxum, koʻpchitish kukuni, xamirturush, suv, oʻsimlik yogʻi, tuz. Toʻgʻri pishirilganda, ularda mayda teshiklar ochiladi va ular qoʻshilgan har qanday sousni soʻrib oladi. Jazoir va Marokashda bagʻrirni isteʼmol qilishning eng keng tarqalgan usuli ularni asal-yogʻ aralashmasiga botirishdir, lekin boʻlaklab, murabbo bilan dasturxonga qoʻysa ham boʻladi. Odatda bu blinchiklarga mayiz ham qoʻshiladi. Bagʻrir nonushta uchun, Ramazon oyida iftorlik yeguligi sifatida mashhurdir.

Manbalar

Adabiyotlar

Marokkanskie blinchiki Bagrir, Katerina Gurme. Yedabilie. Kniga sitnoy i poleznoy edi. Vkusnie blyuda na lyuboy sluchay, s.49, ISBN 5-04-157338-7, 9785041573386 Bagrir, ili arabskie blinchiki O. V. Babkova. Vsyo o domashnem xlebe. Luchshie resepti domashney vipechki: luchshie resepti. — M: Ripol Klassik, 2015, ISBN 5-386-03237-2, 9785386032371

Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum: Marokash oshxonasi Turkum: Jazoir oshxonasi Turkum: Pancakes Turkum:Arab oshxonasi