Gennadiy Petrovich Mixaylutsa (; 1946-yil 16-iyulda Toshkent viloyati, Chirchiq tumanida tugʻilgan) – sovet futbolchisi; Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Biografiyasi Faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston SSRning „Kimyogar“ (Chirchiq) (1965—1966), Navoiyning "Zarafshon" (1968—1972), Termizning „Avtomobilist“ (1973), „Yangiariq“/"Xonqaliklar" (Yangiariq) klublarida oʻtkazgan. 1974—1978-yillarda „Xorazm“ (Xonqaliklar) safida birinchi va ikkinchi ligada toʻp surgan. 1967—1968-yillarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibida oʻynagan, 1968-yilda oliy ligada toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.
Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 1979-yilda „Narimanovets“ jamoasining katta murabbiyi va rahbari lavozimlarida ishlagan. 1985—1986-yillarda Xorazmning „Xonqaliklar“ jamoasida murabbiylik qilgan. 1987—1993, 1995-yillarda „Selmashevets“(Chirchiq) klubi bosh murabbiyi hamda O ʻzbekiston SSKAda murabbiy boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Rossiyaning yoshlar jamolarida murabbiylik faoliyatini davom ettirgan.
Manbalar
Havolalar
Gennadiy Mixaylutsa Footbook.ru veb-saytida
Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyulda tugʻilganlar Turkum:Chirchiqda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Narimanovets klubi murabbiylari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar