„Pust vsegda budet solnse“ (, yaʼni „Har doim boʻlsin quyosh“) (Solnechniy krug (ruscha: Solnechniy krug, yaʼni „Quyosh aylanasi“) deb ham nomlanadi) — rus bastakori Arkadiy Ostrovskiy shoir Lev Oshanin sheʼriga bastalagan bolalar qoʻshigʻi. Qoʻshiqni ilk bor 1962-yil „Radio-1“ butunittifoq radiokanalida efirga uzatilgan „S dobrim utrom!“ () dasturida Mayya Kristalinskaya ijro etgan. Tamara Miansarova „Pust vsegda budet solnse“ qoʻshigʻini ijro etganidan keyin tarona yanada koʻproq tanilgan. Qoʻshiq Sovet Ittifoqi boʻylab pionerlar lagerlarida hamda maktab yigʻinlarida kuylangan.

Oshanin qoʻshiq matnini rassom Nikolay Charuxinning „Pust vsegda budet nebo! Pust vsegda budet solnse!“ () deb yozilgan plakatidan ilhomlanib yozgan. Charuxin esa, oʻz navbatida, plakatni toʻrt yashar Kostya Barannikov yozgan toʻrt misra sheʼrdan ilhomlanib chizgan. Bu kichik sheʼr 1928-yil K. Spasskayaning „Rodnoy yazik i literatura v trudovoy shkole“ () jurnalida eʼlon qilingan bolalar psixologiyasi haqidagi maqolasida keltirilgan boʻlgan. Misralar keyinchalik rus shoiri Korney Chukovskiyning „Ot dvux do pyati“ () deb nomlangan sheʼriy toʻplamiga kiritilgan. Charuxin aynan shu kitobdan ilhomlanib plakatini chizgan.

1968-yil shved xonandasi Björn Ulvaeus oʻzining „Hootenanny Singers“ guruhi bilan „Pust vsegda budet solnse“ melodiyasi asosida ingliz tilida „Gabrielle“ qoʻshigʻini kuylagan. Mazkur versiya dengiz sayohati va ayriliq haqida boʻlib, Skandinaviya mamlakatlarida xitga aylangan. Qoʻshiq „Hootenanny Singers II“ albomiga kiritilgan. Unda „Gabrielle“ qoʻshigʻi mualliflari oʻlaroq Stig Rossner va Bengt Thomas koʻrsatilgan. „Hootenanny Singers“ guruhi taronani shved, nemis, fin, italyan, niderland tillarida ham kuylagan.

Qoʻshiqni Tom Botting inglizchaga, Ilse va Hans Naumilkat hamda Manfred Streubel nemischaga, Heljo Mänd estonchaga („Olgu jääv meile päike“), Gidi Koren esa ivritchaga („אלוהים שמור על אמא“) oʻgirgan. Shuningdek, qoʻshiq Finlandiyada pionerlar orasida „Paistaa aurinko aina“ nomi bilan tanilgan. Xonanda Raffi esa qoʻshiqni ingliz, ispan va fransuz tillarida kuylab, oʻzining „Letʼs Play“ albomiga kiritgan.

Manbalar

Havolalar (1968) (1962)

Turkum:Mayya Kristalinskaya qoʻshiqlari Turkum:Bolalar qoʻshiqlari Turkum:1962-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Shved tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Nemis tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Italyan tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Niderland tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Eston tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Ivrit tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Fransuz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar