Axbor Rustamovich Imomxoʻjayev (Ахбор Рустамович Имомхўжаев, 1936-yil 19-fevral, Toshkent — 2022-yil 30-may, Toshkent) — oʻzbek sport sharhlovchisi, respublika toifasidagi futbol hakami va pedagog. Oʻzbek sport sharhlovchilari maktabining asoschisi.
Faoliyatining dastlabki yillarida maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik hakam, sharhlovchi va sport jurnalisti boʻlgan.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi hakamlar qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.
„Shuhrat“ medali, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. „Turon“ Fanlar akademiyasining akademigi va Oʻzbekiston jurnalistlarining „Oltin qalam“ Milliy mukofoti laureati.
O‘zbek futboli haqida bir qancha kitoblar muallifi. Uning „Futbol — quvonchim, dardim, faxrim“, „Maftuningman, futbol“, „Asr futbolidagi asl qadrdonlarim“ nomli kitoblari nashr etilgan. Biografiyasi Bolaligi va taʼlim 1936-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan. Eshonguzar qishlog‘ining Kattabog‘ ko‘chasidagi 45-maktabda o‘qigan.
1954—1956-yillarda Toshkent viloyati pedagogika institutida tahsil olgan. 1956—1957-yillarda Mirzachoʻl tumanidagi 13-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. 1957-yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maktabda ham ishlagan. Keyinchalik Paxtakor sport jamiyatiga taklif qilindi. 1963-yilda Jismoniy tarbiya institutining futbol fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bu oliygohda Gennadiy Krasnitskiy, Vladimir Shtern, Hamid Rahmatullayev, Maqsud Sharipov kabi futbolchilar bilan tahsil oldi.
Jurnalist, hakam va pedagog sifatidagi faoliyati Institutdan so‘ng bir muddat Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 83-maktabda dars berdi va tez orada Jismoniy tarbiya institutiga taklif qilindi. Keyinchalik Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, futbol federatsiyasining hakamlik-nazorat qo‘mitasi boshlig‘i, „Paxtakor“ jamoasi rahbari, „Sport“ gazetasining futbol bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining sport boʻlimi futbol tahriryatida oddiy sharhlovchilikdan boʻlim boshligʻigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.
Hakamlik faoliyati davomida Sovet Ittifoqi faxriylar jamoasining Paxtakor jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqargan. 40 daqiqadan soʻng oʻyin durang bilan yakunlangan — 1:1. 1956-yilda Roman Turpishchev bilan birgalikda futbol sharhlovchisi sifatida ish boshladi.
Uning ilk sharhi shu yil, „Paxtakor“ning Spartak Yerevan klubiga qarshi o‘yinida bo‘ldi. Ikki sharhlovchi radioda rus va oʻzbek tillarida 15 daqiqadan sharhlashdi. Birinchi televizion sharhi 1960-yilda boʻlgan. Ular Roman Turpishchev bilan birgalikda Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk, Kiyev, Boku, Tbilisi, Yerevan va Olmaota shaharlariga safar qilishdi va „Paxtakor“ ishtirokidagi oʻyinlarni sharhlashdi. Axbor Imomxoʻjayev O‘zbekistondan xorijga chiqqan birinchi oʻzbek sport jurnalisti bo‘ldi.
Keyingi faoliyati thumb|Axbor Imomxoʻjayev Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati va faxriylari bilan 1980-yilda Mahmud Abduraimov, Toʻlqin Qozoqboyev, Shavkat Toʻlaganov, Bahodir Ibrohimov, Stanislav Stadnik va Birodar Abduraimovlar bilan birgalikda „Tong“ nomli futbol faxriylari jamoasini tuzdi. Keyinchalik ularga boshqa viloyatlar vakillari ham qo‘shildi va jamoa ikki guruhga bo‘lindi. Jamoa tarkibida turli soha vakillari bor. Uning oʻzi bu jamoa sardori edi.
2000-yillar boshida O‘zbekiston futbol federatsiyasining hakamlar qo‘mitasi rahbari bo‘lgan.
Vafoti Axbor Imomxoʻjayev 2022-yil 30-may kuni 86 yoshida vafot etgan. Minor qabristoniga dafn etilgan.
Kitoblari Axbor Imomxoʻjayev „Futbol — quvonchim, dardim, faxrim!“, „Maftuningman futbol“, „Oʻzbegimning Mirjaloli“ kabi kitoblarning muallifi. Kitoblarida o‘zbek futboliga oid ko‘plab tarixiy materiallar, xotiralar va qiziqarli faktlar, shuningdek, murabbiy, futbolchi, ekspert, sport jurnalisti bo‘lib ishlagan mashhur insonlar haqida ko‘plab maʼlumotlarni yozgan.
Oilasi Uch qiz va ikki o‘g‘li bor.
Oʻgʻli — Abror Axborovich Imomxoʻjayev, bir qancha oʻzbek sport internet nashrlari jurnalisti. Uzoq yillar gazeta va televideniyeda ishlagan. Oʻzbekistondagi futbol yangiliklarini tahlil qilishga bagʻishlangan koʻplab teledasturlar muallifi.
O‘g‘li — Zafar Axborovich Imomxo‘jayev, sport jurnalisti. Hozir Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidentining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi, OAV va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori.
Nevarasi — Diyor Abrorovich Imomxoʻjayev, sport jurnalisti. Hozir Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori.
Mukofotlari „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ va „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
„Sport“ va „O‘zbekiston futboli“ gazetalaridagi jurnalistik faoliyati uchun „Oltin qalam“ milliy mukofoti bilan taqdirlangan.
1996-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
2006-yil 22-fevralda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq ommaviy sportni, xususan, futbolni keng targʻib qilish, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazish yoʻlida jonkuyarlik koʻrsatgani va koʻp yillik samarali mehnat faoliyati uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni berildi.
2021-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashi qarori bilan ushbu universitetning faxriy professori unvoni berilgan. Shu yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan „Oʻzbek futboli nuroniysi“ sovrini bilan taqdirlandi„Oʻzbek futboli nuroniysi“.
Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti „Turon“ Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan, akademiyaning haqiqiy aʼzoligiga qabul qilingan va jurnalistga „akademik“ ilmiy unvoni berilgan.
Xotira turniri 2023-yil
2023-yilning 30-may kuni, vafotining bir yilligida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirini oʻtkazish haqida qaror chiqardi. Turnirning ochilish kuni 2-iyul – Jahon sport jurnalistikasi kuniga belgilandi. Oʻyinlar 3—6-iyul kunlari Bunyodkor stadionida boʻlib oʻtdi. Turnirda 4 nafar faxriy va 4 nafar jurnalist futbol jamoalari oʻzaro bellashdilar: „Paxtakor“, „Tong“, „OʻFA“, „Jurnalist“ faxriylar jamoalari hamda „Championat.asia“, „Sports.uz“, „Sharhlovchi“, „Sulola“ sport jurnalistlari jamoalari. Turnir yakunida gʻoliblik Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar jamoasiga nasib etdi. 2-oʻrinni Axbor Imomxoʻjayevning farzandlari hamda nabiralaridan tashkil topgan „Sulola“ jamoasi qoʻlga kiritdi. „Paxtakor“ faxriylari 3-oʻrinni egalladi. Turnirning yakuniy jadvali quyidagicha📋 Axbor Imomxo’jayev xotira turniri. Uchinchi kungi bahslar bo'lib o'tdi.: OʻrinJamoaOʻyinlarToʻplar nisbatiOchko 1 OʻFA 3 18-3 9 2 „Paxtakor“ faxriylari 3 20-9 6 3 Tong-2 3 13-14 3 4 Jurnalist 3 3-28 0 5 Sulola 3 11-1 9 6 Sharhlovchi 3 2-7 1 7 Championat.asia 3 6-3 6 8 Sports.uz 3 2-7 1 2024-yil
2024-yilning 28-may kuni Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirini oʻtkazishga kelishib oldi. Ikkinchi bor tashkil etilgan xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etdi. 5-iyul kuni qur’a tashlandi. 6-iyul kuni Oʻzbekistondagi barcha klublar tanaffusga chiqdi hamda 7-iyul sanasidan turnir start oldi. Musobaqaning 1-kunida Ravshan Ermatov boshchiligidagi futbol assotsiatsiyasi jamoasi hakamlardan tashkil topgan Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi jamoasi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozondi. Finalda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va „Sulola“ jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Uchrashuv OʻFA jamoasining 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Turnirning yakuniy jadvali quyidagicha: OʻrinJamoaOʻyinlarToʻplar nisbatiOchko 1 OʻFA 3 26-5 9 2 Kun.uz 3 16-4 9 3 „Paxtakor“ faxriylari 3 16-5 8 4 Championat.asia 3 8-4 7 5 Sulola 3 19-11 6 6 OʻzFHM 3 8-10 3 7 OʻzPFL 3 5-13 3 8 Tong-2 3 2-11 0 9 Sharhlovchi 3 3-13 0 10 Jurnalist 3 2-29 0 2025-yil 2025-yil 3-sentyabr kuni Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Axbor Imomxoʻjayev xotira turniri oʻtkazilishi haqida qaror chiqardi va turnir uchun oʻz tarkibini eʼlon qildiOʻzPFL jamoasi tarkibi. 12 futbol jamoasi bu yilgi turnirda ishtirok etdi. 9-sentyabrda turnir oʻtkazilishi boshlanganJamoalar tarkibiBugun O‘FF jamoasi xotira turniridagi ishtirokini boshlaydi. 2-oktyabr kuni yettinchi, beshinchi, uchinchi oʻrinlar uchun oʻyinlar va final oʻyini boʻlib oʻtdi📋 Axbor Imomxoʻjayev xotira turniri. Pley-off. Finalda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi jamoasi gʻolib boʻldi. 2025-yilgi xotira turnirining yakuniy jadvali quyidagicha📋 Axbor Imomxo'jayev xotirasiga bag'ishlangan turnir yakunlandi: OʻrinJamoaOʻyinlarToʻplar nisbatiOchko 1 OʻFF 4 25-3 11 2 „Bunyodkor“ faxriylari 4 15-3 10 3 „Paxtakor“ faxriylari 4 14-5 11 4 MOQ 4 15-6 8 5 Sulola 4 13-6 9 6 Sports.uz 4 13-13 6 7 OʻzPFL 4 8-8 6 8 Sport TV 4 9-13 4 9 Markaziy sektor 3 5-23 1 10 OʻFA 3 5-14 0 11 Championat.asia 3 0-11 0 12 Tong 3 6-23 0
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik futbol hakamlari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol sharhlovchilar Turkum:Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar Turkum:Minor qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari