Viktor Vasilyevich Borisov (; 1941-yil 17-oktyabr – 2015-yil 16-may) – sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Futbolga oid tarjimai holi Futbolchi faoliyati

U "Yangiyer" jamoasida futbol oʻynay boshlagan, ammo toʻpigʻidan olgan jarohati tufayli futbolchilik faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻlgan.

Murabbiylik faoliyati Murabbiylik faoliyatini „Toshkentkabel“ zavodi jamoasida boshlagan. 1979-yilda Borisov "Boʻston" (Jizzax) jamoasini qabul qilib, uni SSSR chempionati birinchi ligasiga olib chiqdi. Bu yutugʻi uchun Borisovga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy“ unvoni berildi.

1980—1982-yillarda Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabida tahsil olgan. 1984—1985-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, keyinchalik Kiev shahrida boʻlib oʻtgan SSSR xalqlari Spartakiadasida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. Terma jamoa finalga chiqdi va u yerda mezbonlarga minimal hisobda magʻlub boʻldi.

1988—1990-yillarda Borisov Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi murabbiylaridan biri boʻlgan va Oʻzbekistonning mustaqil chempionatlari boshlanishi bilan uning boshchiligida 1992-yilgi chempionatda uchinchi oʻrinni egallagan Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga murabbiylik qilgan.

1997—1998-yillarda "Nasaf" (Qarshi), 2000-yildan esa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi, shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasiga ham bosh murabbiy boʻlgan.

Murabbiy Borisovning asosiy yutugʻi – mamlakat yoshlar terma jamoasining Jahon chempionatining final qismiga chiqishi hisoblanadi. Jahon chempionatida jamoaga rahbarlik qilishni Germaniyadan kelgan mutaxassis X.Yu. Gedega topshirilgan, Borisov unga yordamchi boʻlgan. Gede boshchiligida jamoa guruhdan chiqa olmadi.

Borisov "Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida bir marta ikkinchi, ikki marta uchinchi boʻlgan. Oxirgi yillarda Moskvada yashagan, 2004-yilda Rossiya fuqaroligini olgan. 2015-yil 16-mayda vafot etgan.

Oilasi Borisovning oʻgʻli Aleksandr (1972) 1990-yillarda Oʻzbekiston oliy ligasi jamoalarida yarimhimoyachi sifatida oʻynagan.

Yutuqlari Murabbiy sifatida Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 1992

Manbalar

Havolalar Viktor Borisov Statistika www.footbook.ru saytida

Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Dimitrovchi klubi futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari Turkum:Sohibkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari