Singapur Konstitutsiyasi Singapur davlatining asosiy qonuni boʻlib, 1965-yilda kuchga kirgan. Singapur Konstitutsiyasiga bir necha bor oʻzgartirishlar kiritilgan, shu numladan eng oxirgi oʻzgartirishlar - 1996-yilda boʻlgan.
Konstitutsiyaning tuzilishi Singapur konstitutsiyasi 14 qism va 163 moddadan iborat.
I. Dastlabki qoidalar
II. Respublika va Konstitutsiya
III. Singapur Respublikasining suverenitetini himoya qilish
IV. Asosiy erkinliklar
* 9-modda: Yashash va shaxsiy erkinlik huquqi
* 10-modda: Qullikni va majburiy mehnatni taqiqlash
* 12-modda: Tenglik va teng himoya huquqi
* 13-modda:Chiqarib yuborishni taqiqlash va erkin harakatlanish huquqi
* 14-modda: Soʻz, yigʻilishlar va uyushmalar erkinligi huquqi
* 15-modda: Din erkinligi huquqi
* 16-modda: Taʼlimda tenglik huquqi
V. Hukumat
VI. Qonun chiqaruvchi organ
VII. Ozchiliklar huquqlari boʻyicha Prezident kengashi
VIII. Sud tizimi
IX. Davlat xizmati
X. Fuqarolik
XI. Moliyaviy qoidalar
XII. Sabotaj va favqulodda kuchlarga qarshi maxsus vakolatlar
XIII. Umumiy qoidalar
XIV. oʻtish qoidalari.
Tuzatishlar Singapur Konstitutsiyasi kuchga kirgan 1965-yildan buyon unga 46 ta oʻzgartirish kiritildi. Eng muhimlari quyidagicha:
1965-yil Konstitutsiya Singapur parlamenti aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilindi.
1970-yil Singapurda irqiy va diniy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish uchun Prezident KengashiConstitution (Amendment) Act 1969 (No. 19 of 1969), in force on 9 January 1970. tuzildi. 1973-yilda u Singapur Prezidenti huzuridagi ozchiliklar huquqlari kengashi deb oʻzgartirildi.
1979-yil Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish tartibi oʻzgartirildi - buning uchun malakali koʻpchilik (qonun loyihasining ikkinchi va uchinchi oʻqishlarida parlament deputatlarining uchdan ikki qismi ovozi) kiritildiConstitution (Amendment) Act (No. 10 of 1979), in force on 4 May 1979..
1984-yil instituti joriy etildi (NCMPs) — parlamentga oʻtmagan, lekin parlament aʼzolarining aksariyat huquqlaridan foydalanadigan partiyalar vakillari, mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishda ovoz berish huquqi yoki hukumatga ishonch votumi bundan mustasnoConstitution of the Republic of Singapore (Amendment) Act 1984 (No. 16 of 1984), in force on 10 August 1984; and the Parliamentary Elections (Amendment) Act 1984 (No. 22 of 1984), in force on 22 August 1984..
1988-yil instituti joriy etildi (GRCs)Constitution of the Republic of Singapore (Amendment) Act 1988 (No. 9 of 1988), in force on 31 May 1988.. Bu Singapurdagi alohida turdagi saylov okrugi boʻlib, unda deputatlar parlamentga guruh sifatida saylanadilar, har bir GRCning kamida bitta aʼzosi ozchilikdan (hind, malay va boshqalar) boʻlishi kerakConstitution, Art. 39A..
1991-yil Konstitutsiyaga mamlakat prezidentini saylashning yangi tartibi kiritildi – bundan buyon u umumxalq ovoz berish yoʻli bilan saylandihttp://statutes.agc.gov.sg/aol/search/display/view.w3p;ident=d996381a-9903-4295-a7a8-791c850aa350; in force on 30 November 1991..
1994-yil Singapur Respublikasi Konstitutsiyaviy tribunali Prezident va Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida konstitutsiyaviy masalalar boʻyicha nizolarning oldini olish mexanizmi sifatida tashkil etilganhttp://statutes.agc.gov.sg/aol/search/display/view.w3p;ident=b06a2434-81bd-4c7e-ac92-9639571f6a36;in force on 1 October 1994..
Manbalar
Havolalar
Singapur Konstitutsiyasi Turkum:Konstitutsiyalar Turkum:Singapur