Carrie Jones (2003-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — Uelslik futbolchi, „Manchester United“ va Uels terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U 2019-yilda 15 yoshida Uels terma jamoasi safida debyut qilgan.

Yoshlik yillari Jones 2003-yil 4-sentyabrda Uelsda Andrew va Joyce Jones oilasida tugʻilgan. U Newtown shahrida (Pauys) oʻsgan va katta opasi Maia va ukasi Ioan bor. U Newtown oʻrta maktabida oʻqigan.

Jones bolaligida amakivachchalari bilan Pauisdagi buvisining fermasida futbol oʻynay boshlagan va yoshlik faoliyatining asosiy qismini mahalliy oʻgʻil bolalar jamoalarida oʻynagan. U yetti yoshida oʻzining birinchi yoshlik jamoasi — Newtown Oq yulduzlariga qoʻshildi. Qizlar 12 yoshga toʻlgunga qadar oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynashni taqiqlovchi qoida joriy qilinganidan keyin u klubni tark etishga majbur boʻlgan. Oxir-oqibat bu qoida bekor qilindi va Jones oʻgʻil bolalar safida oʻynashni davom ettirdi. Keyinchalik u Berryu Junior Boys jamoasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Cardiff City Ladies Jones 2019-20-yilgi mavsumda Angliya ayollar milliy ligasining janubiy jamoasi Cardiff City Ladies jamoasiga qoʻshilgan. U jamoa safida 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Manchester United 2020-yil iyun oyida Jones Manchester Unitedga koʻchib oʻtishi va klubning U21 FA WSL Akademiyasi jamoasiga qoʻshilishi eʼlon qilindi. dastlabki ikki oʻyinda u zahiraga kiritilgan lekin maydonga tushmagan, u birinchi jamoadagi debyutini 2021-yil 7- martda 88-daqiqada Jessika Sigsvort oʻrniga FA WSL 3:0 hisobida Aston Villaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda maydonga tushgan.

2021-yilning 19-noyabrida Jones „Manchester united“ bilan professional shartnomasini yana bir yilga yaʼni 2023-yilgacha imzolagani eʼlon qilindi.

Xalqaro faoliyati Ilgari Uels terma jamoasini 16 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida sardorlik qilgan.. 2019-yil 29-avgustda Emma Jons oʻrniga 83-daqiqada zahiradan maydonga tushib Uels terma jamoasida debyut qilgan. 15 yoshu 359 kunligida UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2021 saralashida Farer orollariga qarshi gʻalaba qozongan. Jones oʻtgan yili tajriba oshirish mashqlari sifatida kattalar tarkibiga chaqirilgan edi, ammo yosh cheklovi tufayli tarkibga qoʻshila olmagan. U 2021-yil 15-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (1:0) 77 daqiqa oʻynab, ikkinchi oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolCardiff City Ladies 2019-20 WNL Janubiy 9 3 1 0 0 0 10 3Manchester United 2020-21 WSL 2 0 2 0 0 0 4 0 2021-22 3 0 1 0 2 0 6 0 Jami 5 0 3 0 2 0 10 0 Karyera jami 14 3 4 0 2 0 20 3

Xalqaro Uels YilOʻyinGol 2019 1 0 2020 0 0 2021 6 0 2022 5 0 Jami 12 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Uelslik ayol futbolchilar