Hafsa bint Umar (; 605-665), islom paygʻambari Muhammad s.a.v.ning ayollari edi. U, shuningdek, Rashidun xalifaligining ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattabning qizi. Islom yozuvlarida uning ismi koʻpincha „Moʻminlar onasi“ (arabcha:أمّ المؤمنين, ʾumm al -muʾminīn) unvoni bilan qoʻshib yoziladi.

Yoshlik davri Hafsa Umar ibn al-Xattob va Zaynab binti Madhuvning qizi va katta farzandi edi. U „Paygʻambar yuborilishidan besh yil oldin Quraysh Kaʼba uyini qurayotganda“, yaʼni 605-yilda tugʻilganMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina p. 56. London: Ta-Ha Publishers..

Nikoh U Xunais ibn Huzayfaga turmushga chiqqan, ammo 624-yilning avgustida beva qolganMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 307. London: Ta-Ha Publishers..

Hafsa R.A. kutish muddatini tugatgandan soʻng, otasi Umar R.A. uning qoʻllarini Usmon ibn Affonga R.A, keyin esa Abu Bakr R.A.ga uzatishni taklif qildi lekin ikkalasi ham uni rad etishdi. Umar R.A. Muhammad S.A.V.ning oldiga borib, bundan shikoyat qilganida, Muhammad: „Hafsa Usmondan yaxshiroqqa, Usmon esa Hafsadan yaxshiroqqa uylanadi“, deb javob berdiIbn Saad/Bewley vol. 8 pp. 56-58. The story is told in five separate traditions..

Muhammad S.A.V hijriy 3-shabonda (625 yil yanvar oxiri yoki fevral boshi) Hafsa R.A.ga uylandiIbn Saad/Bewley vol. 8 p. 58.. Bu nikoh „ Bu Paygʻambar S.A.Vga,Margoliouth, D. S. (1905). Mohammed and the Rise of Islam, p. 307. New York & London: G. P. Putnam’s Sons. endi uning qaynotasi boʻlgan Umar R.A. bilan ittifoq qilish imkoniyatini berdi.“

Eʼtiborga molik ish Usmon xalifa boʻlgach, Qur’on matnini standartlashtirishda Hafsa nusxasidan foydalanganBukhari 6:60:201.. Yana Muhammaddan oltmish hadis rivoyat qilgani aytiladiSiddiqi, M. Z. (2006). Hadith Literature: Its Origin, Development, Special Features and Criticism, p. 25. Kuala Lumpar: Islamic Book Trust..

Vafoti U hijriy 45-yil shabon oyida, yaʼni 665-yilning oktabr yoki noyabrida vafot etgan. U al-Baqiyda boshqa moʻmin onalari yoniga dafn etilganIbn Saad/Bewley vol. 8 p. 60..

Zid qarashlar

Sunniy qarashlar Hafsa sunniylar tomonidan olim va izlanuvchan deb koʻriladi. U imonlilarning onasi sifatida ham hurmatga sazovor.

Shia qarashlar Shialarning qarashlari sunniylikdan ancha farq qiladi. Aksariyat oʻn ikki shia Hafsani otasi Umarning xalifaligini qoʻllab-quvvatlagani uchun tanqid qiladi.

Yana qarang

Sahobaning sunniy qarashlari

Manbalar

Turkum:605-yilda tugʻilganlar Turkum:Umar Turkum:Roshidun xalifalarining farzandlari Turkum:Muhammadning oilasi