right|thumb|326x326px| Payg'ambarlar qabri xaritasi. Xaggay, Zakariyo va Malaki payg'ambarlarning qabri ( Qubur El Anbiyya, lit. payg'ambarlar qabrlari ; Payg'ambarlar g'ori) — Quddusdagi Zaytun tog'ining g'arbiy yon bag'rida joylashgan qadimiy qabriston (Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) — iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs). O'rta asrlarda yahudiy ta`limotiga ko'ra, katakombalar ya`ni payg`ambarlar miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashagan deb hisoblangan. Uchta yahudiy xristianlar tomonidan qabul qilingan Injilda nomi keltirilgan payg'ambarlar Xaggay, Zakariyo va Malakiyning nomi yuqorida keltirilgan joyda dafn qilingan deb hisoblanadi. Arxeologlar, kitobning nozil qilinishi va yashab o`tgan shaxslardan kelib chiqqan holda, bu uch qabr miloddan avvalgi 1-asrga tegishli deb hisoblashadi Murphy-O’Connor J. The Holy Land: An Oxford Archaeological Guide from Earliest Times to 1700. — 5th ed. — 2008..
Payg'ambarlar qabri joylashgan joy hozirda Quddusdagi Rossiya cherkov hududiga (ROCOR Getsemane monastiri) tegishli.
Qabr muqaddas joy sifatida Bu joy o'rta asrlardan beri yahudiylar tomonidan e'zozlanib kelinmoqda va ular bu yerga tez-tez tashrif buyurishgan. 1882-yilda Arximandrit Antonin (Kapustin) bu joyni rus pravoslav cherkovi uchun sotib oldi. U bu yerda cherkov qurishni rejalashtirgan va bu gʻorga tashrif buyurgan. Ammo, o`z payg`ambarlarini qattiq hurmat qilgan yahudiylarning noroziligiga sabab buzilmay qolgan. 1890-yilda Usmonli sudi bitimni qonuniy deb topdi, biroq ruslar bu hududda nasroniy ramzlari yoki piktogrammalarini ko'rsatmaslikka rozi bo'lishdi, bu esa barcha dindagi odamlar uchun kirib, foydalansa bo`ladigan joy sifatida qoldirildi.
Galereya
Foydalanilgan adabiyotlar
Havolalar
Isroil qadimiy ashyolar boshqarmasi veb-saytidagi Payg'ambarlar maqbaralari (Ibroniycha).
Turkum:Maqbaralar Turkum:Paygʻambarlar Turkum:Quddus Turkum:Miloddan avvalgi I asr Turkum:Nasroniylar