Kathryn Aselton (1978-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, rejissor va produser. U 2010-yilda Sundans kinofestivalida „Next“ nominatsiyasida namoyish etilgan The Freebie filmida rejissorlik qilgan. U, shuningdek, 2009-yildan 2015-yilgacha boʻlgan yetti mavsum davomida FX TV kanalidagi The Leagued sitkomida va FX ning Marvel Comics X-Men drammasi boʻlmish Legion epizodining dastlabki ikki mavsumida rol ijro etgan.
Yoshligi Aselton Maine shtatining Milbridge shahrida tugʻilgan. U 1995-yilda tanlovlarda qatnasha boshlaydi va xuddi shu yili Miss Maine Teen USA va Miss Teen USA tanlovlarida birinchi hamda ikkinchi oʻrinlarni egallagan. U 1996-yilda Maine shtatining Harrington shahridagi Narraguagus oʻrta maktabini tamomlagan. U aktrisalik faoliyatini boshlash uchun Los Angelesga koʻchib oʻtishdan oldin ikki yil davomida Boston universiteti qoshida aloqa hamda kommunikatsiyalar maktabida tahsil oladi va u yerda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Mark Duplass bilan uchrashadi. Keyin u New Yorkdagi Amerika dramatik sanʼat akademiyasida ikki yil tahsil oladiMcGarrigle, Dale (January 13, 2004). „Falling into Place“. Bangor Daily News. Retrieved January 18, 2010..
Faoliyati 2004-yilda Aselton „Scrapple“ nomli oʻzi yozgan va rejissorlik qilgan qisqa metrajli filmda Mark Dyuplass va ukasi Jay Duplassga qarshi boʻkgan rolni tasvirlaydi. Aselton filmni qayniukasi Jey bilan birga Mark Dyuplass rejissorlik qilgan The Puffy Chair filmida debyutini amalga oshiradi. Filmning premyerasi 2005-yil yanvar oyida Sundance kinoteatrlarida boʻlib oʻtadi va 2006-yil 2-iyunda cheklangan miqdorda chiqariladi. Oʻsha yili Aselton „The Intervention“ qisqa metrajli filmida Stiv Zissisga qarshi rolni gavdalantiradi. 2009-yilda aktrisalik tanaffusdan soʻng, Aselton The Office serialining epizodida paydo boʻladi. Oʻsha yili u „Easier with Practice“, „Other Peopleʼs Parties“ va „Feed the Fish“ filmlarida paydo boʻladi 2016-yilda Aselton eri va qayni ukasi tomonidan yaratilgan hamda HBO telekanalida suratga olingan serial „Togetherness“ da Anna rolida paydo boʻladi. Oʻsha yili u „Casual“ filmining ikkinchi mavsumida Jennifer rolida tasvirlaydi.
Shaxsiy hayoti Aselton oʻzining "The League" filmidagi hamkasbi Mark Duplassga turmushga chiqqan. Ularning 2007 va 2012-yillarda tugʻilgan ikki nafar qiz farzandlari bor.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2004ScrappleAmyQisqa metrajli film2005The Puffy ChairEmily2005The InterventionUnknownQisqa metrajli film2005Geek Like MeShort film2009Easier with PracticeNicole2009Other Peopleʼs PartiesMaggie Rihneau2009Feed the FishSif Anderson2010CyrusPretty Girl2010The FreebieAnnieShuningdek, ssenariy mualifi va produser2011Our Idiot BrotherAmy2011The FickleJessieQisqa metrajli film2011Jeff, Who Lives at HomeHostess2011TreatmentVivienne2012Black RockAbbyShuningdek, ssenariy mualifi va produser2014CreepAngela (voice)2015The Sea of TreesGabriella Laforte2015The GiftJoan Callem2017Fun Mom DinnerEmily2017Father FiguresSarah OʻCallaghan2018Book ClubAdrianne2018Deep MurderBabs Dangler2019The Tomorrow ManJanet2019The Devil Has a NameOlive Gore2019SynchronicTara Dannelly2019BombshellAlicia2020She Dies TomorrowSusan2021Silk RoadSandy Bowden2021The UnholyNatalie GatesTBAMack & Rita Rejissor
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2001UndressedKim2ta epizod2009The OfficeGlove GirlEpizod: „Blood Drive“2009-2015The LeagueJennyBosh rollardan biri, 82ta epizod2010PlayersKenʼs Date1ta epizod2013Burning LoveIdina Blimperson1ta epizod2013NewsreadersMonica Collander1ta epizod2014RevolutionDuncan Page2ta epizod2014WedlockCandace2ta epizod2015Weird LonersApril1ta epizod2016Animals.Rebecca / Mom (voice)4ta epizod2016TogethernessAnna3ta epizod2016CasualJennifer2017-2018LegionAmyBosh rol2017Curb Your EnthusiasmJeanEpizod: „Thank You for Your Service“2019VeepStephanieEpizod: „Pledge“2021The Morning ShowMadeleine, Chipʼs fiancée2-mavsum
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar