Andorra konstitutsiyasi din erkinligini taʼminlaydi va hukumat hozirga vaqtda ushbu qonunni qoʻllab quvvatlaydi. Mamlakatda rasmiy davlat dini yoʻq, ammo Konstitutsiya Rim-katolik cherkovi bilan alohida munosabatlarni tan oladi, u baʼzi imtiyozlarga ega boʻlsa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalarsiz, boshqa diniy guruhlarga kira olmaydi.
Andorra aholisi 82 887 kishi (2020-yil holatiga koʻra). Andorra mamlakati aholisining 80 % ga yaqini katolik diniga eʼtiqod qiladi. Ularning homiysi Merixelning xonimidir. Uning sharafiga 8-sentabr kuni mamlakatda milliy bayram oʻtkaziladi. Andorrada yana 17,5% protestanizm va yana 2% aholi esa dinsiz hisoblanadi, Andorra davlati aholisining 0,5% esa boshqa din vakillari sanaladi.
Aholisi asosan Ispaniya, Portugaliya va Fransiyadan kelgan muhojirlardan iborat boʻlgan Andorra mamlakatida toʻliq fuqarolar umumiy sonining 36 % dan kamrogʻini tashkil qiladi. Immigrantlar ham asosan katoliklardir. Hisob-kitoblarga koʻra, katoliklarning yarmi cherkovga faol boʻlib boradi.
Katoliklardan tashqari, mamlakatda xristian dinining boshqa vakillari ham isteʼqomat qiladi: Jumladan, Anglikan, Yangi Apostol cherkovlari, shuningdek, Iso Masihning Soʻnggi zamon avliyolari cherkovi va Iegova guvohlari ham Andorra mamlakatida keng tarqalgan.
Kichik musulmon jamoasi asosan Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlardan tashkiltopgan. Mamlakatda hindu va bahoiylarning kichik jamoasi ham mavjud. Andorrada yashovchi 100 ga yaqin yahudiylar yahudiylikni ham isteʼqomat qiladi va Andorra mamlakati ushbu dinni ham tan olgan.
Manbalar
Turkum:Andorra Turkum:Islom dini Turkum:Xristianlik Turkum:Yahudiylik