Amet Abdullayevich Memet (1954-yil 22-iyunda tugʻilgan) — oʻzbek va ukrainlik futbolchi, himoyachi. Hozir murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi.

Futbolchilik faoliyati Amet Abdullayevich asosan Oʻzbekiston SSR futbol klublari safida SSSR Ikkinchi ligasida toʻp surgan. Futbolchi eng katta shon-shuhratni Namanganning „Tekstilshik/Avtomobilist“ (hozirgi „Navbahor“) jamoasidagi oʻyinlari evaziga qoʻlga kiritgan. Shuningdek, „Yoshlik“ (Toʻraqoʻrgʻon), „Kosonsoy“ va „Chortoq“ klublarida ham toʻp surgan.

Murabbiylik faoliyati Amet Abdullayevich murabbiylik faoliyatini 1990-yillarda boshlagan. 2000-yilda Namanganning „Navbahor“ klubini boshqargan boʻlsa,InterFUTBOL __ „NAVBAXOR“_ 35 TRYeNYeROV ZA 25 SYeZONOV 2009-yilda bir muddat „Bunyodkor“ bosh murabbiyi va oʻsha vaqtda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovning yordamchisi (bosh murabbiy) lavozimida faoliyat yuritgan. 2010-yilda „Andijon“, 2013-yilda yana „Navbahor“ va 2013—2014-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ klublarini boshqargan. 2014—2016-yillarda „Bunyodkor“ murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa Oʻzbekistondan koʻchib ketganAmet Memet mojet vernutsya v Uzbekistan.

Manbalar

Havolalar

Transfermarkt (тренер)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Yoshlik Toʻraqoʻrgʻon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Bunyodkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari