Husniddin Gʻofurov (1994-yil 29-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.
Futbolchilik faoliyati Fargʻonada tugʻilgan Husniddin 2012/13-yillarda Serbiyaga koʻchib oʻtgunga qadar Oʻzbekistonning „NBU Osiyo“ jamoasida oʻynagan. 2013-yilda u Oʻzbekiston Birinchi ligasida jami 14 ta gol muallifiga aylangan boʻlib, shulardan 13 tasini chempionatning birinchi bosqichida urgan va „NBU Osiyo“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2013-yilning yozida u FK Javor Ivanjica bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2013-yilning 31-avgustida u 2013/14-yilgi Serbiya Superligasida „Spartak Zlatibor Voda“ga qarshi toʻrtinchi tur oʻyinida debyut qilgan.
2018-yilning 15-yanvar kuni Gʻofurov Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U „Lokomotiv“ bilan 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasi va 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u, 2019-yil 21-iyul kuni Lokoning raqibi Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan 2024-yil yanvar oyida Bekobodning „Metallurg“ jamoasidan Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtdi va shartnoma imzoladi..
Milliy terma jamoa Gʻofurov 2013-yilning may oyida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻquv lagerida ishtirok etgan.
2014-yilning 19-may kuni Gʻofurov Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirilgan.
U 2014-yilning 27-may kuni Ummonga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, milliy terma jamoadagi rasmiy debyutini oʻtkazgan.
2016-yilda u yoshlar darajasida iqtidorini namoyish etgan. Yanvar oyida 2016-yilgi 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan, oktyabr oyida esa 2016-yilgi U-19 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
Xalqaro maydondagi gollari № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.15.02.2021 Theab Awana stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 1 – 0 2-0Oʻrtoqlik
Yutuqlar
Lokomotiv Toshkent
Oʻzbekiston Superligasi: 2018 Oʻzbekiston Superkubogi: 2019
Paxtakor Toshkent
Oʻzbekiston Superligasi: 2019 Oʻzbekiston kubogi: 2019 Oʻzbekiston Liga Kubogi: 2019
Manbalar
Havolalar
Husniddin Gafurov at Soccerway Husniddin Gafurov at National-Football-Teams.com Husniddin Gafurov – UEFA competition record (archive)
Turkum:29-iyulda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FK Mladost Lučani futbolchilari Turkum:FK Javor Ivanjica futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar