Sergey Ivanovich Lushan (1973-yil 14-iyun, Oʻzbekiston SSR, Bekobod shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi himoyachi ampulasida oʻynagan. Namanganning Navbahor jamoasi bosh murabbiyi.

Faoliyati Klub Uning yoshlikdagi futbolchilik faoliyati olti yoshida „Paxtakor“ futbol akademiyasida boshlangan. Lushanning birinchi professional klubi Patriot Moskva boʻlgan. Futbolchilik faoliyati davomida u Rossiyaning „Okean Naxodka“, „Krilya Sovetov Samara“, „Rostselmash Rostov-na-Donu“ va boshqa klublarida oʻynagan. 2007-yilda „Bunyodkor“ga oʻtib, ikki mavsum oʻynagach klubda oʻz faoliyatini yakunlagan. 

Xalqaro faoliyati Lushan 1998-yildagi debyutidan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 28ta oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan. U 1998-yil 16-noyabrda Hindistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

Murabbiylik faoliyati 2008-yilda futbolchilik faoliyatini „Bunyokdor“da yakunlab, klubning yoshlar akademiyasi direktori etib tayinlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston yoshlar ligasida toʻp suradigan „Bunyodkor“ yoshlar jamoasi oʻrinbosarlari murabbiyi etib tayinlangan. 2013/2014-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surayotgan „Bunyodkor-2“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2014-yilning 11-martida Aleksey Yevstafeyev oʻz lavozimini tark etganidan soʻng, u Oʻzbekiston U-19 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan.

2014-yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston U-19 terma jamoasidagi vazifasini tark etib, „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. U bu lavozimda vaqtinchalik boshqaruvchi Aleksandr Volkovni oʻrniga kelgan. 2015-yil 20-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Neftchi—Bunyodkor uchrashuvidan soʻng isteʼfoga chiqqan va 2015-yil 23-sentyabrda oʻz lavozimini tark etgan.

2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan Samarqandning Dinamo klubi murabbiyi sifatida ish boshlagan. 5 oy davomidagi faoliyatidan soʻng istefoga chiqarilgan.

2024-yil 19-iyulda Namanganning Navbahor jamoasi bilan shartnoma izmzolagani eʼlon qilngan va bosh murabbiyga aylangan. Navbahor Lushan boshqaruvida umumiy hisobda 35 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, bu uchrashuvlarning 16 tasida g‘alaba qozongan, 9 ta bahsda durang qayd etgan, 10 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergan. Shuningdek, O‘zbekiston kubogi doirasida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta g‘alaba (ikkitasi penaltilar seriyasi orqali), 1 ta durang qayd etgan va 2 marta mag‘lubiyatga uchragan.

2026-yil 13-iyul kuni Mashʼal klubining bosh murabbiyi Ildar Sakayev klub texnik direktori lavozimiga oʻtkazilganligi munosabati bilan klub bosh murabbiyligiga Sergey Lushan tayinlangan. Faoliyat statistikasi Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogiQitʼa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyin Gol Bunyodkor 2007 Oʻzbekiston ligasi 24 4 5 1 - 29 5 2008 4 1 2 0 4 0 10 1 Jami 28 5 7 1 4 0 39 6 Karyera jami 28 5 7 1 4 0 39 6

Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasi YilOʻyinGol 1998 7 0 1999 4 0 2000 3 1 2001 10 0 2002 1 0 2003 3 0 Jami 28 1

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.17.10.2000 Saida Municipal Stadium, Saida, Livan 1 — 5 1 — 8 Qitʼa chempionati

Yutuqlar

Bunyodkor

Oʻzbekiston ligasi (1): 2008-yil Oʻzbekiston kubogi (1): 2008-yil

Manbalar

Havolalar Russian League statistics at Sportbox.ru

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:FC Okean Nakhodka futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:FC Elista futbolchilari Turkum:FC Metallurg Lipetsk futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:1998-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:2000-yilgi AFC Osiyo kubogi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Bunyodkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Bunyodkor-2 klubi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari