Summer Yasmine Bishil„Summer Bishil“ . TV Guide. Retrieved February 23, 2017. (; 1988-yil 17-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. Bishil birinchi marta 2007-yilda „Towelhead“ filmida Jasira obrazini gavdalantirgan davrida mashhurlikka erishadi va buning uchun u "Eng yaxshi bosh roldagi ayol" nominatsiyasida Independent Spirit mukofotiga nomzod boʻladi. Keyingi bir necha yil ichida u ABC kanalining qisqa muddatli Lucky 7 (2013) serialida rol ijro etadi. Ushbu filmdan oldin aktrisa "The Last Airbender" (2010) va 90210 (2011) kabi filmlar va teleseriallarda kichik rollarni oʻynagan. U 2015-yildan 2020-yilgacha suratga tushgan The Magician serialida hamda Syfy fantastik dramasigi Margo Hanson roli orqali kino ixlosmandlari qarshisida tanilishni boshlagan.

Yoshligi Bishil Californiyaning Pasadena shahrida oiladagi uch farzandning kenjasi sifatida dunyoga kelgan. Uning onasi meksikalik, otasi esa hindistonlikOʻSullivan, Michael (March 13, 2009). „Summer Bishil Aims to Play Against Type“. The Washington Post. Retrieved June 1, 2016.. 1991-yilda, Bishil uch yoshga toʻlganida, oila Saudiya Arabistoniga, keyin Bahraynga koʻchib oʻtadi. Yahoo! Movies Canada. Archived from the original on January 7, 2015.Abramowitz, Rachel (September 3, 2008). „In suburbia, a world of woes“. Los Angeles Times. Retrieved March 6, 2022.. Bishil akasi bilan Britaniya va Amerika maktablarida tahsil olgan.

2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar uning oilasini AQShga qaytishga qaytishga undaydi. Ular San Diegodagi mormonlar jamoasiga koʻchib oʻtishadi. U yerda Bishil bir hafta davomida oddiy davlat oʻrta maktabida oʻqiydi. AQSHda 11-sentabrdan keyingi taranglik tufayli uning sinfdoshlari uni yaxshi kutib olishmaydi. U qaytish oson boʻlmaganini taʼkidlab: „Men u yerni yomon koʻrardim. Maktabning birinchi kunidayoq meni fohisha deb haroqat qilishgandi. Ular meni otamni terrorizmni moliyalashtiradi, deb oʻylashardi. Men u yerda hech kim mening doʻstim boʻlishini xohlamasligini bilardim. Bu yerdagi birinchi yilimda juda katta vahimada hayot kechirganman.“, deya qaygʻu bilan intervyu beradi, aktrisa. Keyinchalik oila California shtatining Arcadiya shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda onasi uni uyda mustaqil oʻqitadi. U Kaliforniyaning Glendora shahridagi Citrus kollejida saboq oladi.

Faoliyati Bishil 14 yoshida aktyorlik saboqlarini ola boshlagan. Bir yil ichida u menejer va agentlik bilan shartnoma imzolaydi. Bishilning birinchi roli qisqa muddatli Nickelodeonda uzatilgan televizion koʻrsatuv Just for Kicksda boʻlgan. Soʻngra, yosh aktrisa bir nechta boshqa bolalar uchun moʻljallangan shoularda paydo boʻla boshlagan.

Aktrisa 2009-yilda Harrison Ford, Ray Liotta va Ashley Juddlar qatnashgan hamda Wayne Kramer rejissorlik qilgan „Crossing Over“ filmida suratga tushadi. Associated Press agentligi muharriri Jey Rainer ushbu kartinani ijobiy taʼriflagan. Bishil M. Night Shyamalanning 2010-yilgi "The Last Airbender" filmida Azula rolini oʻynash uchun tanlangan.

2013-yilda Bishil qisqa muddatli ABC telekanida efir yuzini koʻrgan dramatik teleserial „Lucky 7“da bosh rollaridan biri Samira obrazini gavdalantiradi. 2014-yil oxirida Bishil besh fasldan soʻng nihoyasiga yetgan Syfy drama serialida Margo Hanson rolini ijro etadi.

Filmografiyasi +FilmlardaYilSarlavhaRolIzohlar2007TowelheadJasira Maroun2009Crossing OverTaslima Jahangir2010Mooz-lumIman2010Public RelationsSara2010The Last AirbenderAzula2013Pop StarPriscilla2018Under the Silver LakeThe Girlfriend +Televizion rollariYilSarlavhaRolIzohlar2005Days of Our LivesStaceyEpizod #1.101642006Just for KicksStaceyEpizod : „Premiere Episode: Part 2“2006Drake & JoshTabithaEpizod : „Josh Runs Into Oprah“2006Hannah MontanaRachelEpizod : „Good Golly, Miss Dolly“2006Return to HalloweentownAneesaTelevizion film2009Three RiversKaren RollinsEpizod : „Good Intentions“2010Michelle PennerEpizod : „Young Love“201190210Leila Shirazi4ta epizod2013Lucky 7SamiraBosh rol; 8ta epizod2013Blast VegasSerenaTelevizion film2014Law & Order: Special Victims UnitHeba SalimEpizod: „Criminal Stories“2015iZombieEliza MarquetteEpizod: „Flight of the Living Dead“2015-2020The MagiciansMargoBosh rol; 65ta epizod

Mukofotlar va nominatsiyalar YilMukofotKategoriyaNomzod filmNatija Manba (lar)2008Young Hollywood AwardsOne to WatchTowelhead 2008Independent Spirit AwardsBest Female LeadTowelhead

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar