Andrey Gennadyevich Miklyayev 1967-yil 7-sentabrda Toshkentda tugʻilgan oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2019-yildan buyon “Surxon” (Termiz) klubi bosh murabbiyi.
Karyerasi Futbolchilik faoliyati Andrey Miklyayev Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu klubning futbol akademiyasida tahsil olgan. 1984-yilda Miklyayev oʻzining professional faoliyatini aynan shu klub tarkibida boshlagan. 1987-yilda Kiyevning “SKA” va Moskvaning “SSKA” klublarida oʻynagan.
1980-yillar oxirida Miklyayev “Paxtakor”ga qaytgan. 1991-1994-yillarda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasida toʻp surgan va ushbu klub safida 116 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1990-yillarning ikkinchi yarmida “Paxtakor”, “Politotdel” va “Nasaf” klublarida oʻynagan. 2000-2001-yillarda Bekobodning “Metallurg” jamoasida toʻp surgan va 2001-yilda futbolchilik faoliyatini shu klub tarkibida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir yil oʻtib, 2002-yilda Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Ikki mavsum shu klubda ishlagan va 2004-yili “Lokomotiv”ga oʻtib, Toshkent temiryoʻlchilariga rahbarlik qilgan. 2005-2007-yillarda Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2008-2010-yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sport direktori lavozimida ishlagan. 2010-yilda bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2011-yilda Olmaliqning murabbiylar shtabida ishlagan. 2012-yilda “Lokomotiv”ga qaytib, jamoa murabbiylar shtabi a’zoligiga kirgan. 2015-yilda yana bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2016-yilning yanvaridan 2018-yilning apreliga qadar ushbu klubda bosh murabbiy boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:NBU-Osiyo futbol klubi murabbiylari