Avantika Mishra — hind aktrisasi va sobiq modeli, asosan telugu tilidagi filmlarida suratga tushadi. Shuningdek, u tamil tilidagi filmlarida ham suratga tushgan.

Yoshlik davri Avantika Mishra Nyu-Dehlida tugʻilgan, Mishra Air Force Golden Jubilee institutida va Bangalordagi K.V Hebbalda tahsil olgan. U kollej va maktabda oʻqib yurgan paytlarida sport musobaqalarida jumladan, badminton va voleybol turnirlarida ishtirok etgan. Keyinchalik Avantika Mishra modellik faoliyati sabab juda koʻp sayohatlar qila boshlagan, bu sayohatlari unga kino sanoatiga kirishiga turtki boʻlgan. Avantika olti oy modellikda faoliyat yuritganidan soʻng, rejissyor Neelakanta bilan uchrashish imkoniga ega boʻlgan va rejjisyor Avantikani filmda rolga taklif qilgan.

Faoliyati Avantika Mishra oʻz faoliyatini Puma, Femina va boshqa bir qancha brendlar uchun model sifatida boshlagan. Uning birinchi aktyorlik roli Neelakantaning Maaya filmida boʻlgan. Avantika Mishra Tarun Shetti bilan birga Meeku Meere Maaku Meme filmida bosh rolni ijro etgan. Film 2016-yil 17-iyunda chiqarilgan. Avantika Vijay Devarakonda tomonidan ishlab chiqarilgan Meeku Maathrame Cheptha filmida aktyor Tharun Bhascker Dhaassyam va Vani Bhojan bilan birga juftlik bosh rolni ijro etgan. Avantika keyingi yillarda aktyor Arulniti bilan birga kollejda ishlagan va YouTuber Vijay Kumar Rajendran (Euma Saani shuhrati) rejissyori boʻlgan D Block dramasida bosh rol sifatida obrazga kirishgan. U, shuningdek, Enna Solla Pogirai filmida bosh rolni ijro etgan hamda debyutant Hariharan prodyuserligida olingan Trident Arts filmida aktyor Ashwin Kumar Lakshmikanthan bilan birga suratga tushgan.

Filmografiyasi YilNomRolTil2016Meeku Meere Maaku MemePriyaTelugu2017 VyshakamBhanumathi2019Meeku Maathrame ChepthaRakesh’s Co — Star2020BheeshmaOʻzi2022Enna Solla PogiraiAnjaliTamilD BlockShruthiNenjamellam KadhalLeona

Manbalar

Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindistonlik televideniye aktrisalari Turkum:Telugu kino aktrisalari Turkum:Tamil kino aktrisalari Turkum:XXI asr hind aktrisalari