Samuel Philips Huntington — (1927-yil 18-aprel — 2008-yil 24-dekabr) amerikalik siyosatshunos, maslahatchi va akademik. U Harvard universitetida yarim asrdan koʻproq vaqtini oʻtkazdi, u yerda Harvard xalqaro aloqalar markazi direktori va Albert J. Weatherhead III universiteti professori boʻlgan.
Jimmy Carter prezidentligi davrida Huntington Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi xavfsizlikni rejalashtirish koordinatori boʻlgan. 1980-yillarda Janubiy Afrikadagi aparteid davrida P. V. Bothaning Xavfsizlik xizmatlarida maslahatchi boʻlib ishlagan.
U oʻzining 1993-yilda „Sovuq urushdan keyingi yangi dunyo tartibi toʻgʻrisida“gi „Clash of Civilizations“ nazariyasi bilan mashhur. U kelajakdagi urushlar mamlakatlar oʻrtasida emas, balki madaniyatlar oʻrtasida olib borilishini va islom ekstremizmi Gʻarbning dunyodagi hukmronligi uchun eng katta tahdidga aylanishini taʼkidlaydi. Huntington fuqarolik-harbiy munosabatlar, siyosiy rivojlanish va qiyosiy hukumat boʻyicha Amerika qarashlarini shakllantirishga yordam bergan. Ochiq Syllabus loyihasiga koʻra Huntington siyosatshunoslik kurslari uchun kollej va oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlarida eng koʻp tilga olingan ikkinchi muallifdir.
Yoshligi va taʼlim Huntington 1927-yil 18-aprelda New York shahrida qisqa hikoyalar yozuvchi Dorothy Sanborn (qizlik familiyasi Phillips) va mehmonxona savdosi jurnallari noshiri Richard Thomas Huntington oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi noshir John Sanborn Phillips, 18 yoshida Yale universitetini imtiyozli diplom bilan tugatgan, qisqa muddat AQSh armiyasida xizmat qilgan, Chicago universitetida magistrlik darajasini olgan va Harvard universitetida doktorlik dissertatsiyasini tamomlagan va u yerda 23 yoshidan dars bera boshlagan.
Akademik martaba Huntington 1950-yildan 1959-yilgacha Harvard hukumati departamenti aʼzosi boʻlgan mansabdor Zbigniew Brzezinski bilan birga New Yorkdagi Columbia universitetiga koʻchib oʻtdi. 1959-yildan 1962-yilgacha shu universitetda hukumat professori va Urush va tinchlikni oʻrganish instituti direktori oʻrinbosari boʻlgan. Huntington 1963-yilda Harvardga qaytishga taklif qilinadi va bu yerda oʻlimiga qadar faoliyat yuritadi.1965-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylanadi. Huntington va Warren Demian Manshel „Foreign Policy“ jurnalining asoschisi va muharrirlari edilar. Huntington 1977-yilgacha jurnal hammuallifi sifatida qoldi.
Huntingtonning birinchi yirik kitobi "The Soldier and the State: The Theory and Politics of Civil-Military Relations" (1957) boʻlib, nashr etilgandan soʻng juda ziddiyatli vaziyatni yuzaga keldtiradi, ammo hozirda Amerika fuqarolik-harbiy munosabatlariga oid eng taʼsirli kitob sifatida qabul qilinganMichael C. Desch. 1998. Michael C. Desch. 2001. Peter D. Feaver. 1996. . U oʻzining "Political Order in Changing Societies" (1968) asari bilan mashhur boʻlib, bu asar modernizatsiya nazariyotchilarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yaqinda dekolonizatsiya qilingan mamlakatlarda barqaror demokratiyani vujudga keltirishi haqidagi anʼanaviy fikriga qarshi chiqdi. Shuningdek, 1976-yilda Uch tomonlama Komissiya tomonidan eʼlon qilingan "The Crisis of Democracy: On the Governability of Democracies" hisoboti hammuallifi ham edi. 1977-yilda Jimmy Carter maʼmuriyatida milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi etib tayinlangan Brzezinski Huntingtonni Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashining xavfsizlikni rejalashtirish boʻyicha koordinatori boʻlishga taklif qildi. U bu lavozimda 1978-yilning oxirigacha xizmat qildi.
Huntington 2007-yilda nafaqaga chiqqunga qadar bakalavrlarga dars berishni davom ettirdi.
Shaxsiy hayoti Huntington rafiqasi Nency Arkelyan bilan 1956-yilda prezidentlikka nomzod Adlai Stevensonning nutqi ustida birga ishlayotganida tanishgan. Ularning Nicholas va Timothy ismli ikki nafar oʻgʻillari boʻlgan
Bir necha yil davomida sogʻligʻi yomonlashganidan keyin Huntington 2008-yil 24-dekabrda 81 yoshida Massachusetts shtatidagi Marthaʼs Vineyard orolida vafot etdi.
Eʼtiborli dalillar
The Soldier and the State "The Soldier and the State: The Theory and Politics of Civil-Military Relations" (1957) asarida. Huntington fuqarolik-harbiy munosabatlarning umumiy nazariyasini taqdim etadi. Obyektiv fuqarolik nazorati nazariyasini taklif qiladi, unga koʻra qurolli kuchlar ustidan nazoratni taʼminlashning optimal vositasi ularni professionallashtirishdir.
Political Order in Changing Societies 1968-yilda Qoʻshma Shtatlarning Vietnamdagi urushi juda ham qizgʻinlashib borayotgan bir paytda, Huntington „Political Order in Changing Societies“ni nashr etdi, bu oʻtgan oʻn yil ichida AQSh ning rivojlanayotgan dunyoga nisbatan siyosatiga taʼsir koʻrsatgan modernizatsiya nazariyasi tanqidi edi.
Huntingtonning taʼkidlashicha, jamiyatlar zamonaviylashgan sari ular yanada murakkab va tartibsiz boʻlib boradi. Agar ushbu tartibsizlikni keltirib chiqaradigan ijtimoiy modernizatsiya jarayoni siyosiy va institutsional modernizatsiya jarayoni bilan mos kelmasa, oqibat zoʻravonlikka olib kelishi mumkin.
1970-yillarda Huntington demokratik va diktator hukumatlarning maslahatchisi boʻlgan. 1972-yilda u Braziliyada Medici hukumati vakillari bilan uchrashadi; bir yil oʻtgach, „Approaches to Political Decompression“ hisobotini nashr etdi, siyosiy liberalizatsiya xavfidan ogohlantirdi, bosqichma-bosqich liberallashtirishni va Meksika Institutsional Inqilobiy partiyasi timsoliga asoslangan kuchli partiyaviy davlat tuzishni taklif qildi. Uzoq muddatli oʻtishdan soʻng, 1985-yilda Braziliya demokratik davlatga aylandi.
1980-yillarda Janubiy Afrika rejimining qimmatli maslahatchisiga aylandi, bu rejim uning siyosiy tartib haqidagi gʻoyalarini aparteidni isloh qilish va kuchayib borayotgan qarshilikni bostirish uchun „umumiy strategiyasini“ yaratishda ishlatdi. Huntington Janubiy Afrika hukmdorlarini islohotni amalga oshirish uchun davlatning repressiv kuchini oshirish (oʻsha paytda politsiya zoʻravonligi, sudsiz ushlab turish va qiynoqlarni oʻz ichiga olgan) zarur boʻlishi mumkinligiga ishontirdi. Reformatsiya „ikki qarash, yolgʻon, notoʻgʻri taxminlar va maqsadli koʻrlikni“ talab qilishini Janubiy Afrikadagi odamlarga aytib oʻtdi. Shunday qilib, u oʻz mezbonlarining aparteidni yoʻq qilish oʻrniga uni „isloh qilish“ loyihasini tasdiqladiJoseph Lelyveld, Move Your Shadow (New York, 1985), 68-69; Shula Marks and Stanley Trapido, "South Africa Since 1976: an historical perspective, " in Shaun Johnson, ed., South Africa: No Turning Back (London, 1988), 28-29.
Huntington Braziliyani muvaffaqiyat timsoli sifatida tez-tez tilga olib, 1988-yilda Amerika Siyosatshunoslik Assotsiatsiyasiga prezidentga qilgan murojaatida uning roliga ishora qilib, siyosatshunoslik bu jarayonda kamtarona rol oʻynaganini izohladi. Britaniyalik siyosatshunos Alan Hooper kabi tanqidchilarning taʼkidlashicha, zamonaviy Braziliyada, ayniqsa, beqaror partiyaviy tizim mavjud boʻlib, undagi eng yaxshi institutsionallashgan partiya Luiz Inasio Lula da Silvaning Ishchilar partiyasi nazorat ostida boʻlishga qarshi chiqqan. Bundan tashqari, Hooperning taʼkidlashicha, zamonaviy Braziliyada fuqarolar ishtirokining yetishmasligi siyosiy ishtirok etishning yuqoridan pastga oʻtish jarayoni tufayli kelib chiqadi.
The Third Wave 1991-yilda chop etilgan „The Third Wave: Democratization in the Late Twentieth Century“ kitobida Huntington 1974-yildagi Portugaliya inqilobidan boshlab uchinchi demokratlashuv toʻlqini boʻlganligini va bu butun Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadagi 60 dan ortiq mamlakatlarni oʻz ichiga olgan tendensiyani tasvirlashini, shuningdek, bu davlatlar demokratik oʻtish davrining qaysidir bosqichini boshdan kechirganligini taʼkidlaydi. Huntington ushbu kitobi uchun 1992-yilda Louisville universiteti Grawemeyer mukofotiga sazovor boʻldi.
"The Clash of Civilizations" thumb| Huntingtonning „The Clash of Civilizations“dan toʻqqizta „sivilizatsiya“ xaritasi 1993-yilda Huntington „The Clash of Civilizations?“ nom ostidagi " Foreign Affairs " jurnalida chop etilgan taʼsirli, tez-tez iqtibos keltiriladigan maqolasi bilan xalqaro munosabatlar nazariyotchilari orasida katta munozaralarga sabab boʻldi. Maqolada u Sovet Ittifoqi qulagandan soʻng islom Gʻarbning dunyoda hukmronligi yoʻlidagi eng katta toʻsiq boʻlib qolishini taʼkidlagan. Shuning uchun Gʻarbning navbatdagi katta urushi Islom bilan boʻlishi muqarrar, deydi u. Uning Sovuq urushdan keyingi geosiyosat va „beqarorlikning muqarrarligi“ tavsifi Francs Fukuyama tomonidan ilgari surilgan „End of History“ tezisiga zid edi.
Huntington „The Clash of Civilizations?“ni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan kengaytiradi va 1996-yilda "The Clash of Civilizations and the Remaking of World Order" nomi bilan nashr ettiradi. Maqolada va kitobda aytilishicha, Sovuq urushdan keyingi mojarolar mafkuraviy emas, balki madaniy tafovutlar tufayli tez-tez va zoʻravonlik bilan yuzaga keladi. Sovuq urush davrida Kapitalistik Gʻarb va Sharqiy Kommunistik Blok oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelgan boʻlsa, endi u dunyodagi yirik sivilizatsiyalar oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin edi — yettiasini aniqlaydi va mumkin boʻlgan sakkiztalik : (i) Gʻarbiy, (ii) Lotin Amerika, (iii) islom, (iv) sinik (xitoy), (v) hindu, (vi) pravoslav, (vii) yapon va (viii) Afrika. Ushbu madaniy tashkilot zamonaviy dunyoni suveren davlatlar haqidagi klassik tushunchaga qarama-qarshi qoʻyadi. Hozirgi va kelajakdagi mojarolarni tushunish uchun madaniy nizolarni tushunish kerak va urushning sababi sifatida davlat emas, balki madaniyatni qabul qilish kerak. Shunday qilib, Gʻarb davlatlari madaniy ziddiyatlarning murosasiz tabiatini tan olmasalar, ustunliklarini yoʻqotadilar. Huntingtonning gaplariga koʻra Sovuq urushdan keyingi geosiyosiy tashkilot va tuzilmadagi bu oʻzgarish Gʻarbdan oʻzining demokratik universalizm idealini oʻrnatishdan va tinimsiz harbiy aralashuvdan voz kechib, oʻzini madaniy jihatdan mustahkamlashni talab qiladi. Huntington 1996-yilgi kengaytirilgan variantida shunday deb yozgan edi: „Etnik mojarolar va sivilizatsiyalar toʻqnashuvi paydo boʻlayotgan dunyoda Gʻarbning Gʻarb madaniyatining universalligiga boʻlgan ishonchi uchta muammoga duch keladi:yolgʻon; axloqsizlik va xavflilik“.