Catherine Tresa Alexander (1989-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modelidir. U oʻz faoliyatini asosan telugu va tamil filmlarida boshlagan. Catherine 2010-yilda Shankar IPS nomli Kannada filmida debyut qilgan. Tresa South Filmfae mukofotlari uchun toʻrt marta nomzodlikka qoʻyilgan.
Yoshligi Catherine Godfather (2012), Madras (2014), Sarrainodu (2016), Nene Raju Nene Mantri (2017), Kalakalappu 2 (2018) kabi muvaffaqiyatli filmlarda rol ijro etgan.
Catherine Tresa BAAning Dubay shahrida malayali millatiga mansub Frank Mario Alexandr va Tresa Alexandra oilasida tugʻilgan. U nasroniy oilada tarbiyalangan. Catherine Dubayda 12-sinfni tamomlagan va oliy maʼlumot olish uchun Bangalorga koʻchib oʻtgan. Oʻqish paytida u pianino chalishni oʻrgangan va qoʻshiq aytish, raqsga tushish, konkida uchish va zakovatlarda qatnashgan. Dubayda Tresa Amirliklar Atrof-muhit boʻyicha koʻngilli boʻlgan. 14 yoshida Tresa moda dizayni bitiruvchilari bilan havaskor modellik bilan shugʻullangan. Hindistonga kelganidan keyin u Nalli Silks, Chennai Silks, Fast Track, Josco Jewelers va Deccan Chronicle uchun modellik qiladi. U, shuningdek, Srikantadatta Vodeyarning Maharaja brendi uchun suratga tushgan va Prasad Bidapa bilan Hindiston boʻylab koʻplab rampa shoularida ishtirok etgan.
Faoliyati Tresa oʻzining aktrisalik debyutini 2010-yilda Kannada filmi Shankar IPSda Duniya Vijay bilan birga qilgan. Tresa Malayalam filmlari, Thriller va Uppukandam Brothers: Back in Action filmlarida rol ijro etgan. 2011-yilda u kannada filmi Vishnuda rol oʻynadi, filmdagi rolini u „uning haqiqiy hayotiga qarama-qarshi“ ekanligini aytadi.
Undan keyin kinooperator, rejissyor Sethu Sriram tomonidan suratga olingan God Father nomli kannada filmida aktyor Upendra bilan birga rol ijro etgan. Tresaning filmdagi qahramoni yoshi kattaroq aqli zaif ayol obrazi edi. Uning ijrosi 60-chi „Eng yaxshi yordamchi ayol roli“ uchun Filmfare mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Catherine rejissyori Neelakanta boʻlgan Chammak Challo filmida suratga tushgan, unda „shaharlik, jasur va harakatchan qiz“ rolini oʻynagan. U 2013-yil fevral oyida chiqarilgan va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo uning roli eʼtiborga olingan va ijobiy sharhlar olgan. APHerald.com uni „tomosha qilish uchun zavq“ deb aytadi,123telugu.com sayti esa „u, kelajakda super yulduz boʻlish imkoniyatiga ega“ ekanligini taʼkidlagan.
Filmografiyasi thumb| Tresa Kalakalappu 2 filmining matbuot yigʻilishida. YilNomRol(lar)TilManba2010Shankar IPSShilpaKannadaThe ThrillerMeeraMalayalam2011Uppukandam Brothers Back in ActionVinila SathyaneshanMalayalamVishnuKannada2012GodfatherVaaniKannada2013Chammak ChalloSunainaTeluguIddarammayilathoAkanshaTelugu2014PaisaNoorTeluguMadrasKalaiarasiTamilErrabusRajiTelugu2015RudhramadeviAnnambikaTelugu2016KathakaliMeenu KuttyTamilKanithanAnuTamilSarrainoduMLA Hansitha ReddyTelugu2017KadambanRathiTamilGoutham NandaMugdhaTeluguNene Raju Nene MantriDevika RaniTeluguJaya Janaki NayakaOʻziTeluguKatha NayaganKanmaniTamil2018Kalakalappu 2HemaTamil2019Vantha Rajavathaan VaruvenPriyaTamilNeeya 2DivyaTamilAruvamJyothiTamil2020World Famous LoverSmitaTelugu
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar