Brittany Ann Daniel (; 17-mart, 1976-yil, Florida, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U fotograf va sobiq aktrisa Cynthia Danielning egizagidir.

Daniel oʻzi ishtirok etgan Sweet Valley High (1994—1997) nomli oʻsmirlar dramatik serialidagi Jessica Wakefield roli va „The Game“ (2006-2011; 2014-2015) nomli CW/BET tomonidan efirga uzatilgan komedik drama teleserialdagi Kelly Pitts rollari bilan mashhur. Uning film shartnomalari orasida Joe Dirt (2001) va ushbu filmning 2015-yildagi davomida ijro etgan Brendy roli, shuningdek, White Chicks (2004) va Skyline (2010) filmlari ham mavjud.

Yoshligi 1976-yil 17-mart sanasida Brittany va uning egizak singlisi Cynthia () Florida shtatining Gainesville shahrida Carolyn va Charlton Bradford (C.B.) Daniel Junior oilasida tavallud topgan. Egizaklarning Brad ismli akalari ham bor.

11 yoshida ikkala qiz ham Ford agentligi bilan shartnoma imzolaydilar va modelling sohasida oʻzlarini sinab koʻradilar. Ular Seventeen va YM nomli jurnallar muqovalarida koʻrinish bera boshlaydilar. Egizaklar Doublemint saqichining reklamalarida „Doublemint Twins“ (tarjimasi: Doublemint egizaklari) sifatida ham paydo boʻlishadi.

Faoliyati Ikkala qiz ham aktyorlik faoliyatini 1989-yilda The New Leave It to Beaver sitkomida suratga tushishi bilan boshlagan. 1992-yilda, oʻn olti yoshida, Brittany qisqa muddatli sindikatlashtirilgan Swanʼs Crossing nomli oʻsmirlar dramasida Mila Rosnovsky rolini qoʻlga kiritadi. Aktrisa serialda suratga tushish uchun New Yorkka koʻchib oʻtadi.

Oʻrta maktabdan soʻng, u Sweet Valley High teleserialida Jessica Wakefield rolini gavdalantiradi (egizak opasi Cynthia Jessicaning egizaki Elizabeth obrazini tasvirlagan). Sweet Valley High shousi davomida qizlar Leonardo Di Caprio bilan birga The Basketball Diaries (1995) dramasida oʻzlarining kinolardagi debyutini amalga oshirishadi.

1997-yilda Sweet Valley High bekor qilingandan soʻng ham, Daniel filmlar va teleseriallarda rol oʻynashni davom ettiradi. Shu jumladan, 1999-yilda Dowson's Creekda va keyingi yili TBS efirga uzatgan On Hostile Ground televizion filmida rol oʻynashga muvaffaq boʻladi. U 2001-yilda Joe Dirt filmida bosh rolni ijro etgan David Spadening Brandy ismli sevgilisi sifatida paydo boʻladi. 2002-yilda Daniel 80s Show nomli qisqa muddatli Fox telekanalida efirga uzatilgan teleserialda bosh qahramonlardan birining rolini gavdalantiradi.

Shaxsiy hayoti 2014-yil mart oyida Daniel 2011-yilda unga limfomaning IV bosqichi tashxisi qoʻyilganligini va u kimyoterapiyadan oʻtganini maʼlum qiladi. 2014-yilga kelib u saraton kasalligidan xoli boʻladi. Aktrisa 2007-yildan 2014-yilgacha aktyor Keenen Ivory Wayans bilan ishqiy munosabatda boʻlib kelgan. 2017-yilda u Adam Touniga turmushga chiqadiSweet Valley High Alum Brittany Daniel Marries Adam Touni in Urban Chic Wedding. 2021-yil 24-oktabrda esa Brittany singlisi Cynthia bachadon tuximining bir qismini unga hadya qilganidan soʻng Hope Rose Tounini ismli qiz farzand koʻradi.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1995Blinkie1999Sonic ImpactRachel2001Joe DirtBrandy2004Club DreadJenny2004White ChicksMegan Vandergeld2005DirtyTatiana2006Rampage: The Hillside Strangler MurdersSamantha Stone2006Little ManBrittany2006Dani Cummings2007Last of the RomanticsSarah Xavier2007Loveless in Los AngelesKelly Liffen2010SkylineCandice2015Joe Dirt 2: Beautiful LoserBrandy2022Cheaper by the DozenTBA

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1989Zorigna #1Epizod: „Manʼs Greatest Achievements“1992Swans CrossingMila RosnovskyTakroriy rol (54ta epizod)1994Burkeʼs LawGinnyEpizod: „Who Killed the Legal Eagle?“1994–1997Sweet Valley HighJessica „Jess“ WakefieldBosh rol (88ta epizod)1999Dawsonʼs CreekEve WhitmanTakroriy rol (4ta epizod)2000Fortunate SonN/ATelevizion film2000On Hostile GroundCindy EversTelevizion film2002That '70s ShowPennyEpizod: „Eric’s Hot Cousin“2002That '80s ShowSophiaBosh rol (13ta epizod)2003Just Shoot Me!SarahEpizod: „The Goodbye Girl“2003111 Gramercy ParkBrynn MartinTelevizion film2004North ShoreCari LayneEpizod: „Pilot“2005; 2007; 2010Itʼs Always Sunny in PhiladelphiaCarmen4ra epizod2006Totally AwesomeKimberlyTelevizion film2006Community ServiceCarly PhillipsTelevizion film2006–2011; 2014-2015Kelly PittsBosh rol: 1–3-mavsum; Takroriy rol: 4, 7–9-mavsumlar (80ta epizod)2008RubyOʻziEpizod: „Meet Ruby“2016-2019Black-ishBlair4ta epizod2020BlackAFDr. PetersonEpizod: „hard to believe, but still because of slavery“

Mukofotlar va nominatsiyalari YilMukofotNatijaTurkumFilm yoki serial1993Young Artist AwardBest Young Actress in an Off-Primetime SeriesSwans Crossing1995Young Artist AwardBest Performance: Young Actress in a TV Comedy Series (Cynthia Daniel bilan boʻlishdi)Sweet Valley High2007New York International Independent Film & Video FestivalBest ActressLast of the Romantics2007MTV Movie AwardsBest Kiss (shared with Marlon Wayans)Little Man2010Daytime Emmy AwardsOutstanding Special Class Series (aktyorlar bilan boʻlishdi)Ruby

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar