Brenda Buell Vaccaro (; 18-noyabr, 1939-yil, New York, AQSh da tugʻilgan) — amerikalik sahna, televideniye va kino aktrisasi. Yarim asrdan ortiq davom etgan faoliyati davomida u bir marta Oscar mukofotiga, uch marotaba Oltin globus mukofotiga (bittasi gʻalaba), toʻrt marotaba Primetime Emmy mukofotiga (bittasi gʻalaba) va uch marotaba Tony mukofotiga nomzod boʻlgan.

Yoshligi Vaccaro New Yorkning Brooklyn shahrida italyan-amerikalik ota-onasi Christine M. va restoranchi Mario A. Vaccarolar oilasida tugʻilgan. U Dallas (Texas)da oʻsib ulgʻaygan va u yerda Thomas Jefferson oʻrta maktabini tamomlagan. Shaharda 1943-yilda uning ota-onasi „Marioʻs Restaurant“ (tarj. Mario restorani)ga asos solgan.

U 17 yoshida Neighbourhood Playhouseda Sanford Meisner rahbarligi ostida aktyorlik mahoratini oʻrganish uchun New York shahriga qaytib keladi. 1961-yilda qisqa muddatli Broadwayda Everybody Loves Opal komediyasida oʻz debyutini amalga oshiradi. Buning uchun u Theatre World mukofotiga sazovor boʻladi.

Faoliyati Vaccaroning Broadwaydagi chiqishlari orasida The Affair (1962), Cactus Flower (1965), musiqali How Now, Dow Jones (1967), The Goodbye People (1968), The Odd Couple (1985) hamda Jake's Women (1992) kabi pyessalari mavjud. Xirillagan ovozli aktrisa Tony mukofotiga „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ (Cactus Flower), „Myuzikldagi eng yaxshi aktrisa“ (Dow Jones) va „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ (The Goodbye People) nominatsiyalari uchun uch karra nomzod boʻlgan. U 1970-yil 29-mayda Life jurnalining muqovasida tasvirlangan.

Vaccaro 1980-yilda Andrea Martin tomonidan suratga olingan hamda SCTV telekanalida efirga uzatilgan ayollar gigiyena vositalarining yangi tijorat reklamasida paydo boʻlgan. U animatsion multserial Johnny Bravoda bosh qahramoning onasi Bunny Bravoning ovozini dublyajlashtirgan. U The Critic teleserialida bosh qahramon Jayning (Jon Lovitz) sobiq rafiqasi Ardet uchun dublyajda ovoz beradi. U The Smurfs (1981) filmida Paul Winchell ijro etgan Gargamel obrazining shogirdi Scruple rolida koʻrinish beradi.

Valerie Harper sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng, Ogunquit Playhouse (Meyn)da Nice Work If You Can Get It musiqiy asarida ishtirok etishdan voz kechishga majbur boʻladi. Vaccaro 2015-yilning 4—15-avgust kunlari oʻtishi rejalashtirilgan spektaklning qolgan qismida Millicent Winter rolini ijro etishni oʻz zimmasiga oladi. Aktrisa You Don't Know Jack (2010) filmida Al Pacinoning singlisi rolini ijro etgan. U And Just Like That nomli televizion serialning qayta ishlangan versiyasi — Sex and the Cityda Gloria Marquette rolini ham gavdalantirgan.

Shaxsiy hayoti Vaccaro 1971-yilda Summertree kartinasi hammuallifi Michael Douglas bilan qariyb yetti yillik ishqiy munosabatlar davomiyligini boshlagan. U Barbra Streisand bilan doʻst boʻlgan. Ularning doʻstligiga sabab ikkalasi ham 1960-yillarning boshida Broadwayda birga faoliyat olib borishgan. Aktrisa dugonasi Streisand rejissorlik qilgan The Mirror Has Two Faces filmida rol ijro etgan.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavahaRolIzohlar1969Where Itʼs AtMolly HirschNominatsiya—Golden Globe Award for New Star of the Year — Actress1969Midnight CowboyShirleyNominatsiya—Golden Globe Award for Best Supporting Actress — Motion Picture1970I Love My WifeJody Burrows1971Going HomeJenny1972SummertreeVanetta1975Once Is Not EnoughLinda RiggsGolden Globe Award for Best Supporting Actress — Motion PictureNominatsiya—Academy Award for Best Supporting Actress1976Death WeekendDiane1977Capricorn OneKay BrubakerNominatsiya—Saturn Award for Best Supporting Actress1977Airport '77Eve Clayton1979Fast Charlie… the Moonbeam RiderGrace Wolf1980Monica Gilbert1981Zorro, The Gay BladeFlorinda1984SupergirlBianca1985WaterDolores Thwaites1988Heart of MidnightBetty1989Ten Little IndiansMarion Marshall1989CookieBunny1990Lethal GamesStella Hudson1991Masque of the Red DeathElaina Hart1994Love AffairNora Stillman1996Doris2002SonnyMeg2003Charlotte's Web 2: Wilbur's Great AdventureXonim Hirsch2005Boynton Beach ClubMarilyn2016Kubo and the Two StringsKameyoDublyaj2017The ClapperIda Krumble201730-LoveHellen2019Once Upon a Time in HollywoodMary Alice Schwarz

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1961Naked CityRosa AlloroEpizod: „The Corpse Ran Down Mulberry Street“1963Joanne SpencerEpizod: „See Hollywood and Die“1966Vacation PlayhouseJenny PennyEpizod: „My Lucky Penny“1969The F.B.I.Gerri Coates, the waitressEpizod: „Scapegoat“1971Whatʼs a Nice Girl Like You…?ShirleyTelevizion film1972Marcus Welby, M.D.Marilyn HoffmanEpizod: „House of Mirrors“1972Streets of San FranciscoPolice Officer Sherry ReeseEpizod: „Act of Duty“1972McCloudPolice Officer Margaret SerenoEpizod: „The Park Avenue Rustlers“1972BanacekSharon ClarkEpizod: „To Steal a King“1973Honor Thy FatherRosalie BonnanoTelevizion film1974The Shape of Thingsnomaʼlum rolTelevizion filmPrimetime Emmy Award for Individual Performance in a Variety or Music Program1974Streets of San FranciscoHit Woman Sidney (yana bir nomi: Sally Banning)Epizod: „The Most Deadly Species“1976SaraSara Yarnell12ta epizodNominatsiya—Primetime Emmy Award for Outstanding Lead Actress in a Drama Series1976Territorial MenSara YarnellTelevizion film — compiled from footage shot for the television series Sara1979Dear DetectiveKate Hudson4ta epizod1980Guyana Tragedy: The Story of Jim JonesJane BriggsTelevizion film1981A Long Way HomeLillian JacobsTelevizion film1981The Star MakerDolores BakerTelevizion film1981The Pride of Jesse HallamMarion GalucciTelevizion film1983FameOʻziEpizod: „Blood Sweat & Circuits“1984Paper DollsJulia Blake13ta epizod1984St. ElsewhereRose OrsoEpizod: „The Women“1984Eleanor Savage2ta epizod1985DeceptionsHelen AdamsTelevizion film1985Care BearsAuntie Freeze2ta epizod; ankredited1986-1989The SmurfsScruple, qoʻshimcha ovozlar16ta epizod1987DidiTelevizion film1988Murder, She WroteMimi HarcourtEpizod: „Just Another Fish Story“1990Murder, She WroteDidi BlairEpizod: „The Fixer-Upper“1990Murder, She WroteSheila Kowalski FinleyEpizod: „The Family Jewels“1990Angela PetrilloEpizod: „Ebbtideʼs Revenge“Nominatsiya—Primetime Emmy Award for Outstanding Guest Actress in a Comedy Series1990ColumboJess McCurdyEpizod: „Murder in Malibu“1990Stolen: One HusbandLisa JarrettTelevizion film1992Civil WarsActressEpizod: „Oceans White the Phone“1992Red Shoe DiariesMarthaTelevizion film1994Following Her HeartCecileTelevizion film1994The CriticArdeth5ta epizod1995FriendsGloria TribbianiEpizod: „The One with the Boobies“1996Touched by an AngelAlEpizod: „Out of the Darkness“1997What a Cartoon!MelissaEpizod: „Johnny Bravo and the Amazon Women“1997Ally McBealKaren HorowitzEpizod: „The Attitude“1997-2004Johnny BravoBunny Bravo, Nunchuck Chicks, Sally, Lady (1), Waitress (1), Robo Mama, Woman (11)55ta epizod1998Sheila RednesterEpizod: „Paternal Affairs“2001BeckerBobning onasiEpizod: „The Ghost of Christmas Presents“2002Just a Walk in the ParkSelma WilliamsTelevizion film2004Just DessertsLinaTelevizion film2005American Dad!Strip-klub menejeriEpizod: „Stan Knows Best“2006Nip/TuckBeatrice MadsenEpizod: „Diana Lubey“2006BarbaraEpizod: „The West Palm Beach Story“2010You Donʼt Know JackMargo JanusTelevizion filmSatellite Award for Best Supporting Actress — Series, Miniseries or Television FilmNominatsiya—Primetime Emmy Award for Outstanding Supporting Actress in a Miniseries or a Movie2017GypsyClaire Rogers8ta epizod2017Superior DonutsEllenEpizod: „Get It, Arthur“2018Summer Camp IslandGodmonsterEpizod: „Monster Visit“2021-2022And Just Like That…Gloria Marquette3ta epizod

Sahnalarda +YilSarlavhaRol (lar)SahnaIzohlarHavl.1961Everybody Loves OpalGloriaLongacre TheatreBroadwayda debyut 1962The AffairLaura HowardHenry Miller’s Theater 1963Children From Their GamesMelissa PeabodyMorosco Theatre 1965Cactus FlowerToniRoyale TheatreTony mukofoti uchun nomzod 1967The Natural LookReedy HarrisLongacre Theatre 1967How Now, Dow JonesCynthiaLunt-Fontanne TheatreTony mukofoti uchun nomzod 1968The Goodbye PeopleNancy ScottEthel Barrymore TheatreTony mukofoti uchun nomzod 1971Father’s DayLouiseJohn Golden Theatre 1985The Odd CoupleOlive MadisonBroadhurst Theatre 1992Jakeʼs WomenKarenNeil Simon Theatre 2015Nice Work If You Can Get ItMillicent WinterOgunquit Playhouse

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1939-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar