Twitch – kompyuter oʻyinlari, jumladan, geympley va kibersport turnirlarini translyatsiya qilishga ixtisoslashgan video-striming xizmatidir. Twitch platformasidagi videolarni ham real vaqtda, ham buyurtma asosida tomosha qilish mumkin. Twitch Amazon shoʻba korxonasi boʻlmish Twitch Interactivega tegishli. Xizmat 2011-yilda kengroq mavzuga ega boʻlgan oʻxshash justin.tv xizmatidan ajralib, trafikni cheklash va asosiy serverlarni boʻshatish maqsadida yaratilgan. Kompyuter oʻyinlaridan tashqari, Twitch musiqiy chiqishlar yoki poker musobaqalari kabi boshqa mavzulardagi translyatsiyalar va videolarni oʻtkazadi.

Auditoriyaning kengayishi va monetizatsiya zarurati tufayli Jonatan Simpson-Bint, Kim Nelson, Endi Svenson va Kristina Grushkinlar Twitch Media Group tashkil etadi. Kanal mualliflari uchun pul ishlash vositasi sifatida pulli obuna taklif etiladi.

Translatsiya funksiyasi Origin raqamli tarqatish platformasi bilan jihozlangan oʻyinlarga oʻrnatilgan.

Twitch Korean Ongamenet, Daum TV pot va Chinese NeoTV bilan birga World Cyber Games 2012 ni internetda translyatsiya qiluvchi rasmiy kanalga aylanadi.

Liga afsonalari chempionati seriyasini oʻtkazishda musobaqa ishtirokchilari mashgʻulotlarni translyatsiya qiladilar va shu bilan oʻziga xos realiti-shouni tashkil qiladilar.

Twitch.tv mashhurlik boʻyicha Justin.tv dan oʻzib ketgach, kompaniya nomini Twitch Interactive ga nomini oʻzgartirganini eʼlon qiladi. Xuddi shu oyda Amazon tomonidan 970 million AQSH dollariga sotib olingan. 2016-yilda Twitch Interactive Curse, Inc. shoʻba korxonasini sotib oladi va kompyuter oʻyinlari bilan bogʻliq turli xil onlayn xizmatlar egasiga aylanadi.

Twitch tarixi davomida auditoriyasi doimiy ravishda oʻsib borgan: 2013-yil oktyabr oyida Twitch oyiga 45 million foydalanuvchiga ega boʻlgan. 2018-yilga kelib Twitch oyiga 2 milliondan ortiq strimer va kuniga 15 million foydalanuvchi kompaniya xizmatlaridan foydalanishi haqida xabar bergan. Manbalar

Havolalar

twitch.tv socialblade.com – Twitch kanallari reytingi va statistikasi.