Sven Bender () (27-aprel 1989-yil Bavariya) — nemis futbolchisi, yarim himoyachi . Sobiq futbolchi va Bayer 04 sardori Lars Benderning egizak ukasi.
Faoliyati left|thumb|285x285px| Sven Bender " Myunxen 1860 " ning aʼzosi Sven Bavariyaning Rozenxaym shahrida tugʻilgan. Egizak akasi Lars bilan birga u Brannenburg futbol maktabida oʻqishni boshlagan, u yerdan koʻtarilish uchun Unterhahing klubi maktabiga borgan. 2003-yilda isteʼdodli yigitlar Myunxenning ikkinchi eng muhim klubi " Myunxen 1860 "da koʻzga tashlangan. 2006-yilda Sven Myunxenning ikkinchi jamoasiga oʻtganini eʼlon qilagan va tez orada birinchi jamoa bilan shartnoma imzolagan. Akasi bilan birgalikda ular darhol oʻynashni boshladilar va maydonning oʻrta chizigʻida juda ajoyib oʻyin namoyish etishgan. Hammasi boʻlib Sven 1860 Myunxen safida 65 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
2009/10-yilgi mavsum oldidan yosh oʻyinchiga Dortmundning „Borussiya“ klubiga qiziqish bildirgan va keyinchalik u bilan shartnoma imzolagan. Bu yerda ularning yoʻllari akalari bilan ajralib ketagan akasi Bayerga borishni tanlagan. Sven Bundesligadagi debyutini 2009-yilning 19-sentyabrida 6-tur doirasidagi safarda " Gannover "ga qarshi o‘tkazgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Sven ilk daqiqalardan maydonga tushgan va yaxshi oʻyin oʻtkazgan. Umuman olganda, birinchi mavsumda u „Borussiya“ tarkibida 19 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2017-yilning 13-iyulida Dortmundning „Borussiya“ klubi Sven Benderning " Bayer 04 "ga 2021-yilning yozigacha o‘tishi haqida eʼlon qilgan.
Faoliyatining oxiri Sven va uning ukasi Lars 2020/2021-yilgi mavsum tugaganidan keyin nafaqaga chiqgan.
Milliy terma jamoa Turli yoshdagi yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2008-yilda u 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan. Keyinchalik u asosiy terma jamoaga chaqiruv olgan.
2016-yilning 15-iyulida Rio Olimpiadasida ishtirok etish uchun futbol bo‘yicha Germaniya olimpiya terma jamoasiga kiritilgan va kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Oila Uning Lars Bender ismli egizak akasi bor. Ikkalasi ham faoliyatini Bayer Leverkuzenda yakunlagan. 2016-yil 20-noyabrda Sven va uning rafiqasi Simona Maksimilian ismli oʻgʻil farzand koʻrganlar.
Karyera statistikasi KlubMavsumLigaMamlakat kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1860 Munich II2006—2007Regionalliga Süd152——001522007—200810——0010Jami1620000001621860 Munich2006—20072. Bundesliga13000—001302007—200827130—003012008—200925010—00260Jami651400000691Borussia Dortmund II2009—20103. Liga30——00302012—201310——0010Jami4000000040Borussia Dortmund2009—2010Bundesliga1900000001902010—20113111070003912011—20122413040103212012—201320110110003212013—20141912050102712014—20152005060103202015—201619050110003502016—20176010100080Jami1584180450302244Bayer Leverkusen2017—2018Bundesliga29250—003422018—20192702030003202019—20203325191004742020—2021180101000200Jami1074131131001336Karyerada jami350123515813044613
Yutuqlari
"Borussiya Dortmund''
Germaniya chempioni (2): 2011, 2012 Germaniya kubogi sohibi: 2012 yil Germaniya Superkubogi sohibi (2): 2013, 2014
Germaniya terma jamosi
2008-yil 19-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar