„School’s Out“ AQShda tuzilgan Alice Cooper rok guruhi ijrosidagi qoʻshiqdir. Guruhning School’s Out nomli beshinchi albomiga kiritilgan. 1972-yilning 26-aprelida Warner Bros. leybli tomonidan chiqarilgan. Ashula guruhga katta shuhrat keltirgan. „School’s Out“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 hit-paradida 7-, Canadian Hot 100 hit-paradida 3-, Irlandiya hit-paradida 2- va UK Singles Chartda 1-pogʻonaga koʻtarilgan.

1986-yilda Krokus shved metal guruhi ashulaning kaver versiyasini ijro etdi. Krokus ijrosidagi kaver guruhning Change of Address nomli albomiga kiritilib, Hot 100 hit-paradida 67-pogʻonaga koʻtarilgan.

„School’s Out“ qoʻshigʻi Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar“ roʻyxatida 326-oʻrinni egalladi. 2009-yilda VH1 telekanali uni tarixdagi eng yaxshi 35-hard rock qoʻshiq, deb topdi. The Guardian gazetasi tuzgan „Tarixdagi eng yaxshi 20 glam-rock qoʻshiq“ roʻyxatida 3-oʻrinni egalladi. 2018-yilda Ian Chapman va Pittsburgh Post-Gazette gazetasi qoʻshiqni „glem-rok-madhiya“, deb atadi. Nick Talevski oʻzining „Rock Obituaries: Knocking On Heavenʼs Door“ nomli kitobida uni „hard rock-madhiya“, deb atadi. The Independent onlayn-gazetasi tuzgan „Gold Dust: Eng sara 10 glam rock singl“ roʻyxatida esa ashula oʻninchi oʻrinni egalladi.

Qoʻshiq shu kungacha koʻplab kinofilmlarda (Scream, Dazed and Confused, Rock 'nʼ Roll High School, I Love You, Beth Cooper) ishlatilgan. Bundan tashqari, ashuladan The Simpsons multseriali toʻrtinchi mavsumining ilk qismi — „Kamp Krusty“da ham foydalanilgan.

Jamoa Alice Cooper — vokal Glen Buxton — solo-gitara Michael Bruce — ritm-gitara, klavishalar, bek-vokal Dennis Dunaway — bas-gitara, bek-vokal Neal Smith — barabanlar, bek-vokal

Hit-paradlar

Haftalik hit-paradlar Hit-parad (1972)Oʻrni (Go-Set)""Go-Set Singles Chart Page with „School’s Out“ Peak Position"" Retrieved on November 5, 2009.22 (KMR)39"„Austrian Singles Charts Search for Alice Cooper“" Austriancharts.at. Qaraldi: ."12 (RPM Top Singles) 3"„German Singles Charts Search for Alice Cooper“" musicline.de. Retrieved on August 11, 2009."5"„Irish Singles Charts Search for Alice Cooper“" irishcharts.com. Qaraldi: ."2"„Norwegian Singles Charts Search for Alice Cooper“" norwegiancharts.com. Qaraldi: ."6"„Dutch Singles Charts Search for Alice Cooper“" dutchcharts.nl. Qaraldi: ."9 (Listener)91 (Billboard Hot 100)[ „Alice Cooper — Charts & Awards — Billboard Singles“] Allmusic. Qaraldi: ."7 (Cash Box Top 100)Cash Box Top 100 Singles, August 19, 1972_6

Hit-paradlar Hit-parad (1972)Oʻrni7 (Billboard Hot 100)75 (Cash Box)51

Sertifikatsiya Mamlakat Sertifikat (BPI)

Manbalar

Turkum:1972-yil qoʻshiqlari Turkum:Alice Cooper qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar