Hans-Peter Briegel () (1955-yil 11-oktyabrda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi va murabbiyi, himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Oʻz davridagi eng mashhur nemis oʻyinchilaridan biri boʻlgan Briegelning oʻziga xos sport turi atletika boʻlib, u uzunlikka sakrash (shaxsiy rekordi: 7 metr 44 sm, 16 yosh), uch hatlab sakrash va beshkurashda muvaffaqiyat qozongan. Briegel shuningdek, 16 yoshida 100 metrni 10,81 soniyada bosib oʻtgan. 17 yoshida u yengil atletikani ortda qoldirib, Kayzerslautern yaqinida ona shahri SV Rodenbax jamoasi bilan klub futboli oʻynagan. Oʻyin paytida Briegel odatda chap qanot himoyachisi yoki yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. U birinchi navbatda jismoniy qobiliyatlari, shuningdek, texnik qobiliyatlari va himoyaviy oʻyinchi uchun gol urish qobiliyati bilan mashhur boʻlgan.
Jamoalardagi faoliyati Ikki yil oʻtgach, uni Erich Ribbek oʻz jamoasiga olgan uni FC Kayzerslautern mashgʻulotlarga olib borgan. 1976-yilning 10-aprelida Ribbek uni "Bavariya" ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda maydonga tushirgan. 1984- yilgacha u FC Kayzerslauternda qolgan. Keyinchalik u Italiyaning Hellas Verona shahriga koʻchib oʻtgan. Briegel oʻzining yangi klubi uchun muvaffaqiyat kaliti boʻlib, 1985- yilda Gialloblu bilan A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Briegel Germaniyada „ Fußballer des Jahres “ (Yil futbolchisi) deb topilgan, u ushbu mukofot tarixidagi ilk xorijlik sovrindori boʻlgan.
Hellas Veronadagi shartnomasi tugaganidan soʻng, Briegel 1988-yilda oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqishidan oldin Italiya kubogini yutgan Genuyaning „UC Sampdoria“ klubiga qoʻshilgan. Keyinchalik u yana Germaniyaga qaytgan. Bundesligada 240 ta o‘yinda 47 ta gol urgan.
Xalqaro faoliyati 1979-yil oktyabr oyida Uelsga qarshi Yevro-1980 saralash bahsida Briegel Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻshanda u Gʻarbiy Germaniyaning 1982-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoasining asosoiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan Yupp Dervall murabbiyligi ostida Yevro- 1984da muvaffaqiyatsiz harakat qilgan. Briegel 1986-yilda Meksikadagi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida qatnashgan. Yevro-1988 oldidan yangi jamoa qurish uchun murabbiyning yoʻlida toʻsqinlik qilmoqchi emasligi sababli terma jamoaga chqiruvni rad etgan.
Murabbiylik faoliyati Briegel murabbiyligidagi birinchi ish Shveysariyaning ikkinchi darajali klubi FC Glarusda boʻlgan. 1994-yilda u Germaniya quyi ligasi vakili SV Edenkoben jamoasini boshqargan. Unga 1994-yilda Bundesliganing oʻsha paytdagi ligaga tushib ketgan SG Wattenscheid 09 jamoasi berilgan lekin natijalar koʻngildagidek boʻlmagan. Natijada u murabbiylikdan yuz oʻgirgan. 1996-yilda Kayzerslautern sport direktori boʻlgan. U 1997-yil oktyabr oyida jamoa murabbiyi Otto Rexagel bilan vakolat toʻgʻrisida jiddiy tortishuv kelib chiqganidan keyin isteʼfoga chiqgan. Keyinchalik u klubga direktor sifatida qaytib kelgan.
2006-yil iyun oyida u Luka Peruzovichdan Bahrayn terma jamoasini qabul qilib olgan. Biroq, u 2007-yil 20-yanvarda 2007-yilgi Fors koʻrfazi kubogi vaqtida ishdan boʻshatilgan.
Briegelning eng soʻnggi klubi Turkiya Superligasi vakili "Ankaragücü"i boʻlib 2006—2007-yilgi mavsum yakuniga qadar murabbiylik qilgan. +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha o'yin va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Kontinental Jami Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol 1. Kayzerslautern 1975—1976 Bundesliga 7 1 1976—1977 15 1 1977—1978 22 4 1978—1979 31 4 1979—1980 33 7 1980—1981 34 6 1981—1982 32 13 1982—1983 33 8 1983—1984 33 3 Jami 240 47 Hellas Verona 1984—1985 A seriya 27 9 1985—1986 28 3 Jami 55 12 Sampdoriya 1986—1987 A seriya 24 6 1987—1988 27 3 Jami 51 9 Karyerada jami 346 68
Xalqaro +Hans-Piter Briegel tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 119.11.1980 Niedersachsenstadion, Gannover, Germaniya 2-0 4-1Oʻrtoqlik 224.05.1981 Keskusurheilukenttä, Lahti, Finlandiya 1-0 4-0 1982-yilgi jahon chempionati saralashi 322.05.1984 Letzigrund, Tsyurix, Shveysariya 1-0 1-0Oʻrtoqlik 412.03.1986 Valdstadion, Frankfurt, Germaniya 1-0 2-0Oʻrtoqlik
Yutuqlar Verona
A seriya : 1984—1985
Sampdoriya
Italiya kubogi : 1987—1988
Gʻarbiy Germaniya
UEFA Yevropa chempionati : 1980
Shaxsiy yutuqlar
Bundesliganing mavsum jamoasi a'zosi: 1979—1980, 1980—1981, 1981—1982, 1982—1983 UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi : 1980-yil Yilning eng yaxshi futbolchisi (Germaniya) : 1985-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Gʻarbiy Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Bahrayn milliy futbol terma jamoasi murabbiylari