Eleanor Winifred Worthington Cox (; 2001-yil 21-iyunda tugʻilgan) — angliyalik ingliz aktrisasi. Eleanor „Matilda“ nomli musiqiy filmidagi Matilda Wormwood roli bilan mashhur boʻlib, 10 yoshida, 2012-yilda „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Laurence Olivier mukofotiga sazovor boʻlgan. Ushbu yutuq orqali u oʻsha paytdagi har qanday nominatsiyalar orasida, eng yosh Olivier mukofoti sovrindori boʻladi.
Aktrisa The Enfield Haunting filmidagi Janet Hodgson rolini ijro etgani uchun Britaniya Akademiyasi televideniyesi mukofotiga nomzod boʻlgan. U, shuningdek, CBBC telekanalida efirga uzatilgan Jacqueline Wilsonning Hetty Feather televizion serialida Polly Renfrew rolini ijro etishi bilan ham mashhur. Yana, u Sky Atlantic tomondan suratga olingan Britannia serialida ham suratga tushgan.
Biografiyasi 2003-yildan, ikki yoshidan, 2012-yilgacha, Worthington Cox Formby sahna sanʼati maktabida tahsil olgan. Worthington Cox Matilda filmida rol oʻynashdan oldin, Liverpool Empireda Bill Kenwirgthning Joseph and the Amazing Technicolor Dreamcoat spektaklida xorda qatnashgan. Worthington Cox 2012-yilning 19-avgustigacha Matildada chiqishni davom ettiradi, keyinchalik rolni Demetriou, Hayley Canham, Jade Marner, and Isobelle Molloy bilan bo‘lishadi.
2013-yil may oyida Eleonor „Regent Park ochiq osmon teatri“da To Kill a Mockingbird spektaklida skaut rolini ijro etadi. O‘z rolini Lucy Hutchinson hamda Izzy Lee bilan bo‘lishadi. Matilda tugagandan soʻng, aktrisa, „Maleficent“ (2014) filmidagi Yosh malika Aurora rolida suratga tushadi. 2015-yilning aprel—avgust oylarida aktrisa Lyric Hammersmithda Bugsy Malone spektaklida Blousey Brown rolini ijro etgan. Bu 16,5 million funt sterlinglik rekonstruksiya loyihasidan soʻng, teatr qayta ochilgandan keyingi dastlabki spektakl boʻlgan.
2015-yil oktyabr oyida Worthington Cox Londondagi Southwark Playhouseda James Rushbrookening yangi spektakli — Tomcatda Jess rolini oʻynagan. 2016-yilda aktrisa Sky One efirga uzatgan miniserial The Enfield Hauntingdagi ijrosi uchun Britaniya Akademiyasi televideniyesi mukofoti nominatsiyasini oldi. U shuningdek, Screen International ning „Ertangi yulduzlar“ kinojurnalining Buyuk Britaniya va Irlandiyaning taniqli yosh aktyorlarini yorituvchi yillik koʻrgazmasi sifatida ham koʻrsatildi. 2018-yilda Worthington Cox Britannia teleserialida Cait rolini gavdalantirgan.
Aktrisalik shartnomalari
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlarHavl.2014MaleficentYoung Princess Aurora2018Action PointBoogie Carver2019GwenGwen
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlarHavl.2015CucumberMolly WhitakerAsosiy tarkib The Enfield HauntingJanet HodgsonAsosiy tarkibNominatsiya- British Academy Television Award for Best Supporting Actress2015-16Hetty FeatherPolly RenfrewAsosiy tarkib (1-mavsum, 2-faslning dastlabki ikki qismi) 2018-BritanniaCaitAsosiy tarkib2021The IrregularsClara1ta epizod
Teatr sahnalarida YilMahsulotRolIzohlarHavl.2009Joseph and the Amazing Technicolor DreamcoatChorusLiverpool Empire2011Matilda the MusicalMatilda WormwoodCambridge Theatre 2011-yil 25-oktyabr — 2012-yil 19-avgust2013To Kill a MockingbirdJean Louise „Scout“ FinchRegentʼs Park Open Air Theatre2013-yil 16-may — 15-iyun2015Bugsy MaloneBlousey BrownLyric Hammersmith2015-yil 11-aprel — 2015-yil 1-avgustTomcatJessSouthwark Playhouse2015-yil 28-oktyabr — 2015-yil 21 noyabr2022Jerusalem (2022)Phaedra CoxWest End Jerusalem (Cast and Creative)
Mukofot va nominatsiyalar YilMukofotTurkumNomzod film/serualNatijaHavl.2011WhatsOnStage.com AwardsBest Actress in a Leading Role in a MusicalMatilda the Musical 2012Laurence Olivier AwardBest Actress in a Leading Role in a Musical 2016British Academy Television AwardsBest Actress in a Supporting RoleThe Enfield Haunting
Manbalar
Adabiyotlar
Sonia Friedman Productions Limited (2022). Quddus: Aktyorlar va ijodkorlar. https://jerusalemtheplay.co.uk/cast-creative/ dan olindi.
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar