Julian Brandt () (1996-yil 2-may, Bremen, Germaniya) – nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.
Klubdagi faoliyati Julian oʻz faoliyatini oddiy Borgfeldda boshlagan. 2009-yilda u Oberneuland oʻsmirlar jamoasiga oʻtgan va ikki yildan soʻng „Wolfsburg“ jamosiga oʻtgan. 2014-yilda isteʼdodli yarim himoyachi „Bayer 04“ klubi futbolchisiga aylangan. Uning Germaniya oliy ligasidagi debyuti 2014-yilning 15-fevralida "Schalke 04" jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan. U Chempionlar ligasidagi debyutini uch kundan keyin Paris Saint-Germanga qarshi oʻtkazgan. 2014-yilning 4-aprelida Julian Germaniya chempionatidagi ilk golini „Gamburger SV“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2019-yilning 22-may kuni Julian Dortmundning „Borussiya“ jamosiga oʻtgan, shartnoma 2024-yilgacha moʻljallangan. „Augsburg“ jamoasiga qarshi debyutida u birinchi golini urgan.
Jamoadagi faoliyati Julian Germaniya terma jamoasini bir necha yosh toifalarida himoya qilgan. Yoshlar toifasidagi erishgan eng katta yutugʻi qitʼa kubogi kumush medali.
19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida u 2014-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan Brandt Germaniya Olimpiya terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u bilan 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Julian birinchi marta 2016-yilda Yevropa chempionati uchun ariza topshirgan lekin kutilmagan holda kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U butun turnirni zaxirada oʻtkazgan va unda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2017-yilda u Konfederatsiyalar kubogi gʻolibiga aylangan. 2018-yilgi jahon chempionatida qatnashgan.
Statistika Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBayer Leverkusen2013—2014Bundesliga1220020–1422014—20152544060–3542015—201629931120–44102016—20173230081–4042017—201834953––39122018—20193373271–4310Jami16534156352–21542Borussia Dortmund2019—2020Bundesliga3332272004272020—20213135080114542021—2022319207000409Jami9515922221112720Karyerada jami260492485741134262 Terma jamoadagi oʻyinlar Oʻtkazilgan oʻyinlar: 23
Urilgan gollar: 2
Gʻalaba: 14
Durang: 2
Magʻlubiyat: 7
Yutuqlar
„Wolfsburg“
Germaniya chempioni (19 yoshgacha) : 2013-yil
„Borussiya Dortmund“
Germaniya kubogi sohibi: 2020—2021; Germaniya terma jamoasi
Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar) : 2014-yil Olimpiada kumush medali sovrindori: 2016-yil Konfederatsiyalar kubogi sohibi: 2017-yil
Manbalar
Havolalar
Profil Dortmundning „Borussiya“ saytida
Julian Brandt at Kicker.de
Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:2-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar