Laura Feiersinger () (1993-yil 5-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi „Ayntraxt Frankfurt“ va Avstriya ayollar terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati

USK Hof, 2008—2010 Feiersinger oʻzining katta karyerasini Avstriya ligasining ÖFB-Frauenligasida USK Hof bilan boshlagan. U klubda ikki yil oʻtkazib, 36 ta mavsum oʻyinda asosiy tarkibda maydnga tushgan va 9 ta gol urgan.

Herforder SV, 2010—2011 Feyersinger Germaniya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Frauen-Bundesligada oʻynagan Herforder SV bilan shartnoma imzolagan. Bu harakat uning 18 yoshida uyini tark etishini sabab boʻlgan. Herforder safida oʻynab, 18 ta mavsum oʻyinda maydonga tushgan, 7 ta gol muallifiga aylangan. Fayersinger Frauen-Bundesligasidan 2-ligaga tushib ketganidan keyin klubni tark etgan.

„Bavariya“, 2011—2016 Feyersinger 2011-yilda Bundesliga vakili „Bavariya“ bilan shartnoma imzolaganProfile in Weltfussball. Klubdagi birinchi yilida u Germaniyaning ayollar futbolidagi ikkinchi eng muhim unvoni boʻlgan DFB Pokal chempionligini qoʻlga kiritgan. 2014-yil mart oyida u ogʻir jarohat olgan yaʼni boldir va va toʻpigʻini sindirib jarohatlangan. Biroq u 2015-yilda klub bilan shartnomasini uzaytira olgan. U 2014-2015 va 2015-2016-yillarda Frauen Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda ketish vaqtida Feyersinger 62 ta mavsumiy oʻyinda maydonga tushgan.

SC Sand, 2016—2018 Fayersinger 2016—2017-yilgi mavsum oldidan doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun SC Sandga koʻchib oʻtgan. Klubdagi birinchi mavsumida u 2016-17 DFB-Pokal Frauen uchun ikkinchi oʻrinni egallagan. U SC Sandni ikki mavsum, 39 ta mavsumiy oʻyin va 5 ta goldan soʻng tark etgan.

Frankfurt FFC, 2018—2023 Fayersinjer Bundesliga 1ning Frankfurt FFC jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-2019 yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma tuzilgan. Klubdagi birinchi yilida u 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati 2010-yildan buyon Avstriya terma jamoasi azosiProfile in UEFA's website. Avstriya bilan u 2016-yilgi Kipr kubogini qoʻlga kiritgan. U saralashdan oʻtgan va Gollandiyada boʻlib oʻtadigan birinchi yirik turnir — UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 musobaqasiga yoʻl olgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Jamoa juda yaxshi oʻynagan va yarim finalga chiqgan va Daniyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar Feiersinger — Avstriya terma jamoasi uchun urgan gollari # Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.23.06.2010 Anger AvstriyaTurkiya 3-0 4-0 2011 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 2.26.10.2011 Bruk an der Mur, AvstriyaArmaniston 1-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi 3.19.11.2011 Pombal, Portugaliya Portugaliya 1-0 1-0 4.5.04.2012 Wiener Noyshtadt, Avstriya 1-0 1-0 5.21.09.2013 Vöcklabruck, AvstriyaBolgariya 2-0 4-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi 6.2.06.2016 Oslo, NorvegiyaNorvegiya 2-2 2-2 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 saralashi 7.22.10.2016 Regensburg GermaniyaGermaniya 1-2 2-4Oʻrtoqlik 8.12.06.2018 Ramat Gan, IsroilIsroil 6-0 6-0 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi 9.27.02.2019 Larnaka, KiprNigeriya 3-1 4-1 Kipr ayollar kubogi 2019 10.3.09.2019 Mariya Enzersdorf, AvstriyaShimoliy Makedoniya 1-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralashi 11.19.11.2019Qozogʻiston 3-0 9-0 12.17.09.2021 Liepaya, Latviya Latviya 6-1 8-1 2023 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi

Shaxsiy hayoti Feiersinger yoshligida biatlon, yengil atletika, kros va futbol kabi sport turlarini sinab koʻrgan. U Avstriya sport maktabi modeliga (SSM) kirgan va 15 yoshida futbolchi sifatida ixtisoslashishga qaror qilgan. Volfgang Fayersinger, uning otasi, sobiq futbolchi, Dortmundning „Borussiya“ sida oʻynab, chempionlar ligasida gʻolib chiqqan, shuningdek, Avstriya terma jamoasida oʻynaganFeiersinger: Salzburg? Eine Lachnummer Kurier.at, 16.09.12.

Feiersinger, shuningdek, sport fanlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Yutuqlari

Bavariya

Bundesliga : Gʻolib 2014—2015, 2015—2016 DFB-Pokal : Gʻolib 2011—2012

Avstriya

Kipr ayollar kubogi : gʻolib 2016

Shaxsiy yutuqlar

Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik ayol futbolchilar