Air France (, yuridik nomi Société Air France, S. A.) – Fransiyaning flagman aviakompaniyasi. Bosh ofisi Tremblay-en-France kommunasida joylashgan. Air France-KLM aviaholdingining shoʻba korxonasi va SkyTeam aviakompaniyalar alyansining asoschilaridan biri hisoblanadi. 2013-yil holatiga koʻra, Air France mamlakat ichida 29 yoʻnalishda, jahon boʻylab esa 78 mamlakatdagi (Fransiyaning dengizorti hududlari va departamentlari bilan 93 davlat) 201 yoʻnalishda muntazam yoʻlovchi va yuk reyslarini amalga oshiradi. 2019-yil 46 803 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyaning global habi Sharl de Goll aeroportida, mahalliy habi esa Orli aeroportida joylashgan. Korporativ bosh qarorgohi ilgari Parijning Montparnasse hududida joylashgan edi, hozir esa Parij shimolidagi Sharl de Goll aeroporti hududida, Roissypôle majmuasida joylashgan.
Air France 1933-yil 30-avgustda Air Orient, Air Union, Compagnie Générale Aéropostale, Compagnie Internationale de Navigation Aérienne (CIDNA) va Société Générale de Transport Aérien (SGTA) kompaniyalari birlashuvi natijasida tashkil topgan. Sovuq urush davrida, 1950—1990-yillarda Germaniyadan muntazam parvozlar amalga oshiruvchi uchta asosiy aviakompaniyalardan biri boʻlgan va parvozlarni Gʻarbiy Berlinning Tempelhof va Tegel aeroportlaridan amalga oshirgan. 1990-yil Fransiyaning mahalliy aviatashuvchisi Air Inter va xalqaro bozordagi raqibi UTA – Union de Transports Aériensning reyslarini oʻziga qoʻshib oldi. 2003-yilda Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi bilan birlashgunga qadar yetmish yil davomida Fransiyaning asosiy milliy flagman aviakompaniyasi vazifasini bajargan.
2018-yil Air France va uning mintaqaviy shoʻbasi Hop 51,4 million yoʻlovchi tashidi. Air France uzoq masofali yoʻnalishlarga keng fyuzelajli Airbus va Boeing reaktiv samolyotlaridan iborat aralash aviaparkdan, qisqa masofalarga esa A320 oilasiga kiruvchi qisqa fyuzelajli samolyotlar parkidan foydalanadi. 2009-yil 20-noyabrda Parij—Nyu-York reysi bilan Airbus A380 samolyotidan foydalanishni boshladi. Air France Hop (ilgari HOP! Deb yuritilgan) mahalliy va Yevropa yoʻnalishidagi muntazam reyslarida, asosan, mintaqaviy samolyotlar parkidan foydalanadi.
Hamkor aviakompaniyalari Air Astana Air Mauritius Air Seychelles Air Tahiti Nui Armavia Austrian Airlines AZAL British Airways Bulgaria Air CCM Airlines Cityjet Croatia Airlines Finnair (Oneworld) Japan Airlines Luxair Maersk Air Middle East Airlines Portugália Qantas Rossiya Royal Air Maroc Styrian Spirit SWISS TACA TAM Tunisair Aeroflot
SkyTeam alyansi hamkorlari: Aeroflot Aeroméxico Air Europa Alitalia China Eastern Airlines China Southern Airlines CSA Czech Airlines Delta Air Lines Garuda Indonesia Kenya Airways KLM Korean Air Saudi Arabian Airlines TAROM Vietnam Airlines
Aviaparki
Yoʻlovchi aviaparki right|thumb|180x180px|Boeing 747-200 thumb|180x180px|Boeing 777-200ER 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra, Air France aviaparkining oʻrtacha yoshi 14,7 yil boʻlgan 214 ta samolyotdan iborat:
TasvirSamolyot rusumiMiqdoriBuyurtma qilinganSigʻimframelessAirbus A220-3002535149framelessAirbus A31890131framelessAirbus A319150142framelessAirbus A320-200390172framelessAirbus A321-100/2004/14 (18)0206framelessAirbus A330-200150219 (40/179)framelessAirbus A350-9002021324 (34/24/266)framelessBoeing 777-200ER180264 (4/49/211)framelessBoeing 777-300ER430310 (8/67/235) 325 (8/67/250) 472 (14/36/422)framelessBoeing 787-910Jami:21256
Yuk aviaparki Tasvir Samolyot rusumi Miqdori frameless Boeing 777-200F 2 thumb|Air France aviakompaniyasining Boeing 707 rusumli samolyoti (1977-yil).
Avval foydalanilgan samolyotlar Aerospatiale-BAC Concorde Airbus A340 Airbus A380 Bleriot 5190 Bloch 220 Boeing-707 Boeing-727 Boeing 747 Breguet 763 Convair 990 de Havilland Comet Dewoitine 338 Douglas DC-3 Douglas DC-4 Farman 2200 Lockheed Constellation Sud Aviation Caravelle Sud-Est SE-161 Languedoc Vickers Viscount Wibault 282
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Aviakompaniya tarixi
Turkum:Air France–KLM Turkum:Fransiya aviakompaniyalari