Buxoro davlati Toji ordeni 1886-yilda Buxoroda amir Abdulahadxon tomonidan taʼsis etilgan. Orden tavsifi left|thumb|184x184px|alt=|Buxoro amirligi ordenlari — Buxoro davlati Toji va Buxoroi Sharif ordenlari (shuningdek, Rossiya imperiyasining 1-darajali Muqaddas Anna va Muqaddas Stanislav ordenlari) taqib olgan Buxoro amirligi qo‘shbegisi, XX asr boshlari Ordenda arab imlosidagi „Poytaxt Buxoroi Sharif mukofoti“ va amir hukmronligi boshlangan sana yozuvi tushirilgan. Orden toʻliq aksessuarlarga: nishon, yulduz va qizil lentaga ega boʻlganligi sababli qiymati jihatidan oʻzidan oldingi „Buxoroi Sharif“ ordenidan oshib ketdi. Orden romb shaklida boʻlib, katta va kichik olmoslar bilan bezatilgan, medaloni emallangandi. Orden markazi „Buxoro davlati Toji“ yozuvi tushirilgan dumaloq sirlangan koʻk medalon hamda olmoslar bilan bezatilgan toʻrtta halqadan iborat boʻlgan. thumb|Orden bilan taqdirlangan Aleksey Evert (chapdan ikkinchisi)|left|219x219px

Orden bilan taqdirlanganlar Amir Abdulahadxon davrida orden bilan mahalliy va rus amaldorlar taqdirlangan. Oxirgi marta orden bilan taqdirlash Buxoro amirligi qulashi paytida, 1920-yilda yuz bergan.

Manbalar

Turkum:Buxoro amirligi ordeni Turkum:Mukofotlar Turkum:Ordenlar Turkum:Buxoro amirligi Turkum:Oʻzbekiston tarixi