Valyutani tartibga solish — xalqaro hisob kitoblar va valyuta boyliklari bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirishni reglamentatsiya qilishga qaratilgan davlatning faoliyati. „Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 10-moddasiga muvofiq, OʻzR Markaziy banki OʻzRda valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Valyutani tartibga soluvchi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida: OʻzRda chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi; milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi; OʻzR hududidagi banklarda norezidentalar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi; rezident yuridik shaxslar tomonidan OʻzRdan tashqaridagi banklarda hisobvaraqalar ochish tartibini belgilaydiOʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi. Manbalar

Turkum:Huquqshunoslik