Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.
Werner oʻzining katta klubdagi faoliyatini 2013-yilda VfB Shtutgartda boshlagan va klubning eng yosh debyutanti va eng yosh toʻpurarga aylangan. U 2016-yilda 20 yoshida RB Leipzigga 10 million yevro evaziga transfer qilingan va bu oʻsha paytdagi rekord transferga aylangan. U Bundesligada 200 oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Werner, shuningdek, 2019-20-yilgi mavsumda liganing ikkinchi eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻldi. „Leipzig“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan soʻng, Werner 2020-yilda „Chelse“ga 50 million yevro evaziga transfer qilindi va klubdagi birinchi mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi. Hujumchi 2022-yil yozgi transferlar paytida oʻzining eski klubi RB Leipzigga qaytdi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil etdi.
Werner Germaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada to‘purar bo‘lgan va turli yosh guruhlarida 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Werner 2017-yilda kattalar jamoasi safida debyut qildi va Germaniyaga 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi hamda turnirning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritdi. U shuningdek, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2020da Germaniya sharafini himoya qilgan.
Yoshlik Werner Shtutgartda, Baden-Vyurtembergda futbolchi Günther Schuh () va Sabine Werner oilasida tugʻilgan.
Klubdagi faoliyati
VfB Stuttgart link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/76/Timo_werner.jpg/170px-Timo_werner.jpg|left|thumb| Werner VfB Stuttgart safida 2013-yil Werner 2002-yilda VfB Stuttgart akademiyasiga qoʻshilishdan oldin TSV Steinhaldenfeldda oʻynagan. 2012-13-yilgi mavsumda u oʻsha paytda atigi 16 yoshda boʻlishiga qaramay, U19 jamoasiga qabul qilindi. Oʻsha mavsumda u 24 ta gol urdi va 2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi oltin Fritz Valter medalini qoʻlga kiritdi.
Werner oʻsha yili 2013-14-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida PFC Botev Plovdivga qarshi oʻyinda debyut qildi. Shu tariqa, u 17 yosh, 4 oy va 25 kunligida Stuttgart safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi va Gerhard Poschner rekordni yangiladi. Keyingi haftalarda u Stuttgartning Bundesliga va DFB-Pokaldagi eng yosh oʻyinchisiga aylandi va klub safida birinchi golini Ayntraxt Frankfurtga qarshi oʻyinda urganidan keyin eng yosh toʻpurarga aylandi. U 10-noyabr kuni „SC Freiburg“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda dubl qayd etib, navbatdagi rekordni yangiladi va shu tariqa Bundesliga tarixidagi bir o‘yinda ikkita gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
RB Leipzig link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/53/20191002_Fu%C3%9Fball%2C_M%C3%A4nner%2C_UEFA_Champions_League%2C_RB_Leipzig_-_Olympique_Lyonnais_by_Stepro_StP_0078_%28cropped%29.jpg/170px-20191002_Fu%C3%9Fball%2C_M%C3%A4nner%2C_UEFA_Champions_League%2C_RB_Leipzig_-_Olympique_Lyonnais_by_Stepro_StP_0078_%28cropped%29.jpg|thumb| Verner 2019-yilda „RB Leipzig“ safida 2016-yilning 11-iyunida Werner „RB Leipzig“ bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi, transfer narxi 10 million yevroni tashkil etdi. 2016-yil 26-sentabrda u Bundesliganing 100 ta o‘yinida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Shu tariqa, u ilgari Julian Drakslerga tegishli bo‘lgan rekordni 22 kunga yaxshiladi, u 2019-yilda Havertzdan o‘tib ketdi. Werner Bundesliganing 2016-17-yilgi mavsumini 21 gol bilan yakunladi va bu natija uni divizionda Germaniyaning yetakchi toʻpurariga aylantirdi va RB Leipzigga klub tarixida birinchi marta UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma olishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Chelsea link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6b/2021-12-08_-_FC_Zenit_Saint_Petersburg_v_Chelsea_F.C._-_Photo_196.jpg/220px-2021-12-08_-_FC_Zenit_Saint_Petersburg_v_Chelsea_F.C._-_Photo_196.jpg|left|thumb| Werner 2021-yil „Zenit“ darvozasiga gol urishi. 2020-yil 18-iyun kuni Werner Angliya Premer ligasining „Chelsi“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu transfer London klubiga 47,5 million funt sterlinga tushdi. U klubga 1-iyul kuni kelib qoʻshildi. U 14-sentabr kuni „Brighton & Hove Albion“ ga qarshi safarda 3:1 hisobidagi g‘alaba qozonilgan uyinda debyutini o‘tkazdi. 29-sentabr kuni Werner „Chelsi“da birinchi golini „Tottenham“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi. 17-oktyabr kuni Werner dubl qayt etdi va bu uning birinchi gollari edi. 28-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi darvozasiga penaltidan kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyat link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/96/2019-06-11_Fu%C3%9Fball%2C_M%C3%A4nner%2C_L%C3%A4nderspiel%2C_Deutschland-Estland_StP_2057_LR10_by_Stepro.jpg/170px-2019-06-11_Fu%C3%9Fball%2C_M%C3%A4nner%2C_L%C3%A4nderspiel%2C_Deutschland-Estland_StP_2057_LR10_by_Stepro.jpg|right|thumb| Werner 2019-yilda Germaniya safida Werner Germaniyani yoshlar jamosida himoya qilgan, U15, U16, U17, U19 va U21 jamoalarida oʻynagan va jami 48 oʻyinda 34 ta gol urgan. 2010-yilda u Germaniya U15 terma jamoasi safida Polshaga qarshi oʻyinda birinchi marta xet-trik qayd etgan. Ikki yil oʻtgach, u 2012-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya jamoasining aʼzosi edi.
Werner 2017-yil 22-26-mart kunlari Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida va 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda nbosh murabbiy Joachim Löw () tomonidan 2017-yilda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan edi.
Oʻyin uslubi Werner tezligi tufayli „Turbo Timo“ degan nom bilan mashhur. Mehnatkash va baquvvat hujumchi, u yoshligida dastlab vinger sifatida oʻynagan, keyin hujumchi va markaziy hujumchi ampluasiga oʻtgan. U oʻzining jismoniy tayyorgarligi, havodagi oʻyini yoki toʻpni ushlab turishi bilan mashhur boʻlmasa-da, u ajoyib toʻpurar, toʻpsiz ajoyib harakat qila oladi, shuningdek, oʻng oyogʻi bilan penaltidan ham, jarima maydoni ichidan ham kuchli va aniq zarba bera oladi. Maydonda u odatda chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, oyogʻi bilan darvozaga kuchli va aniq zarba berishni afzal koʻradi, hatto oʻng qanotdan hujum uyushtirib, chap oyogʻida ham aniq zarba bera oladi.
Yutuqlari RB Leipzig
DFB-Pokal 2-oʻrin: 2018-19
Chelsea
UEFA Chempionlar ligasi: 2020-21 UEFA Superkubogi: 2021 FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2021 Angliya kubogi sohibi: 2020-21, 2021-22 EFL kubogi sohibi: 2021-22
Germaniya
FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017
Shaxsiy yutuqlari Fritz Valter oltin medali (U17): 2013 Fritz Valter kumush medali (U19): 2015 UEFA Chempionlar ligasi turniri ramziy jamoasi: 2017 FIFA Konfederatsiyalar kubogi „Oltin butsa“ sohibi: 2017 UEFA Yevropa ligasining mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2017-18 Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20 Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20 Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil noyabr, 2019-yil dekabr
Manbalar
Havolalar
Profile at the Tottenham Hotspur F.C. website Profile at the RB Leipzig website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart II futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:3. Liga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar