Federico Santiago Valverde Dipetta (; 1998-yil 22-iyulda tugʻilgan) – Urugvaylik professional futbolchi, Ispaniyaning Real Madrid klubi va Urugvay terma jamoasida markaziy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzining tezligi, chidamliligi bilan mashhur boʻlgan koʻp qirrali oʻyinchi, shuningdek, himoya yarim himoyachisi, oʻng qanot himoyachisi va baʼzan oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.

Jamoalardagi faoliyati Valverde oʻzining ilk faoliyatining koʻp qismini Peñarol bilan oʻtkazdi. 2015-16-yilgi mavsumda Cerroga qarshi oʻyinda Peñarol safida debyut qildi. Urugvayning yoshlar jamoasi aʼzosiga aylandi va Arsenal, Barcelona, Chelsea va Real Madrid kabi klublarning qiziqishini uygʻotdi.

Real Madrid 2016-yilning iyulida Peñaroldan Realga oʻtib, B jamoasiga qoʻshildi. Ikki oy oʻtgach, Valverde Castilla safida Real ga qarshi debyut qildi, oʻyinda uning klubi yutqazdi. U debyut mavsumida ikkinchi jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. Yarim himoyachi Castilla safidagi ilk golini 2016-yilning dekabrida Albacetega qarshi oʻyinda urgan edi.

Deportivo La Coruñaga ijara 2017-yilning 22-iyunida Valverde La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yilga ijaraga berildi. U musobaqadagi debyutini 10-sentyabr kuni oʻtkazdi. Valverde mavsum davomida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.

2018: Real Madridga qaytish Ijaradan qaytgach, Valverde 2018-19-yilgi mavsumda yangi bosh murabbiy Julen Lopeteguini hayratda qoldirdi va asosiy tarkibdan oʻrin oldi. 2018-yil 23-oktabr kuni Valverde 20 yoshida Santiago Bernabéuda FC Viktoria Plzeňga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Real Madriddagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. 25 oʻyinda maydonga tushdi va asosiy jamoadagi birinchi mavsumida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi.

2019-yildan hozirgi kungacha: Birinchi jamoa yutugʻi Zinedine Zidanening klubga qaytishi va Markos Llorentening ketishi bilan Valverde 2019-20-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2019-yilning 9-noyabrida u Real Madrid safidagi ilk golini La Liga doirasida Eibar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi.

2020-yilning 12-yanvarida Valverde Ispaniya Superkubogi finalida Atletico Madridga qarshi oʻyinda Álvaro Morataga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Valverde maydondan chetlatildi, ammo uning harakatlari muqarrar gol boʻldan qutqardi, oʻyin oxirida Real Madrid gʻalaba qozondi. Valverde liga mavsumi davomida 33 oʻyinda maydonga tushdi, Real Madrid 2019-20 La Ligada gʻolib chiqdi.

27-sentyabr kuni Valverde Real Madridning 2020-21-yilgi mavsumdagi ilk golini La Liga doirasida Betisga urdi, yakunda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyin futbolchisi boʻldi. Bir oy oʻtgach, 24-oktyabr kuni Valverde Camp Nouda Barcelona darvozasini 5-daqiqa ichida urdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Valverde El Clásicoda gol urgan ikkinchi urugvaylik (Luis Suárezdan keyin) va Real Madrid uchun esa birinchi boʻldi. Bir hafta oʻtgach, Valverde Alfredo Di Stéfano stadionida Huescaga qarshi 4:1 hisobida gʻalabali oʻyinda gol urdi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli boʻldi.

2021-yilning 24-avgustida Valverde shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi. 2022-yil 12-yanvarda Ispaniya Superkubogi yarim finalining qoʻshimcha taymlarida Barcelona darvozasiga 3-golni urdi (3:2. 28-may kuni u Chempionlar ligasi finalida Liverpool ustidan 1:0 hisobida gʻalabali oʻyinda Vinícius Júniorga golli uzatma berdi va Real Madrid UEFA Chempionlar Ligasidagi 14-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Terma jamolardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/20171114_AUT_URU_4945.jpg/225px-20171114_AUT_URU_4945.jpg|right|thumb|225x225px| Valverde 2017-yilda Urugvay terma jamoasida Federico Valverde 2017-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Kumush toʻp bilan taqdirlandi, Urugvay turnirni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi.

U birinchi marta 2017-yilning avgustida toʻliq tarkibga chaqirilgan va 2017-yil 5-sentyabrda Urugvay milliy futbol jamoasida debyut qilgan va Paragvayga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi bilan birinchi xalqaro golini urgan. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Urugvayning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan, biroq u 23 kishilik yakuniy tarkibdan tashqarida qolgan.

Valverde murabbiy Óscar Tabárez tomonidan 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi uchun Urugvay terma jamoasining 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. 29-iyun kuni Peruga qarshi oʻtkazilgan chorak finalda asosiy vaqtdan keyin 0:0 hisobidagi durang natija penaltilar seriyasiga qadar davom etdi; Urugvay 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi.

2021-yil iyun oyida Federico 2021-yilgi Amerika kubogi uchun tarkibga tanlandi.

Shaxsiy hayoti Valverde argentinalik jurnalist va boshlovchi Mina Bonino bilan ishqiy munosabatda. Ularning 2020-yil 20-fevralda tugʻilgan Benisio ismli bitta oʻgʻli bor.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼʻa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Peñarol 2016 Urugvay Primerasi 12 0 0 0 1 0 — 13 0 Real Madrid Castilla 2016-17 Segunda B divizioni 30 3 — — — 30 3 Deportivo La Korunya (ijara) 2017-18 La Liga 24 0 1 0 — — 25 0 Real Madrid 2018-19 La Liga 16 0 5 0 4 0 — 25 0 2019-20 La Liga 33 2 3 0 6 0 2 0 44 2 2020-21 La Liga 24 3 1 0 7 0 1 0 33 3 2021-22 La Liga 31 0 2 0 11 0 2 1 46 1 Jami 104 5 11 0 28 0 5 1 148 6 Jami faoliyati 170 8 12 0 29 0 5 1 216 9

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Urugvay 2017 4 1 2018 4 0 2019 12 1 2020 2 0 2021 13 1 2022 8 1 Jami 42 4

Gollar va natijalar birinchi boʻlib Urugvayning gollari sonini sanab oʻtadi.

+Federico Valverde tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2017-yil 5 sentyabr Estadio Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay 1 – 0 2-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2. 2019-yil 7 iyun Estadio Centenario, Montevideo, Urugvay 3 – 0 3-0 Doʻstona 3. 2021-yil 5 sentyabr Estadio Campeón del Siglo, Montevideo, Urugvay 2 – 0 4-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2022-yil 29 mart Estadio San Karlos de Apoquindo, Santiago, Chili 2 – 0 2-0

Yutuqlari Peñarol

Primera : 2015-16

Real Madrid

La Liga : 2019-20, 2021-22 2023-2024 Ispaniya Superkubogi : 2019-20, 2021-22 UEFA Chempionlar Ligasi : 2021-22 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2018 2022

Individual

FIFA U-20 Jahon chempionati kumush toʻpi : 2017 UEFA LaLiga yilning eng yaxshi jamoasi: 2019-20

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Profil Real Madrid CF saytida Profil Urugvay futbol assotsiatsiyasi sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Peñarol futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Deportivo de La Coruña futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Urugvaylik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar