Geringiya ( lat. Heringia senilis ) — g‘ingpashshalar (Syrphidae) oilasi turkumiga mansub Heringia. kamyob pashshalar turi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Tarqalishi Janubiy Yevropa, Kavkaz, Qrim, Qozog'iston, O'zbekiston. Rossiyada u Shimoliy Kavkazda ( Kabardino-Balkariya ) va G'arbiy Sibirda qayd etilgan. Ukraina : Lugansk viloyatidan Гогузоков Т. Х. 2003. Эколого-фаунистическая и зоогеографическая характеристика мух-журчалок (Diptera, Syrphidae) Кабардино-Балкарии. — Диссертация на соискание ученой степени кандидата биологических наук. — Нальчик, 2003. С.1-173. , Odessa viloyatidan va Qrimdan Зимина Л. В. 1993. Сирфиды и некоторые другие двукрылые. Карадагский государственный заповедник АН Украины. — Летопись природы, 6 (1989 г.). Редотдел Крымск. комитета по печати / Карадагский филиал ИнБЮМ им. А. О. Ковалевского АН Украины, Симферополь, 73-80. (с.75) topilgani maʼlum. Oʻzbekistonda Oqsakota ( Chotqol tizmasi ), Hayot ( Nurotov tizmasi) yo‘llarida qayd etilgan. Dengiz sathidan 1300-1800 m balandlikdagi tog‘li keng bargli o‘rmonlarda yashaydi.
Tavsif Qop-qoragini g‘ingpashshalarning bu turi (tashqi ko‘rinishidan (Pipizella)jinsi vakillariga o‘xshaydi). Bosh tekis yuzli (o‘rtasida pufakchasi bo‘lmagan), 3-aʼzosi bo‘lgan mo‘ylovi uzun. Peshonasi yumaloq-qavariq. Oyoqlari ingichka. Erkakning orqa pufakchasi ko‘pincha uzun tayoq shaklidagi o‘simtaga yoki osilmachoqqa o‘xshash pufakchali qorin bo‘shlig‘iga ega. Qanotlari shaffof. Urg‘ochilarning peshonasi odatda yaltiroq bo‘lad.
Yashash tarzi Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi aprel-may oylarida; soyabonguldoshlar (Apiaceae) va murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziq-lanadi. Lichinkalari qayrag‘ochda (Ulmus) uchraydigan g‘allali o‘simlik shiralari bilan oziqlanadi va o‘sha yerda qishlaydi.
Soni Hamma joyda qisqarib bormoqda, ayrim yillari mavsumda bir necha dona, keyingi yillari esa lokal populyatsiyalarda har 100 kv. metrda 1 donagacha uchratish mumkin.
Cheklovchi omillar Daraxt va butalarni kesib tashlash, ozuqa o‘simligini yo‘q qilish, haddan tashqari ko‘p pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilik uchun meʼyoridan ortiqcha foydalanish.
Muhofaza choralari Nurota qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. Katta qayrag‘ochlar kesilishini taqiqlash lozim.
Manbalar
Adabiyot
Виолович Н. А. «Сирфиды Сибири» (Diptera, Syrphidae). Определитель. — Новосибирск, Наука, 1983. — 241 с. (с.68 — род Heringia)
Havolalar
Heringia senilis eol.org saytida ) Heringia senilis Sack, 1938 yil. Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi