Shishelov Vladimir Aleksandrovich (8-noyabr 1979-yil, Apsheronsk, Krasnodar Krasnodar oʻlkasi, RSFSR, SSSR) – rus va oʻzbek futbolchisi, hujumchi.

Faoliyati Vladimir Shishelov 7 yoshidan boshlab futbolga qiziqqan. Professional faoliyatini esa Zarafshon shahrining „Progress“ jamoasida boshlagan. Uning birinchi murabbiy – Viktor Konstantinovich Pujalin hisoblanadi.

Uning birinchi professional klubi „Qizilqum Zarafshon“ boʻlib, 1996-yilda oʻynay boshlagan. 1997-1999-yillarda „Zarafshon Navoiy“ jamoasida toʻp surgan. U 2002-yilda Zimbru Kishinyovga koʻchib oʻtdi. U klubda ikki mavsum oʻynadi. Birinchi mavsumida u Liga oʻyinlarida 13 ta gol urdi va Liganing 2-eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2003-04-yilgi mavsumda u 15 ta gol urdi va Moldova milliy divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Shishelov 2003-yilda Kishinyovning „Zimbru“ jamoasida oʻynab, Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. Shishelov 2008-yilgi mavsum oxirida jamoa oʻyinlarida 23 ta gol urib, Birinchi divizion toʻpurarlari oʻrtasidagi bahsda ikkinchi oʻringa koʻtarilib olganStatistika po zabitim myacham v pervom divizione 2008 . 2009-yilda Vladimir mahalliy jurnalistlar tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra „Ural“ning eng yaxshi futbolchisi deb topilganVladimir Shishelov – luchshiy po mneniyu jurnalistov. 2009-yil dekabr oyida u Birinchi divizionning yangi aʼzosi „Jemchujina-Sochi“ (Rossiya futbol klubi)klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan„Jemchujina-Sochi“ podpisala odnogo iz luchshix bombardirov Pervogo diviziona. Vladimir Shishelov 2014-yilning yanvarida professional faoliyatini boshlagan klubiga qaytgan. Oʻsha paytga kelib ushbu jamoa oʻz nomini ,,Qizilqum" nomi deya oʻzgartirgan.

U 2000-2012-yillar oraligʻida milliy terma jamoa safida 28 oʻyin oʻtkazib, 11 gol urgan.  U endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynay olmaydi, chunki u hozir Rossiya fuqarosi va Oʻzbekistonda ikki fuqarolikka ruxsat berilmaydi.

Yutuqlari

Klub

Shinnik Yaroslavl

Rossiya Birinchi Ligasi gʻolibi (1): 2001

Zimbru Kishinyov

Moldova milliy divizioni 2-oʻrin sohibi (1): 2002-03 Moldova kubogi (2): 2003, 2004

Bunyodkor

Oʻzbekiston ligasi (1): 2007 Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2007

Nasaf

Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin (1): 2012

Individual

Oʻzbekistonning eng yaxshi oʻyinchisi ikkinchi oʻrin (1): 2003 Moldova milliy divizioni toʻpurari: 2003-04 (15 gol)

Faoliyat

Terma jamoa uchun gollar

№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa130 April 2003Toshkent, Oʻzbekiston1-2MagʻlubiyatOʻrtoqlik uchrashuvi26 November 2003Toshkent, Oʻzbekiston4-1Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification36 November 2004Toshkent, Oʻzbekiston4-1Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification48 November 2003Toshkent, Oʻzbekiston3-0Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification58 November 2003Toshkent, Oʻzbekiston3-0Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification617 November 2003Bangkok, Tailand4-1Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification717 November 2003Bangkok, Tailand4-1Gʻalaba2004 AFC Asian Cup qualification89 June 2004Toshkent, Oʻzbekiston3-0Gʻalaba2006 FIFA World Cup qualification930 July 2004Chengdu, China2-2Durang2004 AFC Asian Cup109 March 2007Shymkent, Qozogʻiston6-0GʻalabaOʻrtoqlik uchrashuvi1127 March 2007Macau, China1-3MagʻlubiyatOʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

Havolalar

Player statistics at Sportbox.ru

Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Lada-Tolyatti futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:FC Zimbru Chișinău futbolchilari Turkum:FC Zhemchuzhina-Sochi futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:FC Zvezda Irkutsk futbolchilari Turkum:FC Novokuznetsk futbolchilari Turkum:FC Oryol futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:Changchun Yatai F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Xitoy Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar