Jade Alleyne (2001-yil 17-martda tugʻilgan) – britaniyalik aktrisa. CBBC sitcomi boʻlmish 4 OʻClock Club filmidagi Clem Burton roli va Disney Channel musiqiy dramasi The Lodge filmidagi Kaylee rollari bilan tanilgan.
Yoshligi va shaxsiy hayoti Alleyne 2001-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida Aberdin Royal Infirmaryda tugʻilgan. Boʻlajak aktrisa Albyn Schoolda tahsil olgan, biroq Sylvia Young Theatre Schoolga qabul qilinganda Janubiy Londonga koʻchib oʻtadi va u qoʻshimcha taʼlim kollejida tahsil oladi. Aktrisa bir nechta sahna sanʼati institutlarida, jumladan Beckenhamdagi HJA Performing Artsda qatnashgan va Dance Alive koʻcha raqslari jamoasining bir qismi boʻlgan. Uning xolasi Sonita Alleynedir.
Faoliyati Alleyne Clem Burton sifatida 4 OʻClock Clubning toʻrtinchi mavsumidagi aktyorlar tarkibiga qoʻshiladi. Uning Disneyning The Lodge filmidagi kastingi 2016-yil mart oyida eʼlon qilindi. Alleyne 2016-yil iyun oyida The Lodge filmi uchun saundtrekning bir qismi sifatida oʻzining „If You Only Knew“ debyut singlini chiqaradi.
Keyinchalik Cutmore tomonidan ushbu ashula remiks versiyada chiqarilgan. 2019-yilda u Disney Channelda efirga uzatgan Sadie Sparks animatsion seriali uchun qoʻshiq yozgan. Oʻsha yilning oxirida u BBCning Years and Years dramasida Ruby Bisme-Lyons rolini tasvirlagan.2020-yilda Alleyn Netflix dramasi White Linesda Tanit Ward rolini oʻynashi eʼlon qilinadi.
Filmografiyasi +Televizion rollariYilSarlavhaRolNotes2015-2017, 20184 OʻClock ClubClem BurtonBosh rol2016CBBC Official Chart ShowOʻzi1ta epizod2016Ultimate BrainOʻzi1ta epizod2016Blue PeterOʻzi1ta epizod2016-2017The LodgeKaylee MarksonBosh rol2019Years and YearsRuby Bisme-LyonsBosh rol2020White LinesTanit WardBosh rol
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Shotlandiyalik aktyorlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar