Dmitriy Vladimirovich Jukovskiy (1973-yil, aprel, Termiz — 2004-yil 16- iyul, Vladimir) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi.
Biografiya Dmitriy Jukovskiy 1973-yil 2-aprelda Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Termiz shahrida (hozirgi Oʻzbekistonda) tugʻilgan.
Jukovskiy himoyachi va yarimhimoyachi sifatida futbol oʻynagan. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1991-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ jamoasi safida SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasida oʻynagan, 34 ta oʻyin oʻtkazgan.
1993-yil Andijonning "Navroʻz" jamoasi safida Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, 26 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Keyinchalik u Vladimirning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan. Dmitriy 1994-yilda birinchi ligada 36 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 1995-yilda ikkinchi ligada 32, 1996-yilda uchinchi ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1996-yilgi mavsumning bir qismini „Kovrovts“ tarkibida Vladimir viloyati chempionatida oʻtkazgan.
1997-yilda uchinchi ligada yana „Torpedo“ jamoasi oʻyinchisi sifatida 35 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyingi ikki mavsumni vladimirliklar bilan ikkinchi ligada oʻtkazdi va mos ravishda 9-va 13-uchrashuvlarda maydonda tushgan.
Dmitriy Jukovskiy 2000-yil va 99-mavsumning bir qismini Urenning „Energetik“ jamoasi bilan ikkinchi ligada oʻtkazgan va mos ravishda 12-va 19-oʻyinlarda maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakam boʻlgan. Dmitriy Jukovskiy 2004-yil 16-iyulda Vladimirda vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Dmitriy Jukovskiy Footballfacts saytida
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:2-aprelda tugʻilganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:16-iyulda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Torpedo Vladimir futbolchilari Turkum:FK ZiD futbolchilari Turkum:FK Energetik Uren futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol hakamlari