Toʻrangʻi tasmaqanotiКрасная книга Казахской ССР. Т. I. Животные. Изд. 2-е. — Алма-Ата: Гылым, 1991. (Catocala optima) — Tunlamlar (Erebidae) oilasiga mansub kapalaklar turi sanaladi.
Tavsif Oldingi qanotining uzunligi 21,5-25 mm. Qanot kengligi 44-46 mm. Old qanotlari kulrang rangda boʻlib, oʻrta maydonni chegaralovchi ikkita aniq qoramtir koʻndalang chiziqlarga ega. Ichki chiziq biroz burmali, lekin asosan toʻgʻri yoʻnalishda ketadi va tashqi chiziq butun uzunligi boʻylab tashqi chetiga yoʻnaltirilgan kichik tishlarga ega va asosiy tishdan (oʻrta katakning qarshisida) toʻgʻridan-toʻgʻri pastga tushadi. Orqa qanotlari qora chegara va qora median chiziqli yorqin qizil rangga ega.
Tarqalishi Markaziy Osiyo uchun endemik. Tarqalishi bir nechta boʻlingan kichik qismlardan iborat. Oʻrta Osiyo choʻllarida mahalliy sharoitda uchraydi. Qozogʻiston (Sirdaryo, Baygʻoqum va Ili daryolarining tekislik toʻqaylarida topilgan), Turkmaniston, Oʻzbekiston, TojikistonКрасная книга Казахской ССР. Т. I. Животные. Изд. 2-е. — Алма-Ата: Гылым, 1991..
Hayot tarzi Kapalaklar toʻqay oʻrmonlari va kichik toʻqayzorlarda yashaydi. Yilda bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – iyun-iyulda (tunlari). Qurtlari may–iyunda turangʻida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning may oyida qoʻshimcha oziqlanadi, turangʻining koʻchgan poʻstloqlari ostida yumshoq pilla ichida gʻumbakka aylanadi.
Muhofaza etish QozogʻistonКрасная книга Казахской ССР. Т. I. Животные. Изд. 2-е. — Алма-Ата: Гылым, 1991. va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Daryo tekisliklarini quritish, yongʻinlar, toʻqay oʻrmonlarini kesish turlarning populyasiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.
Soni Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda ayrim topilmalar orqali ma’lum.
Muhofaza choralari Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar 2. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi 2022 Turkum:Oʻzbekiston Qizil kitobi