Aliye Berger (1903-yil 24-dekabr — 1974-yil 9-avgust) — turk rassomi, oʻymakori va tasviriy sanʼat oʻqituvchisi. Berger Turkiya Respublikasining birinchi gravyura (grafik sanʼat turi) laridan biridir. Ekspressionistik gravyuralari va 1954-yilda Yapı Kredi Bankining rasm tanlovida gʻolib chiqqanligi bilan mashhur.

Hayoti Berger 1903-yil 24-dekabrda Turkiya jumhuriyatining Istanbul shahri Buyukada shaharchasida tugʻilgan. Ootasi Kabaagachli Shakir Pasha va onasi Giritli Sare Ismoil Xanim. Singlisi rassom Fehrelnissa Zeid va akasi muallif Jevat Shakir Kabaağachli boʻlgan.

Berger dastlab Notre Dame de Sion litseyida oʻqiyotganda rasm va pianino darslarini oʻrgangan. 1947-yilda musiqa oʻqituvchisi Karl Bergerga turmushga chiqdi, ammo Berger olti oydan oʻtgach vafot etdi.

Keyin Berger Londonga koʻchgan va u yerda rassom John Buckland-Wrightning ustozligi ostida gravyura va haykaltaroshlikni oʻrganishni boshladi. 1951-yilda Istanbulda ilk koʻrgazmasini oʻtkazdi. Uning „Güneşin Dogʻushu“ („Quyosh koʻtarilishi“) rasmi 1954-yilda xalqaro tanlovda gʻolib chiqdi va keyingi yili 2-Tehron Biennalesida ikkinchi oʻrinni egalladi. Berger keyingi oʻn yilliklarda samarali ishladi.

Aliye Berger 1974-yil 9-avgustda Istanbulning Buyukada shahrida vafot etdi. Istanbuldagi Shahzoda orollaridagi Buyukada qabristoniga dafn etilgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/Gravestone_of_Aliye_Berger.jpg/220px-Gravestone_of_Aliye_Berger.jpg|thumb| Aliye Bergerning Buyukada qabristonidagi qabr toshi. Shahzoda orollari, Istanbul, Turkiya

Xotira 1975-yilda Istanbul tasviriy sanʼat akademiyasida Bergerning vafotidan keyingi retrospektivasi boʻlib oʻtdi. Yana bir koʻrgazma 1988-yilda Yapı Kredi Bank tomonidan tashkil etilgan. Bergerning toʻrtta asari Istanbul rasm va haykaltaroshlik muzeyida, uchtasi Albertina muzeyida namoyish etilgan. Uning 1960-yilgi asari „Nomsiz darveshlar“ Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanadi.

2020-yil 24-dekabrda Aliye Berger tavalludining 117 yilligi munosabati bilan unga bagʻishlangan Google Doodle chiqqan.

Manbalar

Turkum:1974-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:Rassomlar Turkum:Tasviriy sanʼat Turkum:Sanʼat Turkum:Ayol rassomlar Turkum:WikiAyollar