Chester Alan Artur (1829-yil 5-oktyabr — 1886-yil 18-noyabr) amerikalik huquqshunos va siyosatchi boʻlib, 1881-1885-yillarda Qoʻshma Shtatlarning 21-prezidenti boʻlib ishlagan. Bundan avval 20-vitse-prezident boʻlgan, 1881-yil sentyabrida, Garfield qotil tomonidan otib tashlanganidan ikki oy oʻtib, prezident James Garfieldning oʻrniga prezident sifatida tayinlangan.
Hayoti Artur Vermont shtatining Fairfield shahrida tugʻilgan, Nyu-York shtatining yuqori hududida oʻsgan va Nyu-York shahrida huquqshunoslik bilan shugʻullangan. U Amerika fuqarolar urushi davrida Nyu-York militsiyasining kvartalmasteri boʻlib xizmat qilgan. Urushdan keyinm Nyu-Yorkdagi respublikachilar siyosatiga koʻproq eʼtibor qaratadi va senator Rosco Konklingning siyosiy tashkilotida yuqori lavozimlarga koʻtariladi. Prezident Ulysses S. Grant Chester Arturni 1871-yilda Nyu-York portining kollektori lavozimiga tayinlaydi. 1878-yilda prezident Ruterford B. Heis Nyu-Yorkdagi federal patronaj tizimini isloh qilish rejasi doirasida Arturni ishdan boʻshatadi. Garfield 1880-yilda prezidentlikka Respublikachilar nomzodini qoʻlga kiritadi va Artur Sharqiy Stalvart sifatida vitse-prezidentlikka nomzod boʻladi. Prezidentlik muddatidan toʻrt oy oʻtgach, Garfield qotil tomonidan otib oʻldiriladi. Shundan soʻng, Artur prezidentlik lavozimini egallaydi.
Dastlab, islohotchilarni hayratda qoldirib, u Pendleton davlat xizmatini isloh qilish toʻgʻrisidagi qonunni yoqlab chiqadi va uni amalga oshiradi. U AQSh harbiy-dengiz kuchlarining qayta tashkil etilishiga raislik qiladi, ammo u fuqarolar urushi tugaganidan buyon toʻplanib qolgan federal byudjet profitsitini yumshata olmagani uchun tanqidga uchraydi. Artur 1882-yilgi Xitoyni chetlashtirish toʻgʻrisidagi qonunning birinchi versiyasiga veto qoʻyadi va uning AQShga xitoylik muhojirlarga nisbatan yigirma yillik taqiqi Burlingame shartnomasini buzadi, lekin u oʻn yillik taqiqni oʻz ichiga olgan ikkinchi versiyani ham imzolaydi.
Sogʻligʻi yomonlashgan Artur 1884-yilda Respublikachilar partiyasidan nomzodlik qoʻyishga qatʼiy harakat qila olmaydi va u muddati yakunlashganda nafaqaga chiqadi. Jurnalist Alexander K. McClure shunday deb yozgan edi: „Hech kim Chester Alan Artur singari prezidentlik lavozimida bu qadar ishonchsiz faoliyat olib bormagan va hech kim u kabi prezidentlikdan nafaqaga chiqmagan. U siyosiy doʻstlari va dushmanlari tomonidan hurmatga sazovor boʻlgan shaxsdir.“Alexander K. McClure, Colonel Alexander K. McClureʼs recollections of Half a Century (1902) p 115 online Arturning sogʻligʻi va siyosiy ahvolining zaifligi uning maʼmuriyatini zamonaviy prezidentlikdan koʻra faolroq qilishiga olib keladi, ammo u oʻzining lavozimida yaxshi ishlagani uchun zamondoshlari orasida maqtovga sazovor boʻlgan. The New York World gazetasi Arturning 1886-yilda vafot etgan vaqtida oʻtgan prezidentlik faoliyatini shunday sarhisob qildi: „Uning boshqaruvida hech qanday burch eʼtibordan chetda qolmadi va hech qanday xalqni xavotirga soladigan loyiha amalga oshirilmadi“. Mark Tven u haqida shunday yozgan edi: „Prezident Arturning maʼmuriyatini yaxshilash haqiqatan ham qiyin boʻlar edi“. Shunga qaramay, zamonaviy tarixchilar odatda Arturning prezidentligini oʻrtacha, Arturni esa eng kam darajada esda qolgan prezidentlardan biri sifatida taʼriflaydi.
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:AQSh vitse-prezidentlari Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:1886-yilda vafot etganlar Turkum:1829-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar