Abbos II (1632–1666) – 1642-yil maydan 1666-yilgacha hukmronlik qilgan Safaviylar sulolasidan boʻlgan shoh.
Abbos II 1642-yil otasi Safiy I vafotidan keyin taxtni egallagan. U tez-tez koʻp sharob ichib, irodasiz hukmdor sifatida tanilgan. Abbos II Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini olib borgan. 1664-yilda Abbos II rus savdogarlariga Eronda erkin savdo qilish imtiyozini bergan. Shuningdek, uning davrida Eronda Yevropa savdogarlarining mavqei kuchayib, fransuz savdogarlariga imtiyozlar berilgan. Abbos II hukmdorligiga qadar Eronda bojsiz ipak savdosi boʻyicha Safiy I tomonidan ingliz va golland savdogarlariga imtiyozlar berilganПигулевская Н. В., [кубовский А. Ю., Петрушевский И. П., Строева Л. В.,Беленицкий А. М. История Ирана с древнейших времен до конца XVIII века. — , 1958. .
Eron shohi safaviy Abbos II 1666-yilda vafot etgan.
Manbalar
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Davlat yetakchilari Turkum:1632-yilda tugʻilganlar