Margaret Eleanor Atwood () (1939-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, esseist, oʻqituvchi, atrof-muhit faoli va ixtirochi. 1961-yildan beri u 18 ta sheʼriy kitob, 18 ta roman, 11 ta badiiy kitob, toʻqqizta qisqacha badiiy adabiyot toʻplami, sakkizta bolalar kitobi va ikkita grafik roman, shuningdek, sheʼriy va badiiy adabiyotning bir qator kichik nashrlarini chop ettirgan. Atwood yozgan ishlari uchun koʻplab sovrin va mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, ikkita Booker mukofoti, Arthur C. Clarke mukofoti, General-gubernator mukofoti, Frans Kafka mukofoti, Asturiya malikasi mukofotlari va Milliy kitob tanqidchilari va PEN markazi singari AQShning nufuzli mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Uning bir qator asarlari kino va televideniye uchun moslashtirilgan.

Atwoodning asarlari turli mavzularni oʻz ichiga oladi, jumladan, jins va oʻziga xoslik, din va afsona, til kuchi, iqlim oʻzgarishlari va „siyosat kuchi“. Uning koʻpgina sheʼrlari yoshlidanoq uni qiziqtirgan afsona va ertaklardan ilhomlantirgan holda yozilganOates, Joyce Carol. „Margaret Atwood: Poet“, The New York Times, May 21, 1978..

Atwood Griffin Sheʼriyat mukofoti va Kanada Yozuvchilar Trustining (Writers' Trust of Canada) asoschisi. U, shuningdek, Torontodagi Massey kollejining katta ilmiy xodimi. U LongPen qurilmasi va hujjatlarni masofadan robotli yozishni osonlashtiradigan ayrim texnologiyalarning ixtirochisi hamdur.

Shaxsiy hayoti Atwoodning 1951-yilda tugʻilgan Ruth Atwood ismli singlisi va undan ikki yosh katta Harold Leslie Atwood ismli akasi bor. U XVII asrda jodugarlikdan omon qolgan Mary Webster uning ajdodi ekanligini daʼvo qilgan. Webster Atwoodning „Half-Hanged Mary“ sheʼrining mavzusi boʻlgan, shuningdek, „The Handmaidʼs Tale“ (1985) romanidagi asosiy qahramoni hamdir.

Atwood 1968-yilda amerikalik yozuvchi Jim Polkga turmushga chiqqan, biroq keyinchalik 1973-yilda ular ajrashishadi. Koʻp oʻtmay u yozuvchi hamkasbi Graeme Gibson bilan yaqin munosabatlarda boʻladi va 1976-yilda ularning qizi Eleanor Jess Atwood Gibson tugʻiladi. Shundan soʻng ular Ontario shtatidagi Alliston yaqinidagi fermaga koʻchib oʻtadilar.

Oila 1980-yilda Torontoga qaytib keladi. Atwood va Gibson 2019-yil 18-sentyabrgacha birga yashashgan, Gibson aqliy zaiflikdan azob chekib vafot etgan. 2020-yilda The Guardian jurnalida Atwoodning eri Gibson haqidagi Dearly sheʼri va qaygʻuli maqolasi chop etiladi. Atwood Gibson haqida shunday deydi: „U egoist emas edi, shuning uchun men qilayotgan hech narsaga taqiq qoʻymadi. Umrining so‘nggida qizimizga: „Onang men bilan uchrashmaganida hali ham yozuvchi bo‘lardi, lekin bunchalik zavqlangan bo‘lardi“, deb aytgan“ .

Gibson mohir yozuvchi boʻlish bilan birga, Atwoodning aytishicha, u kompyuterda ham, qoʻlda ham yoza oladigan „kuchli imlo tahrirchi“ hisoblangan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/21/Margaret_Atwood_Eden_Mills_Writers_Festival_2006.jpg/170px-Margaret_Atwood_Eden_Mills_Writers_Festival_2006.jpg|thumb| Atwood 2000-yil sentyabr oyida Eden Mills Yozuvchilar festivalida qatnashdi.

Mukofot va unvonlar Atwood turli institutlarning, jumladan, Sorbonna, NUI Galway hamda Oxford va Cambridge universitetlarining koʻplab faxriy darajalariga ega. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1939-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Shoiralar Turkum:Kanadalik ayol yozuvchilar